Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
1.3. “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining mutaxassis 
kadrlarni tayyorlashdagi roli 
Soliqlarning paydo bo‗lishi davlatning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq 
bo‗lganligi uchun hamda hozirgi O‗zbekistonda ijtimoiy himoyalangan 
bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uni tashkilotchisi ekanligidan 
jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fani davlatning o‗ta zarur bo‗lgan 
xilma - xil vazifalari bilan chambarchas bog‗liq va ularga asoslanadi. 
Davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish uni 
taqsimlashning qonun-qoidalarini ishlab chiqadi. Bu taqsimlashdagi 
munosabat bozor iqtisodiyoti sharoitida pul orqali amalga oshirilgan-
ligidan davlat uni taqsimlashni ham pul munosabatlari orqali, ya‘ni 


11 
soliq, pul va kredit orqali amalga oshiradi. Davlatning bunday 
faoliyatini o‗rganish jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fanining diqqat 
- markazida turadi. 
Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa qo-
nunlar orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti – erkin iqtisodiyot, 
pulli munosabatlar iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul munosabatlarini 
ifoda etganligi uchun bozor iqtisodiyoti tarkibiga kiradi, uning ajralmas 
qismidir. Bozor iqtisodiyoti qonunlari – jismoniy shaxslarni soliqqa 
tortish fanining asosini tashkil etadi. U qonunlarni chuqur anglamasdan 
turib jismoniy shaxslarni soliqqa tortish mexanizmini tushunib 
bo‗lmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti qonunlarini o‗rganib chiqib, davlat yalpi ichki 
mahsulot qiymatini soliqlar orqali taqsimlash vazifasini o‗z zimmasiga 
oladi. Shunday ekan, davlat to‗g‗risidagi ta‘limot – davlatning 
iqtisodiyotni boshqarishda bosh rol o‗ynashi jismoniy shaxslarni 
soliqqa tortish fanining asosi bo‗lib xizmat qiladi. Davlat bozor 
iqtisodiyotini 
boshqarishda 
yetakchilik, 
boshqaruvchilik 
rolini 
o‗ynaydi. Davlat soliqlarni iqtisodiy mohiyati va vazifalarini o‗rganib 
chiqib, uni amaliyotga tatbiq qilishni o‗z zimmasiga oladi. 
Soliq xizmati xodimlari o‗zlariga qonuniy hujjatlarda yuklangan 
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun faqat amaliy jihatdan 
soliqlarni bilibgina qolmasdan, soliqlarning mohiyati, belgilari, 
ularning obyektiv zarurligiga, davlatning soliq siyosati, soliqlar tizimi, 
soliqqa tortish tizimi, soliq idoralari tizimi va boshqalar kabi nazariy 
masalalarni chuqur bilishlari zarur. Buning uchun esa jismoniy 
shaxslarni soliqqa tortish fanini chuqur o‗rganish kerak. Shuni nazarda 
tutish zarurki, Leonardo da Vinchi aytganidek: ―Nazariya qo‗mondon, 
amaliyot askarlardirˮ nazariya amaliyotni to‗g‗ri yo‗lga boshlovchi 
kompasdir. Har qanday vazifalarni kadrlar hal qiladi. Shuning uchun, 
ular chuqur nazariy bilimga va kasb mahoratiga ega bo‗lishlari zarur. 
Fanning mazmunini chuqur egallagan har qanday mutaxassis 
jismoniy shaxslarni soliqqa tortish jarayonini o‗rganishda va ularni 
hayotga to‗g‗ri hamda to‗liq tatbiq etishda adashmaydi. Shunday ekan 
bu fan davlat soliq xizmati xodimlari, soliq sohasi vakillari, ilmiy 
xodimlar uchun o‗zlarining ilmiy salohiyatlarini oshirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


12 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin