187
● soliqqa oid huquqbuzarlik
uchun moliyaviy sanktsiyalar, ya‘ni
jarima va penyalar qo‗llanadi, bunda jarima faqat sud tartibida
qo‗llanishi mumkin;
● penya belgilangan to‗lash muddatidan keyin (ya‘ni 2
iyundan
boshlab) to‗lash kunigacha (to‗lash kuni ham kiradi) muddati
o‗tkazilgan har bir kun uchun qarz summasining 0,033%i
miqdorida
hisoblanadi. Biroq penya hisoblashda ba‘zi bir holatlar ham inobatga
olinadi: boshqa soliqlar bo‗yicha mavjud ortiqcha to‗lovga teng
bo‗lgan qarz summasiga penya hisoblanmaydi, penya miqdori esa soliq
bo‗yicha qarz summasining o‗zidan oshib ketishi mumkin emas.
Shuni
hisobga olish muhimki, hatto penyaning hisoblanishi va
to‗lanishi ham soliq to‗lovchini soliq to‗lash
majburiyatidan ozod
qilmaydi.
O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar
1.
Jismoniy
shaxslar
daromadlarini
soliqqa
tortishda
deklaratsiyalash uslubini joriy etishning ahamiyati nimada?
2.
O‗zbekistonda jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida
soliqqa tortiladigan daromadlari tarkibini tahlil eting.
3.
Daromadlarning deklaratsiyasi qanday hujjat?
4.
Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya
usulida soliqqa
tortishni zarurligi nimada?
5.
Yillik daromad haqidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi
jismoniy shaxslar toifasini ayting.
6.
Deklaratsiyani taqdim etish tartibi qanday?
7.
Chet ellik jismoniy shaxslarning
daromadlar deklaratsiyasini
taqdim etish tartibi qanday?
8.
Deklaratsiya asosida soliq to‗lovchi jismoniy shaxslar
faoliyatiga oid dasturiy mahsullarning mohiyati va ahamiyati nimada?
Dostları ilə paylaş: