Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Yaponiya soliqlari
38

 
Davlat soliqlari 
Mahalliy soliqlar 
To„g„ri soliqlar 
Egri soliqlar 
Prefektura 
Munitsipal 
Korporatsiyalar 
foydasiga soliq 
Istemol solig‗i 
Prefekturada yashash uchun 
soliq soliq 
Yashash uchun 
soliq soliq 
Jismoniy shaxslar 
daromadlariga soliq 
Gerb
yig‗imlari 
Ommaviy tamosha 
tadbirlari o‗tkazish uchun 
soliq 
Shaharlarni 
obodonlashtirish 
uchun soliq 
Meros va xadya 
solig‗i 
Ko‗chmas mulk solig‗i 
Mol -mulk solig‗i 
Yer solig‗i 
Avtotransport vositalari 
uchun soliq 
Yer egaligi uchun 
soliq 
Ko‗chmas mulk 
solig‗i 
Tabiiy resurslardan 
foydalanganlik uchun soliq 
38
Seminar on Tax Adminstration 8-22 fevruary 2010. Tokyo. JICA. 23 p. 


339 
Mamlakat byudjeti va prefekturalar byudjetlarining daromad qismi 
faqat soliqlargagina asoslanmaydi. Qator boshqa mamlakatlarga qara-
ganda Yaponiya nosoliq tushumlarining xissasi ancha yuqoridir. 
Binobarin, soliqlar davlat byudjetiga 83,8 foizni va nosoliq mablag‗lar 
16,2 foizni tashkil etadi, mahalliy boshqaruv idoralari nosoliq 
tushumlarining chorak qismiga ega 25,3% bunga ijara haqi yer 
uchastkalarini va boshqa munitsipial ko‗chmas mulkni sotish, 
pensiyalar, jarimalar, obligatsiyalarni sotish, lotareyalardan keladigan 
daromadlar, qarzlar va boshqalar kiradi. Daromadlarning xuddi shu 
moddalariga avvalgi yil qoldig‗i kiritiladi. AQSh va Yevropaning soliq 
tizimi kabi Yaponiyaniki soliqlarning ko‗pligi bilan xarakterlanadi. 
Ularni hududiy boshqaruvning har bir idorasi undirish huquqiga ega. 
Biroq mamlakatning barcha soliqlari qonuniy hujjatlarda qayd 
qilingan. Daromad solig‗ining har bir turi qonun bilan to‗g‗rilanadi. 
Mahalliy soliqlar haqidagi qonun ularning turlari va meyoriy 
stavkalarini belgilaydi qolganlarni mahalliy parlament belgilaydi. 
Mamalakatda jami 25 ta davlat va 30 ta mahalliy soliq bor. Ularni 3 ta 
asosiy guruh bo‗yicha tasniflash mumkin. 
Birinchi – bu huquqiy shaxslardan bo‗lgani kabi, jismoniy 
shaxslardan ham undiriladigan to‗g‗ri daromad soliqlari. Ikkinchi – 
mulk to‗g‗ri soliqlari. Uchinchi to‗g‗ri va bilvosita iste‘mol soliqlari. 
Byudjet asosini to‗g‗ri soliqlar tashkil etib, huquqiy va jismoniy 
shaxslar daromad solig‗i davlatga eng yuqori daromad keltiradi. U 
butun soliq tushumlarining 56,4 foiziga teng. Daromad solig‗ining 
kelib chiqishi Birlashgan Qirollik 1799 yildan kiritildi. O‗sha davrdan 
beri, daromad solig‗i ko‗p davlatlarning soliq tizimiga kiritilgan edi va 
uning o‗zagidir. Shunday qilib daromad solig‗i «eng yaxshi» deb 
ataladi. Yaponiyada 1887 yildan boshlab amal qila boshladi. 
Yaponiyada daromadlarni deklaratsiyalash tartibi. 
Mentaliteti 
jihatidan bizga yaqin bo‗lgan va Osiyoning eng rivojlangan mamlakati 
hisoblangan 
Yaponiyada 
jismoniy 
shaxslar 
daromadlarini 
deklaratsiyalash tartibi o‗ziga xos xususiyatga ega. O‗ziga xosligi 
shundaki, Yaponiyada umumdeklaratsiyalash tizimi amal qilmaydi, 
ya‘ni barcha soliq solinadigan daromadga ega jismoniy shaxslar yil 
yakuni bo‗yicha deklaratsiya topshirmaydilar. 2010 yil uchun amaldagi 
tartibga muvofiq ikki va undan ortiq manbadan daromad oluvchi va 
yillik daromad miqdori 20,0 mln iyendan yuqori bo‗lgan jismoniy 


340 
shaxslar daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiyani topshiradilar
39

Yaponiyada daromadlarini deklaratsiyalashning yana bir xususiyati o‗z 
vaqtida vijdonan to‗liq hisob-kitoblar bilan deklaratsiyalarini taqdim 
etgan shaxslarga, o‗z vaqtida taqdim etganligi uchun turli xil imtiyozlar 
beriladi. Bu ―ko‗k‖ deklaratsiyalar berish tartibi deyiladi va bu soliq 
to‗lovchilarni ―ko‗k‖ deklaratsiyali shaxslar deb ataladi.
―Ko‗k‖ deklaratsiya topshirish istagida bo‗lgan shaxslar joriy 
yilning 15 fevralidan boshlab 15 mart kunigacha soliq organiga ularga 
―ko‗k‖ deklaratsiya berishga ruxsat etishni so‗rab murojaat qilishlari 
kerak. Bu ruxsatnomani olgandan keyin ular belgilangan tartibda 
hisobot yuritish majburiyatini oladilar. Bu holda ular oddiy hisobotlarni 
ham yuritishlari mumkin, jumladan naqd tushum va xarajatlar, kredit 
sotuvlari, kredit xaridlari, xarajatlar hisobi va doimiy aktivlar uchun 
xarajatlar. 
―Ko‗k‖ deklaratsiyali soliq to‗lovchilar uchun ko‗plab imtiyozlar 
mavjud, ulardan asosiylari quyidagilar: 
1) Oila a‗zolari uchun mukofotlarga (oila biznesida) chegirma. 
Ishchilar orasida oila a‗zolari bor shaxslar sof foydadan 
belgilangan miqdorda mukofotlar ajratishlari mumkin. Bunday holda 
ular bu mukofot summasini soliq idoralariga ma‗lum qilishi kerak va 
mukofotlar shu summa doirasida zaruriy xarajatlar sifatida chegiriladi. 
―Oq‖ deklaratsiyali soliq to‗lovchilar uchun esa oila a‗zolariga 
chegirmalarning belgilangan summalari mavjud (turmush o‗rtog‗i 
uchun 860.000 iyen, qolgan qarindoshlar uchun 500.000 iyen). 
2) ―Ko‗k‖ deklaratsiyali soliq to‗lovchilar uchun maxsus chegirma. 
To‗liq qoida bo‗yicha hisobot yurituvchi soliq to‗lovchilarga 
550.000 iyen miqdoridagi summaga chegirma ajratishga ruxsat etiladi, 
oddiy qoida bo‗yicha – 450.000 iyen, qolganlari uchun esa – 100.000 
iyen miqdorida chegirma beriladi. 
Yillik daromadlarni deklaratsiyalashda umumiy daromad summa-
sidan quyidagi 15 turdagi chegirmalar ajratilib, soliqqa tortiladigan 
daromadning umumiy summasi hisoblanadi. 
1) Ko‗rilgan turli xil zararlar uchun chegirma. 
Shaxs yoki u bilan birga yashaydigan qarindoshlarining yong‗in, 
o‗g‗irlik yoki boshqa shaxs tomonidan egallab olish oqibatida ko‗rilgan 
zararlar summasi chegiriladi. 
39
Seminar on Tax Adminstration 8-22 fevruary 2010. Tokyo. JICA. 23 p. 


341 
2) Tibbiy xarajatlarga chegirma. 
Agar shaxs o‗zi uchun yoki u bilan birga yashaydigan 
qarindoshlari uchun tibbiy xarajatlarni to‗lasa, belgilangan summa 
2.000.000 iyen miqdorida chegiriladi. 
3) Ijtimoiy sug‗urta uchun badallarga chegirma. 
Agar shaxs o‗zi uchun yoki u bilan birga yashovchi qarindoshlari 
uchun nafaqa jamg‗armasiga va milliy tibbiy sug‗urtalashga badallar 
to‗laydigan bo‗lsa, ushbu badallar summasi chegirib tashlanadi. 
4) Kichik korxonalar uchun o‗zaro yordam fondiga chegirma. 
Kichik korxonalarga o‗zaro yordam fondlari to‗g‗risidagi qonunga 
muvofiq o‗zaro yordam to‗g‗risida shartnomalar mavjud va belgilan-
gan sharoitlarda bu fondlarga ajratilgan summalarga chegirma beriladi. 
5) Hayotni sug‗urta qilish badallari bo‗yicha chegirma. 
Belgilangan 
shartnomaga 
muvofiq 
o‗z 
hayotini 
yoki 
qarindoshlarining hayotini sug‗urta qilish uchun sug‗urta badallarini 
kiritganda, 50.000 iyendan ko‗p bo‗lmagan miqdorda chegirma 
beriladi. 
6) Mulkni sug‗urta qilish badallari bo‗yicha chegirma. 
O‗z mulkini yong‗indan sug‗urta qilish yoki zararlarni qoplash 
uchun sug‗urta qilish uchun sug‗urta badallarini ajratganda, 15.000 
iyendan ko‗p bo‗lmagan miqdorda chegirma beriladi. 
7) Hayriya badallari uchun chegirma beriladi. 
8) Nogironlar uchun beriladigan chegirma. 
Agar soliq to‗lovchining o‗zi, uning turmush o‗rtog‗i yoki uning 
qaramog‗ida bo‗lgan shaxslar nogiron bo‗lsa, har bir nogiron uchun 
270.000 iyen (o‗ta og‗ir nogironlar uchun 400.000 iyen) miqdorida 
chegirma beriladi. 
9) Keksalik chegirmasi. 
Agarda soliq to‗lovchi 60 yoshdan oshgan bo‗lsa va umumiy 
daromadi 10 million iyendan ortmaydigan bo‗lsa, 500.000 iyen 
chegirma beriladi. 
10) Bevalar uchun chegirma. 
Agarda soliq to‗lovchi ajrashgan bo‗lsa yoki turmush o‗rtog‗i vafot 
etgan bo‗lsa va unga keksalik chegirmasi berilmagan bo‗lsa, 270.000 
iyen chegiriladi. Agarda beva bolalar tarbiyasi bilan mashg‗ul bo‗lsa, 
qo‗shimcha yana 80.000 iyen chegirma beriladi. 
11) Ishlovchi talabalar uchun chegirma. 


342 
Agarda soliq to‗lovchi ishlayotgan talaba bo‗lsa, belgilangan 
shartlar bilan (masalan umumiy daromad hajmi 650.000 iyendan 
oshmasligi kerak) 270.000 iyen chegirma beriladi. 
12) Turmush o‗rtog‗i (soliq to‗lovchining qaramog‗ida bo‗lgan 
shaxslar) uchun chegirma.
Agar daromad turiga qaramasdan, birga yashayotgan turmush 
o‗rtog‗ining umumiy daromadi hajmi 380.000 iyendan ortmaydigan 
bo‗lsa (oila biznesidan tashqari), 380.000 iyen chegirma beriladi.
Agarda turmush o‗rtog‗i 70 yoshdan oshgan bo‗lsa, 480.000 iyen 
chegirma beriladi. Belgilangan guruhdagi nogironlar uchun – 730.000 
iyen, agar u 70 yoshdan oshgan bo‗lsa – 830.000 iyen chegirma 
beriladi. 
13) Soliq to‗lovchining qaramog‗ida bo‗lgan turmush o‗rtog‗i 
uchun maxsus chegirma. 
Agar soliq to‗lovchining qaramog‗ida turmush o‗rtog‗i bo‗lsa, 
380.000 iyen miqdorida summa chegiriladi, lekin quyidagi shartlar 
bajarilishi kerak: 

soliq to‗lovchining umumiy daromadi miqdori 10 million 
iyendan ortmasligi; 

ular oila biznesi bilan shug‗ullanmasligi va boshqa 
shaxslarning qaramog‗i ostida bo‗lmasligi kerak. 
14) Soliq to‗lovchining qaramog‗ida bo‗lgan shaxslar uchun 
chegirma. 
Agar daromad hajmi 380.000 iyendan ortmaydigan (oila 
biznesidan tashqari) qarindoshlar soliq to‗lovchi bilan birga istiqomat 
qiladigan bo‗lsa, quyidagi summalar ajratiladi: 

har bir farzand yoki qarindosh uchun – 380.000 iyen; 

har bir 16 yoshdan 23 yoshgacha bo‗lgan farzand yoki 
qarindoshlar uchun – 630.000 iyen; 

birgalikda yashayotgan ota-onalar yoki turmush o‗rtog‗ining 
ota-onalari uchun – har biri uchun 580.000 iyen; 

boshqalar uchun, ular birgalikda yashashi yoki nogiron 
ekanliklariga qarab – qo‗shimcha belgilangan summani ajratish 
mumkin. 
15) Asosiy chegirma. 
Asosiy chegirma sifatida har bir soliq to‗lovchi jismoniy shaxsga 
380.000 iyen chegirma beriladi.Soliq stavkalari soliqqa tortiladigan 


343 
daromad miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va 6 ta bosqichda soliq 
undiriladi. Jismoniy shaxslar daromad solig‗i stavkalari quyidagicha: 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin