Jins bilan birikib irsiylanish



Yüklə 169,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.12.2022
ölçüsü169,85 Kb.
#77381
1   2   3   4   5   6   7   8
Genetikadan mustaqil ta\'lim 8-semestr

170-masala. Ikkita qizil ko‘zli, uzun qanotli pashshalar o‘zaro chatishtirilganda 
keyingi avlodda quyidagi natijalar olingan: 154 ta qizil ko‘zli, uzun qanotli 
urg‘ochi pashshalar; 48 ta qizil ko‘zli, kalta qanotli urg‘ochi pashshalar; 98 ta qizil 
ko‘zli, uzun qanotli erkak pashshalar; 95 ta oq ko‘zli, uzun qanotli erkak 
pashshalar; 25 ta qizil ko‘zli, kalta qanotli erkak pashshalar va 32 ta oq ko‘zli, 
kalta qanotli erkak pashshalar. Barcha pashshalarning genotipini aniqlang. 


171-masala. Mushuklarda jun rangining qora bo‘lishi malla rangi ustidan to‘liqsiz 
dominantlik qiladi. SHu belgini ta’min etuvchi gen allellari X xromosomada 
joylashgan. Jun rangini ta’min etuvchi genlar bo‘yicha geterozigotali 
mushuklarning juni toshbaqasimon rangda bo‘ladi. Lekin bu rangli mushuklar kam 
uchraydi. Buning sababini tushuntiring. 
Toshbaqasimon rangli mushuklar qora erkak mushuklar bilan chatishtirilganda, 
keyingi avlodda olingan mushukchalarning genotipini aniqlang. Agar urg‘ochi 
toshbaqasimon rangli mushuklar erkak malla mushuklar bilan chatishtirilsa, 
keyingi avlodda olingan mushukchalarning fenotipi qanday bo‘ladi?
172-masala. Qora mushuk 4 ta mushukcha tuqqan. Ulardan bittasi toshbaqasimon 
rangli bo‘lib, 3 tasi qora bo‘lgan. Bu mushukchalarning otasi bo‘lgan mushukning 
fenotipi haqida nima deyish mumkin? Mushukchalarning jinsini aniqlang. 
173-masala. Qora urg‘ochi mushuk xuddi shunday erkak mushuk bilan 
chatishtirilganda 3 ta mushukcha tug‘ilgan bo‘lib, ularning bittasi toshbaqasimon 
va ikkitasi qora bo‘lgan. Buni genetik jihatdan qanday izohlash mumkin? 
174-masala. Ma’lumki, junning toshbaqasimon bo‘lishi faqat urg‘ochi 
mushuklarga xos. Lekin, aytishlaricha ba’zan toshbaqasimon erkak mushuklar ham 
uchraydi. Buni qanday tushuntirish mumkin?

Yüklə 169,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin