171-masala. Mushuklarda jun rangining qora bo‘lishi malla rangi ustidan to‘liqsiz
dominantlik qiladi. SHu belgini ta’min etuvchi gen allellari X xromosomada
joylashgan. Jun rangini ta’min etuvchi genlar bo‘yicha geterozigotali
mushuklarning juni toshbaqasimon rangda bo‘ladi. Lekin bu rangli mushuklar kam
uchraydi. Buning sababini tushuntiring.
Toshbaqasimon rangli mushuklar qora erkak mushuklar bilan chatishtirilganda,
keyingi avlodda olingan mushukchalarning genotipini aniqlang. Agar urg‘ochi
toshbaqasimon rangli mushuklar erkak malla mushuklar bilan chatishtirilsa,
keyingi avlodda olingan mushukchalarning fenotipi qanday bo‘ladi?
172-masala. Qora mushuk 4 ta mushukcha tuqqan. Ulardan bittasi toshbaqasimon
rangli bo‘lib, 3 tasi qora bo‘lgan. Bu mushukchalarning otasi bo‘lgan mushukning
fenotipi haqida nima deyish mumkin? Mushukchalarning jinsini aniqlang.
173-masala. Qora urg‘ochi mushuk xuddi shunday erkak mushuk bilan
chatishtirilganda 3 ta mushukcha tug‘ilgan bo‘lib, ularning bittasi toshbaqasimon
va ikkitasi qora bo‘lgan. Buni genetik jihatdan qanday izohlash mumkin?
174-masala. Ma’lumki, junning toshbaqasimon bo‘lishi faqat urg‘ochi
mushuklarga xos. Lekin, aytishlaricha ba’zan toshbaqasimon erkak mushuklar ham
uchraydi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Dostları ilə paylaş: