Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Jismoniy tarbiya va sport harakatnga marketingning kirib kelishi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə80/91
tarix17.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#131821
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91
JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNI BOSHQARISH

16.3. Jismoniy tarbiya va sport harakatnga marketingning kirib kelishi
Mavjud adabiyotlarni tahlil qilish yo’li bilan sport marketingining vujudga kelishi va uning taraqqiyoti quyidagicha bayon etiladi. Ya’ni XIX asrning ikkinchi yarimida Evropada sport turlari bo’yicha xalqaro sport musobakalarining tashkil etilishi, sport federasiyalarining ta’sis qilinishi, aynisa, 1 Olimpiya o’yinlarining o’tkazilishi (1896) va boshqa turli faoliyatlar sport buyumla­ri, asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, ularnp sotish, ko’rikka qo’yish (ko’rgazma), musobaqa tomoshabinlariga turli-tuman buyumlar, oziq-ovqat, ichimlik va xizmat faoliyatlari yuzaga kelgan. Shu tariqa sport marketingi jahonga tarqalgan. Keyinchalik buni sport marketingi sifatida tan olib, uni takomillashtirish yo’llari kengaytirilgan.
Bunday faoliyatlarni amalga oshirishda mutaxassislarning ba’zi bir fikr-mulohazalarini bilish zarur bo’dadi, ya’ni:
Xalqaro amaliyotda marketing faoliyatini tashkil qilishning ikki asosiy modeli mavjud - amerikacha va fransuzcha.
1. Amerikacha modelь – notijorat tashkilotlarga ko’p jihatdan shaxsiy, korporativ va davlat moliyaviy mablag’larini yo’naltirishdan iborat. Bu variantda marketing ob’ekti – homiylar, fond va davlat organlari hisoblanadi.
Amerikalik mutaxassislarning fikricha, «Sport mar­ketinga» atamasi «sportdagi homiylikdir».
2. Fransuzcha model – madaniyat sohasidagi marketing amerikacha modelga qarama-qarshi bo’lib, asosiy e’tibor homiylarni javob qilishga emas, balki tomoshabinlar talabini qondirishga qaratilgan.
Fransuz sport marketologlari E.Ledo va D. Merlarning tasdiqlashicha, marketing-ishlab chiqaruvchi tashkilotning xaridorga (potrebitelь) o’z mahsulotlarini etkazib berishi demakdir.
Aslida sport marketologi V.Froyyor sport marketingiga «Tadbirkorlikdagi uslub, g’oya va falsafa, shuningdek, bir qarorga kelishdir», - deb ta’rif beradi.
Ma’lum bo’ldiki, marketing o’z mazmuni, shakli va faoliyati bilan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, talab­gorlik, ehtiyoj va boshqa sohalar bilan birgalikda vu­judga kelgan hamda tabiiy ravishda taraqqiy etadigan bozor munosabatlarining muhim bir turidir.
O’zbekiston sharoitida sport buyumlari va jihozlari-ni ishlab chiqarish ma’lum darajada yo’lga quyilgan. Ular katta bozor, ayniqsa, xalqaro miqyosga chiqqan emas. Chunki ularni sotuvga chiqarish, reklama qilish, talabgorlarni topish, rejalashtirish kabi faoliyatlarda tajriba ortgirishni davr taqozo etmoqda. Qolaversa, horijdan tijorat yo’li bilan keltirilayotgan sport buyumlari, jihozlar aholining, ayniqsa, o’quvchi-yoshlar, sportchilarning ularga bo’lgan talab hamda ehtiyojlarini oshir-moqda.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin