Jismoniy shaxslar


Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbir-



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbir-
korlar uchun qat‟iy belgilangan soliqni qo„llash tartibi. 
Savdo 
faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad-
larni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida daromadlar-
ning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini 
yuritishlari shart. 
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari 
quyidagilardir: 
- chakana savdo faoliyati bilan shug‗ullanuvchi yakka tartibdagi 
tadbirkorning daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish 
daftari; 
- Tovar cheklari daftari. 
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining 
shakli O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari 
yakka tartibdagi tadbirkorni soliq bo‗yicha hisobga olish joyidagi 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning 
arizasi asosida ro‗yxatdan o‗tkaziladi. 
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari 
oxirgi yozuv kiritilgan paytdan e‘tiboran besh yil mobaynida yakka 
tartibdagi tadbirkorda saqlanadi va ular raqamlangan, ip o‗tkazib 
bog‗langan hamda tegishli davlat soliq xizmati organining muhri bilan 
tasdiqlangan bo‗lishi kerak. 
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati to‗g‗risidagi hisobotlar soliq 
bo‗yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga: 


198 
- savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 
tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun mo‗ljallangan tovarlar olib 
kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, - yilning har bir 
choragi yakunlari bo‗yicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-
kunidan kechiktirmay;
- tijorat faoliyati uchun mo‗ljallangan tovarlarni olib kiradigan 
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - har oyning yakunlari 
bo‗yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay 
taqdim etiladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin