6.2. Milliy Olimpiya qo’mitasining asosiy vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasining asosiy maqsadi:
havaskorlik sportini rivojtantirish hamda Olimpiya harakatini himoya qilish;
olimpiya o’yinlarida sportchilar ishtirokini ta’minlash;
sportni rivojlantirish, respublika va jahon sportchilari hamda olimpiya o’yinlari qatnashchilari orasida do’stlikni mustahkamlashga qaratilgan olimpiya g’oyalarini mustahkamlash.
Nizomda ifoda etilgan maqsaddarni amalga oshirishda Milliy Olimpiya qo’mitasi quyidagi vazifalarni uz oldiga qo’yadi:
Olimpiya qoidalari va Nizomning bajarilishini ta’minlash;
Bosh Assambleya qarorini amalga oshirish;
Milliy Olimpiya qo’mitasi Assambleyasi kun tartibini tayyorlash;
moliyaviy harajatlarni ta’minlash va javobgarlik;
yillik hisobot tuzish;
- idora ishlari, arxiv saqlash mas’uliyati va hokazolar.
O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi Ijroiya qo’mitasi qoshida 10 dan ortiq turli komissiyalar ish olib boradi. Ular, asosan, olimpiya harakati bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy, tayyorgarlik, ilmiy-nazariy yordam, targ’ibot, xalqaro aloqalar va boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi Prezidenti, uning yordamchisi, Ijroqo’m a’zolari Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlari, uyushmalari, assosiasiyalari bilan bevosita hamkorlikda ish olib boradi. Xalqaro Olimpiya harakati, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi va ular bilan bog’liq masalalar bo’yicha respublikadagi mas’ul idoralarga murojaat etadi va o’z vazifalarini amalga oshiradi.
6.3. Olimpiya klublari. Olimpiya akademiyasi.
Ularning vazifalari
6.3.1. Olimpiya klublari va ularning vazifalari
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi Xartiyasi va O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasining Nizomida qayd etilishicha, ilg’or tajribaga va shart-sharoitlarga ega bo’lgan oliy o’quv yurtlari, viloyat markazlari hamda yirik sanoat shaharlarida Olimpiya klublari tashkil etilishi mumkin. Bu tashabbus 1985-1987 yillarda S. Ayniy nomidagi Samarkand davlat pedagogika instituta (hozirgi SamDU) jismoniy tarbiya fakulьteti jamoasi tomonidan amalga oshirildi va keyinchalik shu asoslar Olimpiya Akademiyasi tashkil etish haqidagi g’oya paydo bo’ldi.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi ta’sis etilgach /1992/, barcha viloyatlarning sport qo’mitalari qoshida Olimpiya klublarini tashkil etish an’anaga aylandi. Ularning boshqaruv faoliyati klub raisi /prezident/ hay’at a’zolari va kengash tomonidan olib boriladi.
Olimpiya klublarining asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:
O’z hududlarida jismoniy tarbiya va sportni keng targ’ib qilish;
sport turlarini rivojlantirishga hissa qo’shish;
o’quvchi-yoshlar va aholi o’rtasida Olimpiya g’oyalarini targ’ib qilish;
sport musobaqalarini o’tkazishda ko’maklashish;
ilg’or tajribalarni ommalashtirish;
mutaxassis xodimlar bilan hamkorlik qilish;
respublika sport taraqkiyoti va sportchilarning erishgan g’alabalarini matbuot va uslubiy qo’llanmalarda keng yoritish;
- Xalqaro Olimpiya qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasining amaliy faoliyatlarini chuqur o’rganish, ko’yilgan vazifalarni amalga oshirishda ko’maklashish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |