16.5. Xalqaro olimpiya qo’mitasi va milliy olimpiya qo’mitalari, xalqaro sport tadkilotlarining faoliyatida marketing xususiyatlari
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi Olimpiya o’yinlarini o’tkazish jarayonlarida, xalqaro sport harakati bilan bog’liq bo’lgan barcha jarayonlarda faol ishtirok etadi. Bu o’rinda jahon chempionatlari, turnirlar, rasmiy uchrashuvlar musobaqalarda olimpiya g’oyalarini olg’a surish maqsadida turli reyutamalarni qo’llaydi.
Ayniqsa, Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan vaktda tashkilotchi davlatning tijorat, marketing faoliyatlariga ya’ni Olimpiya belgilari, nishonlari va boshqa mahsulotlarni tomoshabinlar, vakillar va musobaqa qatnashchilariga sotishga yo’l ochib beradi. O’z o’rnida bu faoliyatlar olimpiya g’oyalarini targ’ib qilib, olimpiya marketingini amalga oshiradi. Xalqaro Olimpiya qo’mitasi rahbariyati va Milliy Olimpiya qo’mitasi vakillari turli sport marketingi faoliyatlarini ishga solish, ulardan ma’lum darajada foyda olish imkoniyatlariga ega. Bu, asosan, Olimpiya Xartiyasi va Milliy rlimpiya qo’mitasi Nizomi asosida amalga oshiriladi. O’z navbatida, Xalqaro tadbirkorlik tashkilotlari qoidalariga ham rioya qilinadi. Xalqaro sport uyushmalari (federasiya), assosiasiyalari va boshqa sport tashkilotlari sportchilarni musobaqalarga tayyorlash, ularni sport buyumlari va jihozlari bilan ta’minlash, sportchilarning maoshi va ov-qatlanishi bilan bog’liq ko’pgina faoliyatlarni umumqoida darajasida sport marketingi va tijorat tashkilotlari faoliyatlari bilan aloqadorlik, shartnomalar (kontrakt), o’zaro kelishuvchanlik, mahsulotlarni (tovar) achmashtirish va boshqa ishlar orqali yo’lga soladi. Ular ham xalqaro huquqlar, savdo, tijorat, marketing qonunlari doirasida ish olib borish imkoniyatlari hamda huquqlariga ega.
Horijiy mamlakatlarning Milliy Olimpiya qo’mitalari (MOQ) o’z faoliyatlarida marketing ishlaridan keng foydalanish imkoniyatlariga ega. Ular o’zlariga berilgan huquq doirasida sport jamoalarini (komanda) tarkib toptirish, ularni moddiy-texnik, xo’jalik manbalari bilan ta’minlash, g’oliblarni rag’batlantirish, sport inshootlarini kengaytirish, zamonaviy sport asbob-uskunalarini xarid qilish va ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faoliyatlarni amalga oshirishda marketing ish usullaridan ham keng foydalanadilar.
O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash mamlakatimizda davlat, jamoat tashkilotlari hamda sport jamiyatlari, xomiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning bosqichlarida Milliy Olimpiya qo’mitasiga xo’jalik yuritish, o’zini-o’zi moliyalashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish kabi huquqlar berilgan.
Yaqin kelajakda Milliy Olimpiya qo’'mitasining tijorat, marketing va boshka sohalardagi faoliyatlari keng tarkib topishi hamda jahondagi marketing faoliyatlarini amalga oshirishda yangi yo’nalishlar vujudga keladi. Chunki O’zbekiston Prezidenti va hukumati tomonidan Respublikada Olimpiya harakatini rivojlantirish, yoshlarning sport mahoratini oshirish, ularning xalqaro sport musobaqalari va Olimpiya o’yinlarida munosib ravishda qatnashishlarini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu, o’z navbagida, Milliy Olimpiya qo’mitasining sport va olimpiya marketingini tarkib toptirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolatdir.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda shakllanib kelayotgan marketing faoliyati sport sohasiga ham ta’sir etmoqda. Savdo, tijorat, ishlab chikarish korxonalari, davlat kompaniyalari, korporasiyalari va boshqa rasmiy tashkilotlar respublikada sportning rivojlanishi, aholining salomatligini muhofaza qilish, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish yo’lida marketing yo’llaridan maqsadli va unumli foydalanmoqdalar. Bu jarayonlar sport marketingi va ular bilan bog’liq faoliyatlarni tarkib topgirish hamda rivojlantirishda xizmat qilishi tabiiydir.
Dostları ilə paylaş: |