“Muammoli vaziyat” jadvalini to„ldiring
Vaziyatdagi
muammolar turi
Muammoli vaziyatning
kelib chiqish sabablari
Vaziyatdan chiqib
ketish harakatlari
Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va
ko„rsatkichlari
(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)
Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun
baholash mezonlari va ko„rsatkichlari
Talabalar
ro„yxati
Asosiy muammo
ajratib olinib,
tadqiqot obyekti
aniqlangan
mak. 0,5 ball
Muammoli
vaziyatning kelib
chiqish sabablari
aniq ko„rsatilgan
mak. 0,5 ball
Vaziyatdan
chiqib ketish
harakatlari
aniq
ko„rsatilgan
mak. 0,8 ball
Jami
mak.
1,8 ball
182
Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash
mezonlari va ko„rsatkichlari
Guruhlar
ro„yxati
Guruh faol
mak. 0,5 ball
Ma‟lumotlar
ko„rgazmali
taqdim etildi
mak. 0,5 ball
Javoblar to„liq
va aniq berildi
mak. 0,8 ball
Jami
mak.
1,8
ball
1
2
3
1,8-1,5 ball – a‘lo, 1,4- 1,2 ball – yaxshi, 1,1- 1,0 ball – qoniqarli
KEYS-STADINI TUZGAN MUALLIFLAR TOMONIDAN
VAZIYATLARNING JAVOB VARIANTI
1-7 gacha bo‘lgan savollariga javoblar:
Soliq kodeksining 19-moddasiga ko‗ra, soliq solish maqsadida
O‗zbekistonda doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida
yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikda 12 oylik davr ichida jami
183 kun va undan ortiq muddat respublikamizda turgan jismoniy shaxs
O‗zbekiston rezidenti deb e‘tirof etiladi. Ushbu qoidada belgilangan
mezonlarga javob bermaydigan shaxs O‗zbekiston Respublikasining
norezidenti deb e‘tirof etiladi.
Norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga Soliq kodeksi
182-moddasining stavkalari bo‗yicha, ya‘ni mehnat shartnomalari
bo‗yicha olingan daromadlarga 20% stavka bo‗yicha soliq solinadi
(Soliq kodeksining 168-moddasi).
Soliq kodeksining 192-moddasiga ko‗ra chet ellik jismoniy shaxs –
O‗zbekiston Respublikasining rezidenti belgilangan tartibga muvofiq
soliq solinishi lozim bo‗lgan daromad keltirayotgan faoliyatini
kalendar yili ichida tugatgan va respublikamiz hududidan tashqariga
chiqib ketayotgan bo‗lsa, uning mamlakatimizda turgan vaqtda joriy
soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to‗g‗risidagi deklaratsiya
mazkur jismoniy shaxs O‗zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga
chiqib ketishidan 1 oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik
jismoniy shaxs – O‗zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning
1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotgan
183
bo‗lsa, joriy yil uchun daromadlar bo‗yicha deklaratsiya taqdim
etmaydi.
Savolingizdan kelib chiqib, agar xodimlaringiz (chet ellik shaxslar)
2014 yilda jami 183 kun va undan ortiq muddat O‗zbekistonda turgan
bo‗lsalar, haqiqatan ham ular O‗zbekiston rezidenti hisoblanadi. O‗z
navbatida, respublikamiz rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy
shaxslar belgilangan tartibda va muddatlarda daromadlari to‗g‗risida
deklaratsiya taqdim etadilar.
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‗zbekiston
Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:
– mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‗lov manbaida soliq
solinmagan bo‗lsa;
– fan, adabiyot va san‘at asarlarini yaratganlik hamda ulardan
foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
– asosiy bo‗lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi
daromadlar;
– ikki yoki undan ko‗p manbadan olingan soliq solinadigan
daromadlar;
– O‗zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan
olingan daromadlar;
– soliq agentlari bo‗lmagan manbalardan olingan daromadlar
(Soliq kodeksining 189-moddasi).
Agar soliq to‗lovchining asosiy bo‗lmagan ish joyidan olgan
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i uning
arizasiga ko‗ra belgilangan eng yuqori stavka qo‗llanilgan holda ushlab
qolingan bo‗lsa, daromadlar to‗g‗risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Soliq
kodeksining
192-moddasiga
asosan
O‗zbekiston
Respublikasi rezidenti bo‗lgan chet ellik jismoniy shaxs o‗tgan soliq
davri uchun daromadlar to‗g‗risida joriy yilning 1 apreligacha
deklaratsiya taqdim etishi kerak.
Agar soliq to‗lovchi daromadlar to‗g‗risidagi deklaratsiyani taqdim
etmagan bo‗lsa, davlat soliq xizmati organi o‗zidagi mavjud
ma‘lumotlar asosida soliq summasini eng yuqori stavka bo‗yicha
hisoblashga va to‗lanishi lozim bo‗lgan soliq summasi to‗g‗risida
bildirishnoma topshirishga haqlidir. Soliq to‗lovchi tomonidan jami
yillik daromadi to‗g‗risida deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda,
soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiya hisobga olingan holda
aniqlanadi.
184
Jismoniy shaxslar – O‗zbekiston Respublikasining rezidentlari
daromadlar to‗g‗risidagi deklaratsiyaning ma‘lumotlari asosida
hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini
o‗tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay
to‗laydilar.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslar – O‗zbekiston Respublikasining
rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig‗ini xorijiy davlatda
joylashgan bank hisobvarag‗idan chet el valyutasida to‗lashi mumkin.
Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan
soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i to‗langan sanada
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs
bo‗yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗ini to‗lash to‗lov
xabarnomasida ko‗rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak
(Soliq kodeksining 193-moddasi).
Shuni qayd etish lozimki, Soliq kodeksining 194-moddasiga
asosan O‗zbekiston Respublikasi hududida chet ellik jismoniy
shaxslarga O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari
hisobga olingan holda, Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‗ida bunday
bitimlarning shartlariga O‗zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga
oshiradigan soliq to‗lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik
jismoniy shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash
bo‗yicha xarajatlarini o‗z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq
haqidagi izohlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
Chet ellik jismoniy shaxsning – O‗zbekiston Respublikasi
rezidentining daromadlariga belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‗i solinadi.
Dostları ilə paylaş: |