Jismoniy shaxslar uchun milliy valyutadagi
“Imkon-12” muddatli bank omonati
SHARTNOMASI
20 __ yil «___» __________ № ________ shahri
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining ______________________________________
filiali (keyingi o„rinlarda – Bank) boshqaruvchisi _____________________________________ Nizom
va Ishonchnoma asosida faoliyat yuritib, bir tomondan, va ________________________
______________________________________________ (keyingi o„rinlarda – Omonatchi),
ikkinchi tomondan, mazkur Shartnomani quyidagilar to„g„risida tuzdik.
1-§. Shartnoma predmeti
1. Bank Omonatchining __________________ (_____________________________) so„m
pul mablag„ini qabul qildi va uni 20606000...................................... omonat hisobvarag„iga
omonat shartlariga muvofiq joylashtirdi.
2. Omonatchiga ___ seriyali __________-sonli Omonat daftarchasi ochildi va unda
yuqorida ko„rsatilgan hisobvaraqqa kirim qilingan mablag„ summasi va boshqa tegishli
ma‟lumotlar o„rnatilgan tartibda aks ettirildi.
2-§. Omonat shartlari va hisob-kitoblar tartibi
3. Omonat muddati 12 (o„n ikki) oy, ya‟ni omonatga pul qo„yilgan sana 20__ yil “__”
__________, omonatni qaytarish sanasi 20__ yil “__” __________ .
4. Omonatga yilda 365 kun hisobidan yillik 16 (o„n olti) foiz daromad hisoblanadi.
Ushbu Shartnoma bo„yicha jalb qilingan omonatning foiz stavkasi uning muddati
tugagunga qadar o„zgarmaydi.
5. Omonat bo„yicha qo„shimcha badallar qabul qilinmaydi.
6. Omonat bo„yicha foiz omonat Bankka qabul qilingan kunning keyingi sanasidan boshlab
omonat Omonatchiga qaytariladigan kungacha hisoblanadi.
Omonatchining omonat hisobvarag„i xatlanganligi oqibatida Bank omonatdagi pul
mablag„idan foydalana olmagan davr uchun foiz hisoblanmaydi.
7. Omonat bo„yicha foiz Omonatchining xohishiga ko„ra: ________________________
_____________________________________________________________________________
(tegishlisini ko‘rsating: har oyda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng kapitalizatsiyasiz)
to„lab beriladi.
Omonat muddati tugagandan so„ng omonat omonatchiga qaytariladi.
Agar omonatni qaytarish dam olish yoki bayram kuniga to„g„ri kelsa, omonat keyingi bank
ish kunida qaytarib beriladi.
8. Omonatchi omonatni muddati tugamasdan qaytarishni talab qilish niyatida bo„lsa, u bu
haqda Bankni omonatni olishni mo„ljallagan sanadan kamida bir oy oldin ogohlantiradi.
Omonatchining talabiga ko„ra Bank omonatni qaytarib beradi. Bunday holda ushbu
Shartnomaning amal qilishi to„xtatiladi, hisoblangan foizlar bekor qilinadi va to„lanmaydi.
Omonat muddati davomida to„langan foizlar bo„lgan bo„lsa, ular omonat summasidan ushlab
qolinadi.
9. Omonatchi omonat muddati tugagandan keyin omonatni qaytarib olmasa, mazkur
Shartnoma talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat shartlari asosida uzaytirilgan hisoblanadi,
keyingi amaliyot kunida uning uchun talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag„i
ochiladi. Omonat va u bo„yicha hisoblangan foizlar, ushbu kundan boshlab, Omonatchining talab
qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag„idagi shaxsiy hisobvaraqqa o„tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |