Jismoniy madaniyat fakulteti 4-kurs 425-guruh talabasi Aliqulov Ullat Abdug’aniyevichning kurs ishi


Davolashda ham jismoniy tarbiya xususiyatlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə6/14
tarix06.02.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#83096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Jismoniy madaniyat

2.1 Davolashda ham jismoniy tarbiya xususiyatlari
Tarbiyaviy vazifalar - erta yoshdan boshlab bolalarda kun tartibiga qat‘iy rioya qilish odatini, , nafosat, mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun ko‘pgina imkoniyatlar mavjud. kundalik jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish odatlarini tarbiyalash muassasalarda va uyda bu mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish ko‘nikmasini rivojlantirib borish zarur. Bolalarning o‘z tengdoshlari va kichkintoylar bilan jismoniy mashqlarni, shu jumladan, harakatli o‘yinlarni tashkil yetish va o‘tkazishni o‘rgatib borish muhimdir. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy Jismoniy mashqlar mashg‘ulotlari to‘g‘ri tashkil yetilganda ijobiy xususiyatlarini (tashkilotchilikni, intizomlikni, mustaqillikni, faollikni) tarbiyalash uchun, axloqiy sifatlarni (rostgo‘ylik, adolatlilik, dњstlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada shug‘ullanish malakasi, jihozlariga yaxshi munosabat, topshiriqni bajarishga javobgarli), shuningdek, irodaviy sifatlarni (mardlik, hal qiluvchanlik, qiyinchiliklarni yegnishda qat‘iylik, o‘z kuchiga ishonish, chidamlilik va boshqalar) namoyon yetishda qulay sharoitlar yaratiladi. Yaxshi qo‘yilgan jismoniy tarbiya ko‘p jihatdan o‘quvchilarni aqliy rivojlanishiga, nutqini rivojlantirishga imkon beradi. Jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarida bolalarda hamma psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash, yeslab qolish, tasavvur yetish va h.k), shuningdek, fikrlash jarayonlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish va h.k.) rivojlanib boradi. O‘quvchilar o‘zlari egallagan bilimlari va ko‘nikmalarini faoliyati, mustaqillik, fikr yurituvchanlik, topqirliklarini namoyon etgan holda ijodiy foydalana olishlariga intilishlari zarur.Jismoniy tarbiya nafosat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtid a go‘zallikni, qaddi-qomatni, harakat ifodasini, kiyim, jismoniy tarbiya jihozlarini, atrof-muxit holatini qabul qilishga, sezish, tushunish va to‘g‘ri baholash qobiliyatini rivojlantirish, nafis intizomga intilish, harakat va so‘zlarda uchrab qoladigan qo‘pol holatga qarshi kurashni rivojlantirish zarur. Jismoniy tarbiya jarayonida mehnatga tayyorlash amalga oshiriladi: bolalarda sog‘liq mustahkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi, mehnat uchun zarur jismoniy sifatlar, harakat ko‘nikmalarini va mehnat jarayonlarini tezda yegallash qobiliyati rivojlanadi. Undan tashqari, xona va maydonni jihozlash (sakrash uchun qumli chuqurchalarni qurush va h.k.) bilan sport jihozlarini tayyorlash va tiklash, (irg‘itish uchun haltachalar tikish, irg‘itish uchun nishonlar tayyorlash va h.k.) bilan ularni tozalikda saqlash (bolalar gimnastik devor, to‘plar, tayyoqchalar, gardishlar, velosipedlar, gimnastik tushaklar va h.k. changini artishlari) bilan bog‘langan holda mehnat ko‘nikmalarini yegallaydilar, bolalarda kattalar mehnatiga hurmat xususiyatlari oshib boradi. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari bu g‘oyaviylik, xalqchillik va ilmiylilik. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi bu uning yo‘nalishligidir (vatanparvarlik, o‘z vatanini sevish, boy yetish va h.k). Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida ichki dunyoqarash shakllanib boradi hamda jamiyat a‘zolarining ahloqiy kodeksi ruhida ahloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bizning jismoniy tarbiya tizimining mustaqil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining har tomonlama jismonan va ruhan qobiliyatlarini rivojlantirishga hizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyasi uning vazifalari, prinsiplari, metodlari, shuningdek tashkiliy asoslarida o‘z ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya tizimining mostligi, yo‘nalishi: mamlakatimizda butun fuqarolar uchun yagona bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimi tuzilgan. Halqning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik borasidagi muvaffaqiyatlari ishlab chiqarish masuldorligining o‘sishiga, demak halq faravonligiga ta‘sir yetadi. Shuning uchun har bir shaxsni jismoniy tarbiyalash davlat uchun muhim ishdir. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish uchun hamma zarur sharoitlar yaratilmoqda: o‘yingohlar, suv havzalari qurilmoqda, gimnastika honalari, maydonchalar jihozlanmoqda, sport anjomlari, kiyimlari, poyafzallar tayyorlanmoљda va h.k. Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy qabul qilingan vositalar bilan bir qatorda jismoniy mashqlar va sportning milliy turlari qo‘llanmoqda, tiklanmoqda va rivojlanmoqda. Ilmiylilik - jismoniy tarbiya tizimining xarakterli belgilaridan biridir. Mamlakatimizda tadqiqotlar asosida yagona davlat dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va boshqalari yaratilmoqda va takomillashtirilmoqda, har bir yosh davri uchun jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari me‘yorlari ishlab chiqilmoqda, jismoniy tarbiya jihozlari va buyumlarida bo‘lgan talablar aniqlanmoqda. Ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot oliygohlari bilan bir qatorda o‘quv oliygohlarda (o‘qituvchilar, tibbiyot, jismoniy tarbiya oliygohlarida) olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida yerishilgan hamma yangiliklar amalda qo‘llanmoqda. Shu munosabat bilan davlat muassasalarida, jamiyat tashkilotlarida va oilada jismoniy tarbiyaning qo‘yilishi yaxshilanmoqda. Pedogogika mutaxassislarining malakasini oshirish borasida ko‘pgina ishlar olib borilmoqda B izga m a'lum ki atm osfera havosida bo'lib turadigan tabiiy xodisalarni o'rganish bilan m eteorologiya shug’ullanadi. O'zbekiston Respublikasida m eteorologik stantsiyalarning barchasi kunning m a'lum bir soatlarida havo tem peraturasi va namligi darajasini kuzatib boradi, havo xarakatining tezligi bilan yo'nalishini, shuningdek, atm osfera bosimi miqdorini aniqlab, o'lchab turadi. K uzatishlardan olingan y ig ’m a m a'lum otlar sinoptik kartalar tuzish, ob-havoni oldindan aytish uchun asos bo'ladi.
Ta'lim tizimida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari asosiy bo’gin sifatida muhim o’rin tutadi. Bu o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya, sport-sog’lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, ta'lim olayotgan o’quvchi-yoshlaming sport turlariga qiziqishini oshirish, bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash davr talabiga aylanib bormoqda.
Ushbu masalalaming to’laqonli bajarilishini ko’zlab, jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standarti o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hamda o’quv yuklamasiga qo’yiladigan asosiy talablami belgilab beradi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standarti ’’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 4-12-bandiga asosan barcha ta'lim muassasalari o’quvchilarining salomatligini saqlash, jismoniy ko’nikma va malakalarini mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda, ulami jismoniy rivojlantirishdan iborat.
Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat standarti standart ta'lim majmuasi me'yorlari va talablariga oid hujjat hisoblanadi. Bu hujjat vaqtincha loyiha maqomida bo’lib, ta'lim tizimining islohotiga ko ra takomillashib boradi. Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standarti uning funksiyalari va tizimlari orqali ifodalanadi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta'lim standartining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat.

  • jismoniy tarbiya ta'limi barchaning imkoniyatiga mos va ommaviy bo’lishini ta'minlash;

  • o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va ta'lim jarayonini ijtimoiy-davlat yo’li bilan tartibga solish;

  • o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimining barcha bosqichlari va yo’nalishlarida jismoniy tarbiya jarayonini nazorat qilish va boshqarish;

-jismoniy tarbiya bo’yicha ta'lim sifatini oshirish O’MKH ta'limi tizimidagi o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va ta'lim tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • jismoniy tarbiya darslari jismoniy tarbiya va ta'limning asosiy shakli bo’lib, uning hajmi o’quv rejasida haftasiga 4 soat hisobidan belgilanadi;

  • o’quv kun tartibidagi jismoniy tarbiya shakllariga quyidagilar kiradi: mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastika, umumta'lim darslarida o’tkaziladigan quvnoq daqiqalar, katta tanaffusdagi harakatli pauzalar, o’yinlar, ko’ngilochar o’yinlar va boshqalar;

  • darsdan tashqan paytlarda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, sport to’garaklari, fakultativlar;

  • ommaviy sport va sog’lomlashtirish tadbirlari, bayramlar, sport turlari bo’yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar;

  • mustaqil mashg’ulotlar: vazifalarni bajarish ko’rinishida sho’balardagi mashg’ulotlar, sayrlar, o’yinlar, ko’ngilochar o’yinlar va boshqalar.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi jismoniy tarbiyaning maqsadi o’quvchilaming sog’lig’ini mustahkamlash, ulami foydali mehnatga, Vatanni himoya qilishga va mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • jismoniy tarbiya darslarida javobgarlikni his qiladigan, jamoatchi, irodali, tartibli, jamoat ishlarida faol qatnashadigan g’oyaviy chiniqqan va ijtimoiy dunyoqarashga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalash;

  • o’z kelajakdagi faoliyatiga, kasb-hunarga oid jismoniy tayyorgarlik ko’nikma va malakalarini shakllantirish;

  • yuqori ishchanlikni ta'minlash, sog’liqni saqlash haqida doimiy qayg’urish;

  • harakat faoliyatining hajmini kengaytirish, jismoniy va ruhiy qobiliyatlami shakllantirish;

  • hayot uchun kerakli mehnat faoliyati va mudofaa xizmatini o’tashga tayyorlash;

  • jismoniy va ruhiy uyg’unlashgan harakat madaniyatiga, chiroyli tana tuzilishiga, optimal jismoniy taraqqiyotga va mustahkam sog’liqqa bo’lgan ehtiyojni shakllantirish;

  • sog’lom turmush tarzini tashviq qilish, xalq an'analarini, ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarini shakllantirish; harakat tartibini mumkin qadar mustaqil to’g’ri tashkil qila olish;

  • tanlangan sport tun bo yicha o’z mahoratini muntazam takomillashtirish;

  • kun tartibida faol harakatda bo’lish, jismoniy tarbiya, sport va sayyohlik qonunlariiii bilish, ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalari o’quvchilari uchun mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturi quyidagi qismlardan iborat:

  1. Tushuntirish xati.

  2. Jismoniy tarbiya darsi.

  3. O’quv kun tartibidagi ommaviy-sog’lomlashtirish tardbirlari.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin