Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
 
5.1-rasm.
 
Qat‟iy belgilangan soliqning davlat byudjeti 
daromadlaridagi salmog„i dinamikasi
17
 
Soliq kodeksining 370-moddasiga muvofiq bir kalendar yilda 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 
belgilangan miqdordan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar 
qat‘iy belgilangan soliqni to‗lovchilar hisoblanadi.
Bir kalendar yil davomida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan 
yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdor 
oshgan oyning keyingi oyidan boshlab yagona soliq to‗lovini to‗lashga 
o‗tadi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida 
faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, oilaviy tadbirkorlik subyekti 
nomidan ish ko‗radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‗yxatdan 
o‗tgan oila a‘zosigina qat‘iy belgilangan soliqni to‗lovchi bo‗ladi.
Quyidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar qat‘iy belgilangan soliqni 
to‗lovchilar hisoblanmaydi:
- meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchilar;
17
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 
yillardagi ―O‗zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari 
prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida»gi qarorlari asosida tayyorlangan. 


196 
- Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilganlar. 
5.2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat‟iy belgilangan soliqni 
qo„llashning o„ziga xos xususiyatlari 
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliya-
tini amalga oshirish doirasida qat‘iy belgilangan soliq to‗lash bilan bir 
qatorda quyidagilarni to‗laydilar: 
1) bojxona to‗lovlari; 
2) yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus 
to‗lovlar; 
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - suv resurslaridan 
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda; 
4) aktsiz solig‗i - aktsiz to‗lanadigan mahsulot ishlab chiqaril-
ganda; 
5) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallari; 
6) davlat boji; 
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib 
kirganlik uchun Respublika yo‗l jamg‗armasiga yig‗im. 
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka 
va (yoki) yer uchastkasiga ega bo‗lsalar, Soliq kodeksning 48, 50-
boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer 
solig‗ini to‗lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi. 
Agar yakka tartibdagi tadbirkor o‗z faoliyatini muayyan muddatga 
to‗xtatsa, u o‗z faoliyatini to‗xtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini 
ro‗yxatdan o‗tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‗xtatish 
to‗g‗risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat ro‗yxatidan o‗tganlik 
to‗g‗risidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan 
holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi 
tadbirkor soliq bo‗yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati 
organiga har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan 
hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda topshiradi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to‗xtatilganligi 
yoki qayta tiklanganligi to‗g‗risidagi arizani olgan tadbirkorlik 
subyektini davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni amalga oshiruvchi organ 
kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq bo‗yicha hisobga olish joyidagi 


197 
davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati 
vaqtincha to‗xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‗g‗risida 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda 
axborot taqdim etadi.
Tadbirkorlik subyektini davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni amalga 
oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati 
vaqtinchalik to‗xtatilganligi to‗g‗risida taqdim qilingan va davlat soliq 
xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor 
o‗z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat‘iy belgilangan 
soliqni hisoblashni to‗xtatib turish uchun asos bo‗ladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin