Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
 
 


188 
 
 
 
V BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN 
SHUG„ULLANUVCHI JISMONIY SHAXSLARNI
SOLIQQA TORTISH 
==================================================
 
 
5.1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanuvchi jismoniy 
shaxslarni soliqqa tortishning huquqiy asoslari. Qat‟iy belgilangan 
soliqning joriy etilishi va soliq to„lovchilar tarkibi 
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. 
Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish 
maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni 
tashkil etish bo‗yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va 
maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlar 
faoliyatining huquqiy asoslari O‗zbekiston Respublikasining 2000 yil 
25-mayda qabul qilingan ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to‗g‗risida‖gi qonuni va hamda boshqa qonunosti me‘yoriy 
hujjatlari asosida tartibga solinadi. Bu qonun fuqarolarning tadbirkorlik 
faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatli 
sharoitlar yaratish, ularning ishchanlik faolligini oshirish, shuningdek, 
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaat-
larini himoya qilishni ko‗zda tutadi. Ushbu qonunda tadbirkorlikka 
quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Tadbirkorlik-mulkchilik subyektlarining 
foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida 
amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat 
ko‗rsatishdir‖. 
Тadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik)
 
- tadbirkorlik faoliyati sub-
yektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, 
o‗zi tavakkal qilib va o‗z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) 
olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. 
Тadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) - 
belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. 


189 
Kichik tadbirkorlik subyektlari – yakka tartibdagi tadbirkorlar, 
oilaviy korxonalar, mikrofirma va kichik korxonalardir. 
Oilaviy tadbirkorlik - oila a‘zolari tomonidan tavakkal qilib va o‗z 
mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga 
oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. 
Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil 
etmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy 
tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir. Yuridik 
shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin