Jismoniy madaniyat nazatiyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari


Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika



Yüklə 33,95 Kb.
səhifə3/5
tarix27.09.2023
ölçüsü33,95 Kb.
#149895
1   2   3   4   5
Jismoniy madaniyat nazatiyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari

1.2.Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.
Ijtimoiy fanlarda "funksiya" atamasi matematika, fiziologiya va
boshqa fanlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega. Jamiyatshunoslikda
bu atama (ya’ni "funksiya") qatnashmoq, ta’sir etmoq, faoliyatida
qatnashmoq va shu kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’langan.
Demak, jismoniy madaniyat funksiyasi deganda insonga va insoniy
munosabatlarga bo’lgan shaxs va jamiyatning ayrim talablarini
qondiruvchi va rivojlantiruvchi obyektiv xususiyatlarini tushunish
lozim. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, jismoniy madaniyat
funksiyalari o‘z-o‘zidan emas, balki madaniy boylikka mos ravishda
foydalanishga yo‘naltirilgan insonning faol harakat faoliyati orqali
amalga oshiriladi. Agar bir odam gimnastika yoki boshqa sport bilan
shug‘ullangan bo’lsa, jismoniy madaniyatning bu komponentlaridan
foydalanish jarayonida uning ta’sirini to’liq sezadi, harakatdagi tabiiy
talablarini qondiradi va shu bilan birga jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa odamlar bilan u yoki bu munosabatda bo’ladi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat funksiyalarida, harakat jarayonida
uning mazmuni oydinlashib, shaxs hamda butun jamiyat uchun
ahamiyati ko‘rsatiladi.
Jismony madaniyat funksiyalari boshqa funksiyalar kabi amaliyotda
Bo’ladigan ma’lum shakllardan ajraladi. "Shakllar" atamalari bu yerda
jismoniy madaniyatning tarkibiy turlarini, ya’ni tarkibiy aniqlikni
bildiradi.
Jismoniy madaniyat jamiyat va inson faoliyatining asosiy sohasidagi
Bog’lanishlar hamda o‘zaro qonuniy munosabatlar turlarining
yigindisisanaladi.
Jismoniy madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari awalo shunday
xususiyatlarga egaki, ular insonning harakat faolligiga oid tabiiy
talablarni qoniqtiradi. Shu asosda - jismoniy holatini hamda sog’liqni
mustahkamlash qonuniy atlariga mos ravishda organizmni rivojlantiradi
va hayotda zarur bo’lgan jismoniy qobiliyatni ta’minlaydi. Jismoniy
madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari mavjud. Ular quyidagicha
farqlanadi:
1. Ta’limiy maxsus funksiyalar - umumiy ta’lim tizimida ko‘nikma
va malakalar bilan bog’liq bo’lgan bilimni muntazam shakllantirish;
2. Amaliy maxsus funksiyalar - amaliy tizimda mehnatga va kasbiy
yo‘nalishga qaratilgan;
3. Sport funksiyalari - yuqori natijalarni ko‘rsatish, bor
imkoniyatini ishlata bilishga qaratilgan;
4. Rekreativ va sog’lomomlashtiruvchi - tiklovchi maxsus funksiyalar
- dam olishda jismoniy mashqlarni ishlata olish, tiklash maqsadida
Qo’llash;
5. Jismoniy madaniyatdan jamiyat foydalanish bilan bog’liq bo’lgan
umumiy-madaniy, tarbiyaviy va boshqa ijtimoiy funksiyalar o‘zining
jismoniy tayyorgarligini, sog’ligini qanoatlantirishga qaratilgan.
Bazaviy jismoniy madaniyatga, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan
yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash tizimiga xos jismoniy
madaniyatning fundamental qismi kiritiladi. Umumiy jismoniy
tayyorgarlikning bazasi - negizi va asosiy jismoniy ta’lim hisoblanadi.
Shunday qilib, bu yo‘nalishda jismoniy madaniyatdan foydalanish
asosida erishilgan natija jismoniy madaniyatning asosiy shakli -
"Jismoniy madaniyat maktabi" deyiladi. Chunki birinchidan, 11-12 yil
davomida turmushda, hayotda zarur bo’lgan ,harakat ka‘nikma va
malakalarga ega bo’ladilar; ikkinchidan, tanlab olingan ya’ni maxsuslashtirilgan sport turlariga, amaliy maxsus yo‘nalishlarga
ko'maklashadi va ularning fundamental negizi hisoblanadi. Bunday
jismoniy tayyorgarlikni, sportga yo‘nalishni va boshqalarni jismoniy
madaniyat negizi amalga oshiradi va imkoniyat yaratadi. Shuning uchun
ham bu maxsus funksiya deyiladi.
2. Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida
Oldin aytib o ‘tilganga ko‘ra zamonaviy sport turlarining ko'pchiligi
jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan.
Boshqa komponentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan
bevosita bog’liq bo‘lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar yaratib berilgan.
Sportning maxsus funksiyalari "yuqori sport yutuqlarida va
ommaviy sportda" bir xil ifodalanmagan. Katta sport yuqori natijalarni
ko‘rsatishga, rekord natijalarni ko‘rsatishga, butun imkoniyatlarini shu
natijani ko‘rsatish uchun sarflaydi, muntazam mashq qilib tayyorgarlik
ko‘radi. Ommaviy sport - ommaviylikni oshirishga imkoniyat yaratadi.
Jismoniy madaniyat negizi umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlash va
oshirishga qaratilgan.
3. Kasb - amaliy jismoniy madaniyat. U xususiy kasb-amaliy va
harbiy-amaliy jismoniy madaniyatga bo’linadi.
Kasb-amaliy jismoniy madaniyat va bazali jismoniy madaniyat
umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish asosida kasb-amaliy
jismoniy tayyorgarlik ko‘riladi.
4. Sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi jism oniy madaniyat. Jismoniy
madaniyatning bu bo’limi jismoniy mashqlardan kasallikni davolovchi
va kasallik, shikastlanish, charchash va boshqa sabablarga ko‘ra
buzilgan yoki yo‘qotilgan organizm funksiyalarini tiklovchi vosita
sifatida ajralib chiqdi - davolovchi gimnastika, vaqtni nazorat qilgan
holda yurish, yugurish va h.k.
5. Fonli jismoniy madaniyat. Bunga gigiyenik jismoniy madaniyat
(ertalabki gigiyenik gimnastika, sayrlar va boshqa jismoniy mashqlar
bo4lib, katta yuklama bilan bog’liq bo’lmaydi) va reaktiv jismoniy
madaniyat (faol turizm, ov, jismoniy madaniyat, sport o ‘yinlari va
ko‘ngil ochishlar) kiradi.
6. Jismoniy-madaniyat va boshqa madaniyat bo‘lim!arining
birlashgan komponentlari:
A) Jismoniy madaniyat teatrlashtirilgan shakllari - Jismoniy
madaniyat paradlari, ko‘rgazmali sport chiqishlari va h.k..
В) Jismoniy madaniyat arxitekturasi. Jismoniy madaniyat -
jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir. U yuqorida
ko‘rib o ‘tilgan hamma tushunchalarni o'z ichiga oladi. Boshqacha
aytganda, jismoniy tarbiya poydevorini qurish demakdir.1

Yüklə 33,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin