15.5. Sport menejmentida moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy asoslar. Sportchilarning iqtisodiy-ijtimoiy himoyalanishi
Jismoniy tarbiya va sport xalq xo’jaligida mustaqil tarmoq sifatida mavjuddir va ma’lum darajada davlat hamda jamoat tashkilotlariga moddiy-ma’naviy mahsulot beradi. Bularni quyidagi faoliyatlarda ko’rish mumkin.
Ishlab chikarish korxonalarida mehnat unumdorli-gini oshirish, ishchi va xizmatchilarning salomatligini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish.
Sport inshootlari, sport markazlarida sog’lomlashtirish guruhlari, pullik musobaqalar (chipta bilan kirish), ijaraga berish va hokazolar orqali moddiy-texnik ta’minotlar.
Xalqaro sport musobaqalari, Olimpiya o’yinlari va boshqa yirik tadbirlarni o’tkazish bilan ommaviy axborot vositalari, teleradio tarmoqlari orqali moddiy mablag’larning kirimi.
4. Etakchi va iqtidorli sportchilar, murabbiylar, ilmiy xodimlarning horijiy mamlakatlar bilan shartnomalar (kontrakt) tuzish yo’li bilan keladigan daromadlar va hokazolar.
Bundan ma’lumki, xalqaro sport tashkilotilari va menejerlarning ba’zi bir amaliy tajribalari mamlaka timizga kirib kelmoqda va ular ma’lum darajada o’z foydalari bilan e’tiborga olinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, Milliy Olimpiya qo’mitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar, idoralarning rasmiy qarorlari hamda Nizomlari asosida sportdagi menejmentlik faoliyatlariga rasmiy huquqlar berilgan, ya’ni jamoalar (komanda), rahbarlar va sportchilarning horijiy mamlakatlarga chikishi, ular bilan shartnomalar tuzishi va boshqa faoliyatlar qonunlashti-rilgan.
O’zbekistonda etuk sportchilar, ularning murabbiylarini, ayniqsa, jahon va Olimpiya o’yinlari g’oliblarini takdirlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya qilish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Masalan, XXVII Olimpiyao’yinlari, o’zbek kurashi bo’icha xalqaro turnirlar, jahon chempionatlari sovrindoryaari engil avtomashinalar, AQSH dollarlari bilan takdirlanadi.
Xulosa kilganda, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi menejmentlik faoliyatlari asta-sekin shakllanmoqda. Ular buyuk kelajak hayotimizda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.