Jismoniy mashqlar tavifi.
Jismoniy mashqlarni muayyan belgilariga ko‘ra guruh va kichik
guruhchalarga taqsimlash mumkin. Turli jismoniy mashqlar ko‘plab
o ‘xshash belgilarga ega. Mashqlarni guruhlashga imkon beradigan
asosiy belgini aniqlash muhim. Bu belgi pedagogik jihatdan ahamiyatli
boMishi lozim. Turli belgilarga ko‘ra tuzilgan tasniflar ko‘plab amaldagi
jismoniy mashqlar bilan tanishishga, ulardan zarurlarini qo‘yilgan
vazifalarga muvofiq tanlashga, darslik va qo’llanmalardan zarur
mashqlar tasnifini tez topishga yordam beradi.
Ayniqsa, umumiy tasniflar asosida jismoniy tarbiya vositalarining
tarixiy shakllangan tizimi va metodlari yotadi: gimnastika, o ‘yinlar,
sport, turizm. Bu guruhlarning har biri o ‘ziga xos ahamiyatga ega va
ular yanada kichik tasnif guruhchalariga bo’linadi.
Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida katta o lrin tutadi. U
Sog’lomlashtirish yoki umumrivojlantiruvchi turlarga bo’linadi.
Gimnastikaning quyidagi o ‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
gavdaning turli qismlari, ayrim bo‘gimlari va ular faoliyatining turli
tomonlari va holatiga talab ta’sir etish (muskullarning bo‘shashiga,
cho‘zilishiga va boshqalar): jismoniy yuklanishni taqsimlash imkoniyati;
sport anjomlari va sport inshootlaridan foydalanish; mashqlarni musiqa
jo ‘rligida o ‘tkazish; mashqlaming rang-barangligi. Gimnastikaning bu
xususiyatlari undan xilma-xil vazifalarni hal etish uchun barcha
yoshdagi salomatligi, jismoniy tayyorgarligi turlicha bo’lgan kishilar
bilan o ‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda foydalanish imkonini beradi.
Harakatli o‘yinlar. Bu turli emotsional harakatlardan iborat
murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat belgilangan qoidalar asosida to‘satdan
o‘zgaradigan sharoit va vaziyatlarda bajariladi. Gimnastikadan farqli
o’laroq, o ‘yinlarni o ‘tkazishda jismoniy yuklamalarni taqsimlash qiyin
bo’ladi.
Harakatli o ‘yinlar boshqa jismoniy mashqlardan shug‘ullanuvchilar
faoliyatini tashkil etish va boshqarish xususiyatlari bilan farqlanadi.
0 ‘yin davomida to‘satdan o ‘zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish va
tezkorlik, chaqqonlik kabi jismoniy fazilatlarni namoyon qilgan holda
qisqa muddatda harakat vazifalarini hal etish zaruriyati vujudga keladi.
Bu harakat ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. 0 ‘yin paytida bolalar
faoliyati obrazli, syujetli yoki o ‘yin vazifalari asosida tashkil etiladi va
bu bolalaming jismoniy mashqlarni ishtiyoq bilan va uzoq muddat
bajarishi uchun ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Bu, o ‘z navbatida, ulaming organizmiga ta’sirini kuchaytiradi, chidamlilikni
rivojlantirishga yordam beradi.
0 ‘yin qoidalariga rioya qilish bir-birini taqozo etadigan harakatni
yuzaga keltiradi, axloqiy fazilatlar o‘zaro yordam. ongli intizom va
boshqalarni tarbiyalashga yordam beradi. Ocyin paytida bolalarga
harakat usullarini tanlashda mustaqillik ko‘rsatishlari, zehni sabotlilik
ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. 0 ‘yin faoliyatida kompleks xaraktyerga
ega turli harakatlar uyg‘unligi kuzatiladi.
0 ‘yinning yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan xususiyatlari undan kichik
maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda foydalanish
imkonini beradi. Sport jismoniy mashqlaming biror turida yuqori
natijaga erishishga qaratilgani bilan tavsiflanadi, kishining ma’naviy va
jismoniy kuchlariga yuksak talablar qo‘yadi. Shuning uchun u muayyan
yosh bosqichining rivojlanish darajasidagina qo'llanishi mumkin. Bu esa
jismoniy tayyorgarlikka muvofiq sharoitini talab qiladi. Sport jismoniy
kamolot topishga xizmat qiladi va ma’naviy-irodaviy fazilatlarni
tarbiyalashga yordam beradi. Shuning uchun sport bilan shug‘ullanish,
ayniqsa, kishi organizmining hamda inson shaxsining shakllanish
davrida foydalidir.
Jismoniy mahoratni shakllantirish va jismoniy tarbiyaning xilmaxil vazifalarini hal etish maqsadida o‘quvchilar bilan ishlashda turli
gimnastika mashqlari, sport o ‘yin elementlaridan foydalaniladi. Buning
natijasida jismoniy mashqlar va keyingi yosh bosqichlarida xilma-xil
sport turlari bilan shug‘ullanish uchun zamin yaratiladi.
Turizm - harakat ko‘nikmalarini mustahkamlashga va tabiiy
sharoitlarda jismoniy fazilatlar rivojlanishiga imkon beradi. Maktabda
bolalar bilan turli harakat usullaridan foydalangan holda, shahar
tashqarisiga sayrlar uyushtiriladi. Sayr chog’lda yo’l-yo‘lakay turli
mashqlarni bajarish mumkin: to‘siqlardan sakrash, arqonchalar bilan
sakrash, koptok bilan mashqlar, harakatli o‘yinlar. Tabiatning
sog’lomlashtirish kuchlari jismoniy tarbiya jarayonida ikki yo‘nalishda
olib boriladi: 4 1. Jismoniy mashqlar mashg‘ulotini tashkil etish va muvofiq
sharoitda o ‘tkazilishi, ya’ni muhitning tabiiy omillar jismoniy mashqlar
ta’sirini kuchaytiradi.
2. Ikkinchi y o ‘nalish organizmni chiniqtirishga nisbatan mustaqil
vosita sifatida foydalaniladi. Misol, kasalxonalarda, kurortlarda va
boshqa turli dam olish maskanlarida havo va quyosh vannalari, suv va
chiniqtirish tadbirlari, artinish, chiniqtirish tadbirlari keng o ‘rin egallaydi. Jismoniy mashg‘ulotlarda tabiatning sog’lomlashtirish
kuchlarini to'g'ri ishlata bilish kishi organizmiga jismoniy mashqlarning
ijobiy ta’sirini oshiradi.
Tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari (quyosh, havo. suv) bola
organizmiga jismoniy mashqlarning ta’sir etish samaradorligini
oshirishning muhim vositasidir. Ochiq havoda, quyoshli kunlarda
jismoniy mashqlar o’tkazish vaqtida bolalarda ijobiy hissiyot vujudga
keladi, ko'proq kislorod yutiladi, modda almashinuvi orqali ayrim
organlar va organizm tizimlarining quvvatini oshirish imkoniyatlari
oshadi. Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirish uchun, yuqori va past
harorat esa organizm moslashuvchanligini oshirish uchun foydalaniladi.
Natijada issiqlik boshqaruvchi apparat mustahkamlanadi va inson
organizmini ob-havoning keskin o ‘zgarishiga o‘z vaqtida javob berish
qobiliyatiga ega bo’ladi. Bunda tabiatning tabiiy omillarini jismoniy
mashqlarga moslashtirish orqali chiniqish samarasi oshiriladi.
Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vositalar sifatida
foydalaniladi. Suv terming iflosdan tozalash uchun, undagi qontomirlarini kengaytirish va toraytirish va hokazo uchun qo’llaniladi.
0 ‘rmonlar, bog’lar, istirohat bog’lari havosi maxsus moddaga ega
boMib, mikroblarni yo‘qotishga, qonni kislorod bilan boyitishga yordam
beradi.
Quyosh nurlari teri ostida С vitaminini hosil qilishga yordam
beradi. Tabiat kuchlaridan ularni moslashtirilgan holda foydalanish
muhimdir.
Gigiyenik omillar jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishda zarur
sharti hisoblanadi. Ular jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar
organizmiga ta’siri samaradorligini oshiradi. Xonalar, sport jihozlari,
o‘yinchoqlar, o‘quvchilar kiyimlari va poyabzallarining tozaligi
kasalliklarning oldini oladi. Gigiyenik talablarni bajarish bolalarda
ijobiy hissiyot uyg‘otadi hamda jismoniy mashqlarni o ‘zlashtirish uchun
qulay sharoit yaratadi. Gigiyenik omillar shaxsiy va jamoat
gigiyeniyasini o ‘z ichiga qamrab oladi.
Gigiyena omillari mustaqil ahamiyatga ega: ular barcha organ va
butun tizimlarning normal ishlashiga yordam beradi, bolaning normal
rivojlanish va o‘sishiga ko‘maklashadi. To‘g‘ri yoritish ko‘p
kasalliklarining sodir bo’lishiga yo’l quymaydi, o ‘qvchilarning harakat
qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi. Kundalik rejimiga qat’iy rioya
qilish uyushqoqlikka, intizomlikka o‘rgatadi. igiyenik omillar - shaxsiy
va jamoat gigiyenasini o ‘z ichiga qamrab oladi
1. Shaxsiy gigiyena mashg‘ulot tartibi, dam olish, joyining tozaligi
o‘quv va ovqatlanish hona gigiyenasi, maydoncha, kiyimlar, sport
jihozlari va anjomlari, badan va kiyimlarning tozaligi va h.k. larning
organizmga jismoniy tarbiya samarodaorligini oshiradi.
Agarda jismoniy mashqlar toza, yorug‘ xonalarda o ‘tkazilsa,
jismoniy harakat sifatlarining rivojlanishi va bu mashqlarni o ‘zlashtirish
yengilroq bo’ladi, ishchanlik oshib boradi, bolalar ijobiy emotsional
holatda bo’ladi. Ular sog’liqni yaxshilashda va kishi umrini uzaytirishda
katta ahamiyatga ega.
Gigiyenik omillar mustaqil ahamiyatga ega: hamma tizim va
organlarning normal holatda ishlashga ko‘maklashadi. Masalan: sifatli
va muntazam ovqatlanish hamma organlarga ozuqaviy moddalami o‘z
vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi, bolaning to‘g ‘ri o ‘sishi va
rivojlanishiga yordamlashadi, shuningdek, ovqat xazm qilish tizimi
shaxsning faoliyatiga ijobiy ta’sir etib kasallanishni oldini oladi. Normal
tinch uxlash asab tizimlarini ishchanligini oshiradi va dam olishga
imkon yaratadi. Xonaning to‘g ‘ri yoritilganligi ko‘z kasalliklari kelib
chiqishining oldini oladi va bolalaming fazo sezgirligi uchun qulay
sharoit yaratadi. Bular sog’liqni yaxshilashda va kishi umrini
uzaytirishda katta ahamiyatga ega. Sport bilan shug‘ullanishda, mashq
bajarish va dam olish, ovqatlanish katta ahamiyatga ega.
2. Jamoat gigiyenasi: - mashqlar bajarish joyining yorugligi,
tozaligi, sport anjomlari bilan jixozlanish yoki xonaning gigiyenik
talabiga javob berishi va h.k.
Muhitning tabiiy omillari va gigiyenik sharoitlar jismoniy
tarbiyaning asosiy maxsus vositalari bo’lmasa ham, lekin ularning ta’siri
katta ahamiyatga ega.
Jismoniy mashqlar - jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo’lib
hisoblanadi. Agar tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari, gigiyenik
omillar orqali sog’lomlashtirish vazifalarini xal etilsa, jismoniy
mashqlar esa har bir harakat malakalariga o ‘rgatish, harakat sifatlarini
tarbiyalash, kishini jismoniy va ruxiy rivojlantirishda asosiy vazifalarni
hal etadi. Yuqoridagi ko‘rsatilgan jismoniy tarbiya vositalari
sog’lomlashtirish va ta’lim-tarbiya berish vazifalarini amalga
oshirishning asosiy shartidir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, estetik,
axloqiy vositalar qo’llaniladi, bu esa hamma tarbiya turlarini birligini
ko‘rsatadi.
Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya vositasi sifatida
shug‘ullanuvchilarni faol harakat faoliyatlarini tashkil etadi. Jismoniy
mashqlar bajarish xususiyatlarini va yaxshi nalijalarga ega bo’lish
yo’lini shugcullanuvchilarning ongiga yetkazish kerak.
Jismoniy mashqlarni onglilik xarakterini qator psixik jarayonlarini
Yig’ndisida ko'rish mumkin. Masalan: balandlikka sakrash. Yuqorida
aytilganlardan quyidagi umumiy xulosani chiqarish mumkin. Jismoniy
mashqlar ongli ravishda bajariladigan erkin harakat faoliyati bo’lib,
jismoniy tarbiyaning qonuniyatlariga muvofiq ishlatiladi.
Boshqacha aytilganda, jismoniy mashqlar - bu maxsus tanlab
olinib, ta’lim-tarbiya vazifalarini bajaradigan harakatdir. lozirgi zamon
jamoat ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish, kompleks mexanizatsiya-lashtirish,
elektronika va kibernetikadan foydalanishdir. Bunda jismoniy kuchlar
qisqaradi kamayadi, uzoq muddatli diqqatga, funksiyalarning
harakatchanligi va asboblar ko‘rsatgichini tezda qamrab olish talablari
ortib boradi. Nozik sezgi organlar bu sharoitlarda katta ahamiyatga ega.
Jismoniy mashqlar ayrim kategoriyasi odamlarda mavjud bo’lgan
harakat, jismoniy faoliyatning kamchiliklariga qarshi kurashda ham
qo’llaniladi. Bunda ular "kompensatsiyalashgan" funksiyani bajaradi.
Ishlab chiqarishda jamoatda va boshqa joylarda harakatlami
chegaralash natijasida jismoniy etishmaslik kelib chiqadi. Bu esa
ko‘pgina organ va tizimlarning funksiyasini, psixologik funksiyasini
pasaytiradi, tashqi salbiy ta’sir ostida turgunlik pasayadi. Shunday qilib
hayot o‘rgatgan shart sharoitlar va organizmni turli morfologik va
funksional rivojlantirishga zarur bo’lgan vositalar orasidagi qarama qarshiliklar mavjud bo’ladi. Bu salbiy xodisalarga qarshi kurashda
insonning jismoniy va psixilogik qobiliyatini oshirishda qo’llaniladigan
jismoniy mashqlar muhim ahimiyatga ega.
Jismoniy tarbiya jarayonida hamma vositalar ishtirok etadi,
jismoniy mashqlar tarbiyalash va o ‘rgatishda o‘ziga xos ahamiyatga
egadir. Buning sabablari quyidagilar:
1. Jismoniy mashqlar insonning atrof muhitga nisbatan harakat
tizimini ifodalaydi.
2. Jismoniy mashqlar ijtimoiy-tarixiy jarayonda jismoniy tarbiya
sohasidagi takrorlanish, qaytarilishdir.
3. Jismoniy mashqlar shug‘ullanuvchilarning tanasiga ta’sir qilib
qolmay, shaxs sifatida shakllanishida ham ahamiyatlidir.
4. Jismoniy mashqlarning pedagogik faoliyatidagi alohida
ahamiyati tarbiyalanuvchilarning jismoniy takomillashuviga
qaratilganligidadir.
5.Jismoniy mashqlar kishining harakatga bo’lgan talabini
qondiruvchi vositadir.
Jismoniy mashqlar qayerdan kelib chiqadi
Mashqlar jismoniy tarbiya vositasi bo’lib chiqishi qadim
zamonlarga bog’liq. Qazilmalar natijasida topilgan har xil uy-ro‘zg‘or
buyumlari, turli yodgorliklar, qoyalardagi rasmlar va tasvirlar avloddan
avlodga o ‘tgan, avlodning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyat
fikr yuritishga olib keladi.
Xulosa
Jismoniy mashqlar mehnat orqali vujudga kelgan. Jismoniy mashqlarni rivojlanishiga san’at, xarbiy ish, hamda din o‘zining salmoqli ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan: milliy kurash. Lekin jismoniy mashqlarning rivojlanishida, moddiy talabchanlik va hayot sharoiti hal qiluvchi omil bo’lib hisoblanadi. Jismoniy
mashqlar kelib chiqishdan boshlab, ijobiy bilim va malaka bilan bog’iq
bo’lgan. Jamiyatni va jismoniy tarbiyani rivojlanishi, jismoniy mashqlarni
mehnat va harbiy harakatlar bilan o ‘zaro bog’liqligi yo‘qotilib bordi.
Jismoniy mashqlar mehnat yoki harbiy ishga bog’liq bo’lmay qola
boshladi. Hayvonni ushlab olishda, dushmanni tabiiy yugurishda quvib
etish yoki undan o ‘zini qutqarish, qisqa, o ‘rta va uzoq mkasofalarga
yugurish kelib chiqdi. Shunga o ‘xshash nishonga otadigan bo’ldilar.
Mashqlarni alohida bo’lib, ajralib chiqishi endi kishilami mehnatga va
harbiy ishga tayyorlay boshladi va bu ularni jismoniy va ruhiy
rivojlanishlarini ta’minladi Jismoniy mashqlar bu erkin harakatlardir.
Ulami bajarish, to‘xtatish, o ‘zgartirish kishi ixtiyori bilan amalga
oshiriladi. Erkin harakatlar haqida buyuk olimlar l.M.Sechenov va
I.P.Pavlov ko‘p ishlar bajarganlar. Sechenovning fikricha, erkin harakatlar bu aql va iroda bilan boshqariladi. Lekin bu xarakatlami inson hayot sharoiti va tarbiya ta’siri ostida oladi. I.P.Pavlov erkin harakatlarning fiziologik mexanizmlarini
ochib berdi. Uning fikricha erkin harakatlar bosh miya yarim
sharlarining umumlashgan harakatlarining natijasidir. Bunda kobpgina
analizatorlaming birinchi va ikknchi signal tizimi ishtirok etadi. Lekin
asosiy o‘yinni ikkinchi signal tizimi xal etadi. Misol: inson va hayvon. Erkin harakatlami bajarish o ‘z ichiga shartli va shartsiz reflekslarni kirituvchi murakkab jarayondir.
Foydalanilgan adabiyotlar
B.I.Zagorskiy, I.P.Zaletayev, Yu.P.Puzir. Fizicheskaya kultura. M.1989 g.
V.V.Stolbov. Istor.fiz.kult. Uchebnik. M. 1989 g.
3.N.F.Kulinko. Istoriya i organizatsiya fizicheskaya kulturi. M.1992.
N.K.Makersev. Stranitsi istorii sporta.M.1987.
Ye.L.Ozeretskaya. Olimpiyskiye igri. L.1990.
Ye.L.Ozeretskaya. Olimpiyskiy fakel nad Rimom. M. 1990.
P.A.Sobolev. Olimpiya, Afrika, Amerika,Aziya,Rim. M.1990.
I.G.Chudinov. Istoriya fizicheskoy kulturi. M.1990.
A.O.Romanov. Mejdunarodnoye sportivnoye dvijeniye. M. 1993.
B.Xavin. Vse ob olimpiyskix igrax. M.1994.
D.D.Yegorov. Vse o sporte. M. 1994.
Jismoniy tarbiya tarixi. Toshkent. Ukituvchi. 1989.
V.G.Kudryavseva. Sport mira i mir sporta. M. 1997.
L.Kun. Vseobshaya istoriya fizicheskoy kulturi. M. 1992.
A.P.Romanov. MOK i mejdunarodnoye sportivniye dvijeniye. M. 1990.
1 N.K.Makersev. Stranitsi istorii sporta.M.1987.
2 Ye.L.Ozeretskaya. Olimpiyskiye igri. L.1990.
3 Ye.L.Ozeretskaya. Olimpiyskiy fakel nad Rimom. M. 1990.
4 P.A.Sobolev. Olimpiya, Afrika, Amerika,Aziya,Rim. M.1990.
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |