XVI. SPORT TASHKILOTLARIDA MARKETING ISHLARINI TASHKIL QILISH
16.1. Marketing tizimi, uning asosiy tushunchalari
Sportdagi marketing faoliyati Rossiya va Evropadagi mustaqillikka erishgan sobiq Ittifoq Respublikalarining jismoniy tarbiya institutlarida mustaqil o’quv jarayoni hisoblanadi. Moskvadagi Markaziy jismoniy tarbiya instituti o’quv rejasida «Jismoniy tarbiya va sport iktisodiyoti hamda boshqarish» alohida fan sifatida sportdagi menejment va marketingni o’z ichiga oladi, Bu sohada mutaxassis olim M.E.Kutepovning «Marketing v zarubejnom sporte» (1993) nomli o’quv qo’llanmasi muhim ahamiyatga egadir. Buni ta’kidlashdan maqsad shuki, Uzbekistonda sport faoliyatiga marketing chuqur singib etganicha yo’q va shu sababdan maxsus o’quv va uslubiy qo’llanmalar ham (sport sohasida) tayyorlangan emas. Ana shularni e’tiborga olgan hrlda M.E. Kutepovning o’quv qo’llanmasini asos qilib olishga to’g’ri keladi.
Marketing faoliyati ikki qismga, ya’ni klassik va hozirgi davrga ajratiladi.
Klassik davr, horijda yana uni cheklangan (ogronichennыy) deb ham yuritiladi. Bunda quyidagicha ifoda mazmun topgan:
- Marketing mollar (tovar) va xizmatlarni ishlab chikaruvchidan talabgorga (xaridor) etkazishni boshqaruvchi tadbirkorlik faoliyati.
- Marketing ijtimoiy jarayon sifatida talablarni qondirishda tovar va xizmat faoliyatlarini prognozlash, ularni kengaytirish, o’tkazish (sotish) masalalarini hal qiladi.
Marketing faoliyatini horijdagi mutaxassislar quyidagi tizimlarga ajratadi:
Marketing -almashtirish yo’li bilan extiyoj va talablarni qondiruvchi inson faoliyatining bir turi (F.Kotler);
Marketing - bu tijorat (biznes) sohasidagi jarayon yoki harakatning yo’nalishidir (G. Dj. Bolt);
Marketing - bu talabgorlarga (xaridor) tovarlarni taklif etuvchi san’atdir, ya’ni bahoni to’g’ri qo’yish, ularni o’tkazish yo’llari va reklamalarni tanlab olish xizmatidir;
Marketing-mollar va xizmat faoliyatini ayrim shaxs yoki tashkilotlarga almashtirish yo’li bilan fikrlar, rejalash, g’oyalarni oldinga siljitish va ularni amalga oshiruvchi jarayondir. Amerika marketing assosiasiyasi.
Bozor iktisodiyotida jismoniy tarbiya va sport sohasida marketingning asosiy xususiyati uch yo’nalishning birlashuvidan iborat. Ingliz iktisodchisi Bradfordning shemasiga ko’ra quyidagicha:
Marketing faoliyati shu tarzda har xil ifodalansada uning mazmuni, maqsadi va vazifalari asosan ishlab chiqariladigan tovarlarni turli yo’llar, ya’ni reklama, afisha, ko’rgazma yo’llari bilan xaridorlarga takdim etish va ularga utkazishdan (sotish) iboratdir, deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |