Gimnastika (yunoncha-gymnastike mashq qilaman) jismoniy mashqlar tizimi,jismoniy tarbiyaning muhim turi. Kishilarningjismoniy jihatdan har tomonlama oʻsishiga va salomatligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan boʻlishiga yordam beradi. Gimnastika oʻz vazifalari, xususiyatlari va metodik usullariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: asosiy Gimnastika (gigiyenik va atletik gimnastika bilan birga), gimnastikaning amaliy turlari (shu jumladan ishlab chiqarish gimnastikasi), sport gimnastikasi, badiy gimnastika va sport akrobatikasi.
Gimnastika mashqlari Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiya o’yinlariga tayyorlash vositasi boʻlib xizmat qilgan. 18-asr oxiri - 19-asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida turli gimnastika asboblarida mashqlar bajarish, 19-asr 2-yarmidan esa musobaqalar oʻtkazish rasm boʻladi. 1896-yildan gimnastika Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi (1982-yildan ayollar musobaqalari oʻtkaziladi).
Badiiy gimnastika o’z shakllanishi va rivojlanishida sport va sa‘natdan eng yaxshi xislatlarni o’ziga mujassam qilgan holda uzoq davrni o’tdi.
Barchaga ma‘lumki, odamlar juda qadim zamonlardan boshlab raqsga tushishgan. Raqs hissiyotlar va sezgilarni ifodalash usuli sifatida odamzotning barcha tarixida mavjud. Bu, o’zida odamning musiqiy, jozibali,sport,estetik vabadiiy rivojlanishi va ta‘limi vositalarini o’zida uyg’unlashtirgan raqsning ko’p qirraligi bilan bog’liq. Raqs har xil asrlar davomida, shu davr uchun o’ziga xos xarakterga ega bo’lgan. Raqs borgan sari o’zgargan va yangidan -yangi yo’nalishlarni qamrab olgan. Keyinchalik raqs studiyalari va teatr san‘ati studiyalari paydo
bo’lgan.
XX asrning oxiri XX asrning boshlarida Fransua Delsartning ifodali gimnastika studiyasi, Emil Jak Dalkrozning ritmik gimnastika, Jorj Demenining raqs gimnastikasi va Aysedora Dunkanning erkin raqs studiyalari juda katta ommaviylikka erishgan. Ularning ijodiy merosi butun dunyoda tan olindi va badiiy harakatning yangi yo’nalishni rivojlanishiga asos bo’ldi, aynan shu, qizlar uchun sport turini
yuzaga kelishining boshlanishi bo’ldi.Fransua Delsart (1811 yil 11 noyabr 1871 yil 20 iyul Parij) fransiyalik qo’shiqchi, vokal bo’yicha pedagog va sahna san‘atining nazariyachisi hisoblanib, akterlar va raqqosalar uchun ifodali gimnastika tizimini yaratgan. O’z hissiyotlarini mimika va imo_ishoralar bilan ifodalayotgan kattaodamlar va bolalarning harakatlarini kuzatishi
hamda yunon san‘atini o’rganishi oqibatida, u, imo-ishoralarni mohiyatiga, mazmuniga va hissiy qirralariga ko’ra tizimlashtirgan. Delsart jadvallar tuzgan va qo’llar harakatlarining barchasini tasniflagan bo’lib, ularda u yoki bu ifodali harakatlar va kayfiyat matematik aniqlik bilan aks ettirilgan.
Masalan, faqatgina qo’llar uchun harakatlarning 243 ta turlari nazarda tutilgan.
Lekin, Delsart qo’llar harakatlari tizimini yaratishi orqali har bir hissiy holatga tananing, qo’llarning, boshning ma‘lum bir holativa ma‘lum bir mimika mos kelishi kerakligini nazarda tutgan. U, odamning har xil kechinmalarini, kayfiyatlarini va fikrlarini sun‘iy harakatlar bilan emas, balki tabiiy harakatlar orqali etkazishga qobiliyatli odam gavdasi harakatlarining erkin va hissiy ifodaliligi ustida ishlashning yangi usullarini ishlab chiqqan. U, artistlarni oddiygina boshni ko’tarishga, egilishga, burilishga, yurish va yugurishga emas, balki har bir harakatga ma‘lum bir mazmun va mohiyatni kiritishga o’rgatgan. Uning gapiga ko’ra, his qilish kam va o’zidan sinovdan o’tkazish etarli emas, balki hissiyotni harakatga aylantirish va boshidan o’tgan kechinmani ifodalash zarur. Delsart harakatlarning har xil tezkorligiga va kuchiga katta e‘tibor qaratgan, bu, harakatlarning sun‘iyligini oldini olishga yordamberadi, deb o’ylagan. Delsart harakatning asosini, uning kelib chiqishini tabiiyligida ko’ra bilgan, gimnastik mashqlarni musiqa bilan uyg‗unlashtirishga intilgan. U, quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda mashqlarni yaratgan:
ko’pchilik bo’g’imlarni harakatlarga bir butun sifatida kirishishini;
odamning hissiy holati bilan gavda harakatlari o’rtasidagi aloqadorlikni;
harakatlanishlar paytida qo’llar va oyoqlarning qarama-qarshi harakatlarini (yurish va yugurishning turli xarakterlarini).
Elsart tomonidan ishlab chiqilgan ushbu barcha g’oyalar va tamoyillar badiiy gimnastika uchun juda qimmatli hisoblanadi va uning bazaviy harakatlari asosiga kiritilgan. Masalan, badiiy gimnastikaning to’lqinsimon va prujinasimon harakatlari ko’pchilik bo’g’imlarni bir butun sifatida harakatlarga qo'shilishi asosida,
sekin-asta gavdaning bir zvenosidan boshqasiga o’tish orqali bajariladi.
Badiiy gimnastikada yurish, yugurish va sakrashlarning har xil bazaviy turlari, ularni bajarilishi paytida qo’llar va oyoqlarning qarama-qarshi harakatlanishini talab qiladi.
Shveysariyalik bastakor va pedagog Emil Jak-Dalkroz (1865 yil 6 iyul, Vena, 1950 yil 1 iyul, Jeneva) ritmik gimnastika deb ataladigan mualliflik tizimini yaratgan bo’lib, unda u, musiqiy ritmni odam gavdasining harakatlariga olib o’tishga uringan. Emil Jak-Dalkroz, o’zining tizimi asosiga musiqa ritmi va musiqani jozibali amalga oshirish tushunchasini qo’ygan. Musiqa va joziba ritmdan boshlanadi. Tanani, qalbni, ruhni va umuman odamni tarbiyalash va shakllantirish uchun eng ifodali ritm zarur.
Emil JakDalkroz dunyoning yaratilishi sirlaridan
voqif bo’lish va misli ko'rilmagan qudratga, o’z
tanasi va o’z hayotida ritmni his qilishga qobiliyat faqatgina insonga xos, deb hisoblagan. Raqqosa
musiqa va harakatlardagi ichki aloqani har doim anglashi kerak. Musiqa bilan shug’ullanishdan oldin, ritm va tovushlarni yaratadigan hissiyotlar ichiga kirish, uni o’zining tani joni bilan his qilish va
idrok qilishni o’rganishi kerak.
Emil JakDalkroz bolalar uchun maktab ta‘limi
tizimiga ritmikaning kiritilishini ahamiyatini alohida aytgan,chunki harakat ularning zaruriy ehtiyoji hisoblanadi. U, ritmni har qanday san‘atni, jumladan
she‘riyatni,haykaltaroshlikni, me‘morchilik va
musiqani bilish uchun baza sifatida belgilagan.
Musiqa odamning xulqatvorini sokinlashtirishi va
qo’zg’aluvchanligini,tinchlantirishi orqali umumiy
tarbiyaviy ahamiyatga ega, deb hisoblagan.
Emil JakDalkroz barkamol rivojlangan shaxs -odamning antik idealiga qaytadi.
Uning maqsadi odamni o’zini o’zi bilishiga, hayotdan quvonishiga olib kelish, jismoniy va psixologik qiyinchiliklarni bartaraf qilish va o’zining kuchi va ijodiy imkoniyatlari to’g’risida yorqin tasavvurlarni yaratish bo’lgan.
Emil Jak-Dalkrozning asosiy tamoyillari:
Musiqa gavda harakatlarini ruhlantirish kerak,
toki uko’rinadigan tovushga aylansin.
Tovushlar musiqasi va imo ishoralar musiqasi
bitta hissiyotlar bilan ruhlantirilishi kerak. Emil JakDalkroz raqsni ritmik harakatlarning uyg’unligi sifatida belgilagan bo’lib, ularning
yordamida odam o’z hissiyotlarini namoyon qiladi.
Lekin,u,buni mumtoz raqsda ko’rmagan.
O’z uslubiyotini ritmni qars urish bilan o’qitishi va
qiyin o’zlashtirayotgan o’quvchilarga davomiylikni uyg’unlashtirish maqsadida o’zining tizimini musiqa ritmidagi erkin harakatlarda tuzgan (ritmik
gimnastika). Ularning tarkibiga musiqa nazariyasi,
xor tarkibida ashula aytish, solfedjio, shved gimnastikasi, ruhlantirilgan gimnastika, raqs
kursi va hokazolar kabi predmetlarni kiritgan.
Ritmik gimnastika darslarida qo’llaniladigan
vositalar badiiy gimnastikaning bazaviy
elementlariga o’xshash.Bunday harakatlarga yurish, yugurish,sakrashlarninghar xil turlari kiradi. Harakatlarning variantlari uzilib va sokin ijroetish, musiqa ritmiga bog’liq holda, musiqaning har bir
tovushiga mos keladigan sekinlashish va tezlashish bilan qo’llaniladi.
Bunday mashqlarning barchasi qiyinlik darajasi
bo’yicha aniq ketma-ketlikda berilgan va shakli bo’yicha juda xilma xil bo’lgan. Mashg’ulotlar
tizimida ohang va ritmdagi juda kichik
o’zgarishlarni harakatlarda aks etuvchi musiqa
ostidagi individual va guruhdagi improvizatsiya
ancha sezilarli joy egallayd.
Emil Jak-Dalkroz o’z davrida keng tarqalgan
gimnastik harakatlar musiqa bilan uyg’un bo’lgan
har xil yo’nalishlarni o’rgangan va tahlil qilgan.
U, ulardagi ijobiy va salbiy tomonlarini ajratgan
bo’lib, bu uning ritmik tizimini betakror stilini shakillantirish imkoniyatini bergan.
Badiy gimnastikada bunday yondashuv o’z qo’llanishini topdi va yanad rivojlantirildi.
Fransiyalik fiziolog va pedagog Jorj Demeni (1850-1917) fiziologiya va anatomiya yutuqlari asosida
tuzilgan gimnastik jismoniy tarbiya tizimi muallifi.
Jorj Demeni o’z davrida mavjud bo’lgan gimnastikaning asosiy kamchiligi deb, harakatlarning o’ta
keskinligini,to’g’ri chiziqliligi va sun‘iyligini
hisoblagan.
U, fiziologik jarayonlarga asoslangan holda
mushaklarni cho’zishga va bo’shashtirishga
qaratilgan mashqlarning, ortiqcha davomiy statik kuchlanishlarsiz to’liq amplituda bilan va keskin siltashlar va beso’naqay harakatlarsiz bajariladigan mashqlarni maqsadga muvofiqligini
isbotlagan.
U, jismoniy tarbiyaga bo’lgan quyidagi prinsipial talablarni ishlab chiqqan:
gimnastika dinamik bo’lishi kerak, statik mashqlardan qochish kerak;
harakatlarda to’liq amplitudaga erishish zarur. Agarda, bir xil mushaklar to’liq kuchlangan bo’lsa, unda qarama-qarshi mushaklar to’liq bo’shashgan bo’lishi kerak;
harakatlar tabiiy ko’rinishga ega bo’lishi, burchakli va uzilib bajariladiganlari bo’lmasligi kerak;
O’zbekistonlik sport gimnastikachilari K. Joʻrayev, T. Karimov, E. Gʻiyozov, G. Gʻiyozov, T. Ibrohimov, Sh. Xonkeldiyev, A. Otaxonovlar turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashganlar. O’zbekiston gimnastikachilaridan G. Shamray ilk bor olimpiada chempioni unvoniga sazovor boʻldi (1952,Xelsinki ). Oʻzbekistonlik S.Diomidov 18- va 19-Olimpiada oʻyinlarida sovrinli oʻrinlar oldi. Elvira Saadiy esa Myunxen olimpiadasining oltin medali (1972) va jahon chempioni unvoni (1974) bilann taqdirlandi.O’zbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Oksana Chusovitina , R. Galiyeva katta shuhrat qozondilar.
Dostları ilə paylaş: |