JISMONIY MADANIYAT NAZATIYASI VA METODIKASI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI
Reja: Kirish I.Bob. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida.
1.2 Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.
II.bob. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 2.1 Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
2.2 Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
2.3 Jismoniy mashqlar tavifi.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Mavzuning dolzarbligi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining rivojlanishi bir necha davrlarni o’z ichiga oladi.
Birinchi davr - inson o’zining ijtimoiy faoliyati davomida harakat-faoliyatini organizmga ta’siri xakidagi eng dastlabki (emperik) bilimlari (Ponamarev. N.I. 1975). Eng dastlabki emperik bilimlarning tuplanishi "mashqlanganlik"ning foydasini sezib, ma’nosiga yetish va tajribasini o’zatish usullarini anglashga imkon yaratdi. Bu "jismoniy mashqlar"ning va "jismoniy madaniyat"ning paydo bulishi uchui sharoit yaratilishida omil bo’lib xizmat kildi.
Ikkinchi davr- jismoniy madaniyat jarayonida kullanila boshlagan birinchi uslubiyatlarning yaratilishi – kadimgi YUnonistonda kuldorlik davlati davrini va O`rta asrni o’z ichiga oladi (G.D. Harabuga, 1974). Jismoniy madaniyatdagi bu uslublar, tajribalar orqali vujudga keltirilgan bo’lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi faoliyati qonuniyatlarini xali bilmasligi sababli jismoniy mashqlar ta’siri mexanizmini tushuntira olmas, shunga kura jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning foydasini tashki natijalarga qarab baxolardilar. YUnonistonning jismoniy madaniyat uslubiyati aytarli darajada ma’lum edi. U mavjud vositalar va uslubiyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojdantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtira olgan edilar. O`rta asrning o`rtalarida uslubiyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, so’zish, uyinlar, kamon otish, otda chopish, kilichbozlik buyicha dastlabki kullanmalar paydo buldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino. Abu Rayxon Beruiiylarning tan madaniyatsiga oid ilmiy dunekarashlari vujudga keldi (Usmonxujayev T.N. 1995).
Uchinchi davr - jismoniy madaniyat xakidagi nazariy bilimlarni intensiv tuplanishi Uygonish davridan XIX asrning oxirigacha bulgan davrni o’z ichiga oladi. Inson madaniyatsi, uni o’qitish, davolash xakidagi fanning rivojlanishi filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy madaniyat muammolariga e’tibor kila boshlashlari davri, jismoniy madaniyatning moxiyati xakidagi falsafiy, pedagogik va tibbiy ma’lumotlarning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri. Bu ma’lumotlar xali turlicha edi, chunki ko’pincha usha davrda mustakilrok sanalgan filosofiya, peda gogika, meditsina, fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yul-yulakay, ammo zarur bulgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari ko’pincha o’z muammolarini jismoniy madaniyatning rolini xisobga olmay xal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. YAngilanish davridayek pedagog-gumanistlar va xayeliy sotsialistlar jismoniy madaniyatsa bir butun tar biyaning majburiy qismilardan biri deb karay boshladilar.