196
- Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilganlar.
5.2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat‟iy belgilangan soliqni
qo„llashning o„ziga xos xususiyatlari
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliya-
tini amalga oshirish doirasida qat‘iy belgilangan soliq to‗lash bilan bir
qatorda quyidagilarni to‗laydilar:
1) bojxona to‗lovlari;
2) yer qa‘ridan foydalanuvchilar
uchun soliqlar va maxsus
to‗lovlar;
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - suv resurslaridan
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;
4) aktsiz solig‗i - aktsiz to‗lanadigan mahsulot ishlab chiqaril-
ganda;
5) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallari;
6) davlat boji;
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki)
vaqtinchalik olib
kirganlik uchun Respublika yo‗l jamg‗armasiga yig‗im.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka
va (yoki) yer uchastkasiga ega bo‗lsalar, Soliq kodeksning 48, 50-
boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer
solig‗ini to‗lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkor o‗z faoliyatini muayyan muddatga
to‗xtatsa, u o‗z faoliyatini to‗xtatguniga qadar
tadbirkorlik subyektini
ro‗yxatdan o‗tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‗xtatish
to‗g‗risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat ro‗yxatidan o‗tganlik
to‗g‗risidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan
holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi
tadbirkor soliq bo‗yicha hisobga olish joyidagi
davlat soliq xizmati
organiga har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan
hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda topshiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to‗xtatilganligi
yoki qayta tiklanganligi to‗g‗risidagi arizani olgan tadbirkorlik
subyektini davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni
amalga oshiruvchi organ
kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq bo‗yicha hisobga olish joyidagi
197
davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati
vaqtincha to‗xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‗g‗risida
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda
axborot taqdim etadi.
Tadbirkorlik subyektini davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni amalga
oshiruvchi organning yakka tartibdagi
tadbirkorning faoliyati
vaqtinchalik to‗xtatilganligi to‗g‗risida taqdim qilingan va davlat soliq
xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor
o‗z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat‘iy belgilangan
soliqni hisoblashni to‗xtatib turish uchun asos bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: