Jismoniy shaxslar


  5.2 -jadval  Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat‟iy



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 


203 
5.2 -jadval 
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat‟iy
belgilangan soliq stavkalari
19
 
 
T/r 
Faoliyat turi 
Qat‘iy belgilangan soliqning bir oydagi 
stavkasi (so‗mda) 
Toshkent 
sh. 
Nukus sh. va 
viloyat 
bo‗ysunu-
vidagi 
shaharlar 
boshqa 
shaharlar 
boshqa 
aholi 
punkt-lari 

Chakana savdo: 
oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari 
bilan 
1 000 000 750 000 400 000 300 000 
dehqon bozorlarida qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlari bilan* 
400 000 
200 000 100 000 50 000 
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 
500 000 
250 000 200 000 50 000 

Maishiy xizmatlar 
350 000 
200 000 100 000 50 000 

O‗z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, shu 
jumladan, milliy shirinliklar va non-bulka 
mahsulotlarini tayyorlash va sotish, 
shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining qarori bilan 
maxsus ajratilgan joylarda o‗tirish joylari 
tashkil qilmasdan donalab sotiladigan 
ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va 
sotish 
300 000 
200 000 100 000 50 000 

Bolalar o‗yin avtomatlari 
300 00 
200 000 100 000 50 000 

Boshqa faoliyat turlari 
300 000 
200 000 100 000 50 000 

Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari: 
3 tonnagacha yuk ko‗tarish quvvatiga ega yuk 
avtomobillari uchun 
200 000 
3 tonnadan ortiq yuk ko‗tarish quvvatiga ega 
yuk avtomobillari uchun 
300 000 
*) Uy xo„jaligida, shu jumladan, dehqon xo„jaligida parvarishlangan tirik 
hayvonlarni (chorva mollari, parrandalar, mo„ynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va 
boshqalar) hamda ularni so„yib, xom yoki qayta ishlangan ko„rinishdagi mahsulotlarni, 
sanoatda qayta ishlashdan tashqari, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik 
mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan ko„rinishda (manzarali bog„dorchilik 
(gulchilik) mahsulotlaridan tashqari) sotish bundan mustasno. 
Soliq to‗lovchi tegishli sotilgan mahsulot mahalliy davlat hoki-
miyati organi, fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organi, bog‗dor-
19
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi ―O‗zbekiston 
Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va davlat 
byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‗ljallari to‗g‗risida»gi PQ-
4086-son qaroridan olindi. 


204 
chilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan 
berilgan, soliq to‗lovchi tomonidan unga yoxud uning oila a‘zolariga 
ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan 
shakldagi hujjatni taqdim etganda soliq solishdan ozod qilinadi. 
1. Jismoniy shaxs: 
a) bir nechta faoliyat turi bilan shug‗ullansa, har bir faoliyat turi 
uchun alohida-alohida soliq to‗laydi; 
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda 
amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga 
beruvchi to‗g‗risida ma‘lumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak; 
v) davlat ro‗yxatidan o‗tkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirsa, soliqni ro‗yxatdan o‗tkazilgan joyda va faoliyatni 
haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng 
yuqori stavka bo‗yicha ro‗yxatdan o‗tkazilgan joyda to‗laydi. 
g) I yoki II guruh nogironi bo‗lsa, faoliyat turi va uni amalga 
oshirish joyidan qat‘i nazar, qat‘iy belgilangan soliqni oyiga eng kam 
ish haqining 50 foiz stavkasi bo‗yicha to‗laydi. 
2. Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan 
daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i 
solinadi.
Soliq to‗lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat‘i 
nazar, qat‘iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq 
to‗lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan 
stavkalar bo‗yicha to‗lanadi.
Faoliyatning bir necha turi bilan shug‗ullanuvchi soliq to‗lovchilar 
qat‘iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur 
turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‗yicha alohida-
alohida to‗laydilar. Qat‘iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq 
bo‗yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Qat‘iy belgilangan soliq tadbirkorlik 
faoliyati amalga oshirilgan oyning 10-kunidan kechiktirmay har oyda, 
soliq to‗lovchi davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan joy uchun belgilangan 
stavkalar bo‗yicha to‗lanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun 
qat‘iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan joy 
uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat‘iy belgilangan soliq eng 
yuqori stavka bo‗yicha to‗lanadi. Yangi ro‗yxatdan o‗tgan yakka 
tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qat‘iy 
belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‗laydi. Kasb-
hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‗n ikki oy 


205 
ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tgan 
taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tgan 
sanadan e‘tiboran qat‘iy belgilangan soliqni to‗lashdan olti oy 
muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat 
ro‗yxatidan o‗tilgan paytdan boshlab o‗n ikki oy ichida faoliyat 
tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‗p oyga to‗xtatilgan taqdirda, 
qat‘iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun 
to‗lanadi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xususiy 
tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‗ullanishi mumkin 
bo‗lgan faoliyat turlari ro‗yxatini tasdiqlash to‗g‗risida» 2011 yil 7 
yanvardagi 6-son qaroriga o‗zgartirish kiritish to‗g‗risidagi 2018 yil 22 
oktyabrdagi 850-sonli qaroriga asosan xususiy tadbirkorlar yuridik 
shaxs tashkil etmasdan shug‗ullanishi mumkin bo‗lgan faoliyat turlari 
ro‗yxatini keltirilgan. Jismoniy shaxslar 2019 yil 1 martdan boshlab 
Qaror bilan tasdiqlangan ro‗yxatga kiritilmagan faoliyat turlarini 
amalga oshirishi mumkin emas. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari 
huzuridagi 
tadbirkorlik 
subyektlarini 
ro‗yxatidan 
o‗tkazish 
inspeksiyalari va davlat soliq xizmati organlari faoliyat turlari bo‗yicha 
xususiy tadbirkorlarga ruxsatnomalar rasmiylashtirish va ularni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazishda tasdiqlangan ro‗yxatga qat‘iy amal qilinadi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin