Jins bilan birikib irsiylanish



Yüklə 169,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix22.12.2022
ölçüsü169,85 Kb.
#77381
1   2   3   4   5   6   7   8
Genetikadan mustaqil ta\'lim 8-semestr

180-masala. Kanareykalarda patning yashil bo‘lishini belgilovchi B geni va 
jigarrang bo‘lishini ta’minlovchi b geni jins bilan birikkan holda nasldan - naslga 
o‘tadi. Boshida kokilning bo‘lishini belgilovchi C geni va kokilsizlikni belgilovchi
c genlari autosomada joylashgan. 
1) yashil, kokilli kanareyka xo‘rozi jigarrang, kokilsiz kanareykalar bilan 
chatishtirilganda, F
1
, F
2
va har ikkala F
B
da qanday natija olish mumkin? Teskari 
chatishtirish o‘tkazilsa-chi?
2) yashil, kokilsiz kanareyka xo‘rozi jigarrang, kokilli makiyon bilan
chatishtirilganda quyidagi natija olingan: 1 ta jigarrang, kokilli xo‘roz; 1 ta 
jigarrang, kokilsiz; 2 ta yashil, kokilli makiyon kanareykalar olingan. Ota-ona 
kanareykalarning genotipini aniqlang.
3) har ikkala ota-ona kanareykalar yashil, kokilli bo‘lgan. Ularning ikkita 
jo‘jasidan bittasi yashil, kokilli xo‘roz va bittasi jigarrang, kokilsiz makiyon 
bo‘lgan. Ota-ona kanareykalarning genotipini aniqlang. 
181-masala. Odamlarda ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) retsessiv belgi 
bo‘lib, uni belgilovchi d geni va uning dominant alleli D geni (ranglarni normal 
ajrata olishlik) X xromosomada joylashgan. Ranglarni normal ajrata oladigan qiz, 
xuddi shunday ranglarni normal ajrata oladigan yigitga turmushga chiqqan. Oilada 
tug‘ilgan qizlarning hammasi normal, o‘g‘illarining ayrimlari esa daltonik bo‘lgan. 
Ota-onaning genotipi qanday bo‘lgan?
182-masala. Ranglarni yaxshi ajrata oladigan qiz, xuddi shunday fenotipga ega 
bo‘lgan yigitga turmushga chiqqan. Oilada tug‘ilgan barcha bolalar ranglarni 
yaxshi ajratgan. Lekin, ayol ikkinchi marta boshqa bir erkakka turmushga 
chiqqanda, bu keyingi oilada normal bolalar bilan birga daltonik bolalar ham 
tug‘ilgan. Eslatilgan barcha kishilarning genotipini aniqlang. 
183-masala. Ranglarni normal ajrata oladigan qiz, daltonik yigitga turmushga 
chiqqan. Oilada daltonik qiz bola tug‘ilgan. Daltonik bolaning tug‘ilishiga ota 
aybdormi? SHu oilada keyingi tug‘iladigan bolalarning qanday fenotipga ega 
bo‘lish ehtimoli bor? 

Yüklə 169,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin