105
Yanvar oyi uchun majburiy sug‗urta badallari 148 000 so‗mni (1
850 000 x 8%) tashkil etadi.
Xodim qo‗liga 1 479 520 so‗m (1 850 000 - 222 480 -148 000) ish
haqi oladi.
II. IMTIYOZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA
5-VAZIYAT
Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib
tashlanadigan imtiyoz qo‗llanilgan holda JSHDS hisob-kitobi.
Xodimning yanvar oyidagi mehnatiga 1 850 000 so‗m haq
to‗langan
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu
imtiyozga ega bo‗lgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan
ikki va undan ortiq bolalari bo‗lgan yolg‗iz onalar) jami daromadidan
har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.
Soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz:
1 850 000 -172 240 x 4 = 1 161 040 so‗m.
16,5%lik stavka bo‗yicha soliq solinadigan daromad summasini
hisoblaymiz va yanvar oyi uchun soliqni hisoblab yozamiz:
51 672 + (1 161 040 - 861 200) x 16,5% = 101 145,6 so‗m.
SHJBPHga majburiy badallar 19 776 so‗mni ((1 161 040-172 240)
x 2%) tashkil etadi.
Byudjetga 81 369,6 so‗m (101 145,6 - 19 776) JShDS o‗tkaziladi.
Majburiy sug‗urta badallari 148 000 so‗mni (1 850 000 x 8%)
tashkil etadi.
Xodim qo‗liga 1 600 854,4 so‗m (1 850 000- 101 145,6- 148 000)
ish haqi oladi.
Dostları ilə paylaş: