Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja


Jismoniy tarbiya nazariyasining etakchi tushunchalari va



Yüklə 20,24 Kb.
səhifə2/3
tarix29.01.2023
ölçüsü20,24 Kb.
#81513
1   2   3
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining

2. Jismoniy tarbiya nazariyasining etakchi tushunchalari va
jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati
U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu etakchi tushunchalarning mazmuniga bog‘liq. Ularning mazmuni va xajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p hodisalari va masalalarini to‘g‘ri tushunib olish kiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallab bo‘lmaydi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasida qo‘llaniladigan egakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, inson jismining madaniyati, sporti, jismoniy kamolot. Nima uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to‘g‘ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o‘z ahamiyati jihatidan birdek muhimdir, bular to‘g‘risida darslikning tegishli boblarida to‘xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan tushunchalariga to‘xtaldik xolos.
//Jisman rivojlanish inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi — tashki ko‘rinishini va uning xizmatining o‘zgarishi jarayonidir. ,
Rivojlanish davri uch fazaga ajratiladi: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan (barqarorlik) va inson jismi imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning ob’ektiv qonunlariga — organizm va uning yashash sharoitlarini birligi qonuniga, xizmati va tuzilishining o‘zgarishlarni bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta-sekinlik bilan miqdor va sifat o‘zgarishlari konuniga va boshqa konunlarga bo‘ysunadi. Boshqacha aytganda jisman rivojlanish ob’ektiv va biologik qonuniyatlar majmuasidan iborat. Bulardan eng muhimi, muhit va organizm rivojlanishining bir butunligi qonunidir.
Yuqoridagilarni o‘kuvchilarga qo‘llaganimizda, o‘kish sharoiti, mehnat va mustaqil ishlash, dam olishni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Bularning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nasldan-naslga o‘tadigan tabiiy-hayotiy kuchlar, inson jismining qobiliyatilari xam jismoniy rivojlanishning muhim zamini ekanligi, shuning uchun xam yuqori natijalarga erishish har qaysi shug‘ullanuvchi (individ) uchun nasib bo‘lavermasligini, ammo har qanday shaxs o‘z organizmining jismonan rivojlanishiga sidqidildan tizimli maksadga muvofiq ravishda muntazam jismoniy

mashqlar bilan shug‘ullanish orqali ijobiy ta’sir eta olishligini e’tirof etish lozim.


Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to‘g‘ri keladi va butun maktab yoshi davri davomida davom etadi.
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu inson badanining a’zolarini bichimini o‘lchami bo‘lib, shug‘ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi haqidagi antropometrik ma’lumotlar tarzida ro‘yxatga olinadi.
Jisman rivojlanishning yo‘nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlari va kobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o‘z jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish — jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir.
Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini xal kiluvchi omilidir. Omillar orasida mehnat bilan tarbiya jarayonining roli, ayniqsa jismoniy tarbiyaning roli muhimdir.
Jisman rivojldnishga erishish uchun «jismoniy tarbiya» deb atalmish maxsus yo‘naltirilgan va tashkil qilingan faoliyatdan foydalana boshlandi.

Yüklə 20,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin