JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN
GLOSSARIY
Akademiya- afsonaviy qaxramon Akadem nomi bilan bog‘liq, ilmiy,
o‘quv va badiiy xususiyatga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi.
Bilim — borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan
natijasi.
Ilmiy bilim — tizimli,
asosli va narsa,
hodisalar mohiyatiga chuqur
kirib boradigan bo‘ladi. U empirik va nazariy darajada bo‘ladi
Innovatsiya - lotincha so‘z bo‘lib, “yangilik kiritaman” ma’nosini
bildiradi.
Institut - lotincha so‘z bo‘lib, “mahkama”, “idora” ma’nosini
bildiradi, oliy ma’lumot beruvchi muassasa.
Interfaol - inglizcha so‘z bo‘lib, “o‘zaro ta’sir” ma’nosini
bildiradi. Biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqatda, o‘zaro bahs -
munozara usulida, fikrlashishida hamjihatlik bilan hal etish ma’nosini
anglatadi.