Mirziyoyev Sh.M.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. T: ―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 55-bet.
5
ladigan bevosita va bilvosita soliqlarning tarkibi hamda ularning
byudjet daromadlaridagi ahamiyati yoritilgan.
Darslikning uchinchi bobida jismoniy shaxslar daromadlarining
tarkibi, jismoniy shaxslarning mehnat haqi va unga tenglashtirilgan
shaklda oladigan daromadlari, moddiy naf tarzidagi daromadlar,
mulkiy daromadlar – fuqarolarga mulk huquqida tegishli bo‗lgan mol-
mulkdan foydalanish natijasida olingan daromadlar ekanligi, mulkiy
daromadlarning tarkibiy tuzilishi o‗rganib chiqilgan.
Yillik daromad haqidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy
shaxslar toifasi, deklaratsiya taqdim etuvchi chet el fuqarolari, yillik
umumiy daromad tarkibiga kiritiluvchi daromadlar, soliqqa tortiluvchi
daromaddan chegirmalar va jismoniy shaxslar daromadlariga
solinadigan soliq bo‗yicha imtiyozlar darslikning to‗rtinchi bobida
keltirilgan bo‗lib, unda jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya
usulida soliqqa tortishning mohiyati va zarurligi o‗rganib chiqilgan.
Darslikning beshinchi bobida tadbirkorlik tushunchasi, tadbirkorlik
faoliyatining mulkiy asosi, tadbirkorlik va uning turlari, tadbirkorlik
faoliyatining subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlik, jismoniy
shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi
tadbirkorlik faoliyati, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
va majburiyatlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‗yxatidan
o‗tkazish tartibi va xususiyatlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini
davlat ro‗yxatidan o‗tkazishda talab qilinadigan hujjatlar, yakka
tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishga belgilangan
muddatlar va uni rad etish tartibi yoritilgan.
Darslikning oltinchi bobida jismoniy shaxslardan undiriladigan
mol-mulk solig‗ining to‗lovchilari, jismoniy shaxslardan olinadigan
mol-mulk solig‗ining obyekti va soliq solinadigan bazasi, mol-
mulkning kadastr qiymati, jismoniy shaxslar mol-mulkining tarkibi,
mol-mulk solig‗i bo‗yicha imtiyozga ega jismoniy shaxslar tarkibi,
mol-mulk solig‗ining to‗lov xabarnomalariga asosan to‗lash muddatlari
o‗rganilgan.
Darslikning yettinchi bobida jismoniy shaxslardan undiriladigan
yer solig‗ini to‗lovchi jismoniy shaxslar, yer solig‗ining obyektlari,
jismoniy shaxslarning egaligidagi yerlar va soliq solinadigan obyektlar
tarkibi, yer solig‗i bo‗yicha imtiyozga ega jismoniy shaxslar, yer
solig‗ining to‗lov xabarnomalariga asosan to‗lash muddatlari
o‗rganilgan.
6
Sakkizinchi bobda tadbirkorlik faoliyatning ayrim turlarini amalga
oshiruvchilar tomonidan qat‘iy belgilangan soliqni undirish xususiyat-
lari, jismoniy shaxslar tomonidan davlat bojini to‗lash tartibi, yuridik
shaxslarni tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklarini soliqqa
tortish xususiyatlari, konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanuvchi
jismoniy shaxslarga soliq solish tartibi batafsil o‗rganilgan.
Darslikning to‗qqizinchi bobi ―Jismoniy shaxslar tomonidan soliq
majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilish‖ deb nomlanib, unda
jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarilishini nazorat
qilishni tashkil etish, uchastka soliq inspektori tushunchasi hamda
uning ishini tashkil qilishning huquqiy va me‘yoriy asoslari, uchastka
soliq inspektorining asosiy vazifalari, uchastka soliq inspektorining
huquq va majburiyatlari, uchastka soliq inspektori ishini tashkil etish,
jismoniy shaxslar to‗laydigan soliqlar summasini hisoblab chiqarish,
to‗lash va qaytarish tartibi, jismoniy shaxslarning davlat byudjeti
oldidagi qarzlari, soliq qarzlarini majburiy undirish tartibi, soliq
qonunchiligini buzgan jismoniy shaxslarga qo‗llaniladigan choralar,
jismoniy shaxslarni soliq to‗lashga doir muddatlarini belgilash, davlat
soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslarning soliqqa oid
ma‘lumotlarning maxfiyligini ta‘minlash kabi masalalar o‗rganilgan.
Darslikning o‗ninchi bobi ―Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning
xorijiy mamlakatlar amaliyoti‖ deb nomlanib, unda zamonaviy soliqqa
tortish tizimining shakllari va usullari, jahon soliq modellari,
rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda jismoniy shaxslarni
soliqqa tortish tizimining tamoyillari va xususiyatlari o‗rganib
chiqilgan.
Darslik yakunida jismoniy shaxslarni soliqqa tortishga oid barcha
masalalarni o‗z ichiga qamrab olgan test savollari, atamalar sharhi
hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati keltirilgan. Test savollari
talabalarni o‗zlarining ustida yanada ko‗proq ishlashlariga, fanni
chuqurroq o‗rganishga yordam beradi, degan umiddamiz.
Ushbu darslik kamchiliklardan holi emas. Ular keyingi nashrlarda
albatta e‘tiborga olinadi.
|