4
iqtisodiyotning ma‘lum tarmoqlari uchun qo‗llash amaliyotiga o‗tishni
taklif etaman».
1
Ma‘lumki, jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlar byudjet
daromadlari tizimida katta ulush egallamaydi, ammo, soliq tizimida
munosib ahamiyatga egadir. Jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlarni
nazariy jihatdan tadqiq etish va ushbu soliqlarni soliq-byudjet
tizimidagi rolini oshirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan aholining
soliqlar xususidagi fikrlarini ijobiy tarzda bo‗lishini ta‘minlaydi.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, jismoniy shaxslardan
undiriladigan soliqlar va ulardan beriladigan imtiyozlarni talaba-
o‗quvchilarga to‗laroq yetkazish, ushbu yo‗nalish bo‗yicha istiqbolli
dasturlarni ishlab chiqish, oliy o‗quv yurtlari ta‘lim yo‗nalishlari uchun
darsliklar va o‗quv qo‗llanmalar tayyorlash, ilg‗or pedagogik
texnologiyalarni ta‘lim tizimida tadbiq etishni amalga oshirish
hukumatimiz diqqat e‘tiborida bo‗lgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Shu boisdan ham ushbu darslik jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlarni
o‗rganishga bag‗ishlangan bo‗lib, u oliy ta‘lim muassasalari 5230800 -
―Soliqlar va soliqqa tortish‖ bakalavriat yo‗nalishlarida tahsil
olayotgan talabalar uchun mo‗ljallangan.
Darslik O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat soliq xizmati
to‗g‗risida‖gi qonuni, Soliq kodeksi, O‗zbekiston Respublikasi Prezi-
denti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda boshqa soliq
qonunchiligiga oid me‘yoriy hujjatlar asosida tayyorlandi.
Ushbu darslikda jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlar o‗nta bobga
bo‗lib o‗rganilgan bo‗lib, har bir bob qo‗yilgan savollar orqali batafsil
yoritib berilgan.
Birinchi bobda ―Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish‖ fani soliq
nazariyasi fanining tarkibiy qismi sifatida tutgan o‗rni hamda uning
maxsus, ya‘ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan asosda o‗rganila-
digan bo‗limi ekanligi, ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti
sharoitida jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fanining tutgan o‗rni
batafsil yoritib berilgan.
Darslikning ikkinchi bobida jismoniy shaxslar tomonidan to‗lana-
digan umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda boshqa majburiy to‗lov-
lar, soliqlarning guruhlarga ajratilishi, jismoniy shaxslardan undiri-
1
Dostları ilə paylaş: