Talaba amalga oshirishi kerak: -
jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibi va bazasini
aniqlaydi,daromadlar to‗g‗risida deklaratsiya taqdim etishni va soliq
stavkalarini qo‗llaydi; daromad solig‗ini hisob-kitobi va byudjetga
o‗tkaziladigan summasini aniqlaydi; hisoblangan soliq summasini
to‗g‗ri ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Talaba ega bo‘lmog‘i kerak: -
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqqa doir me‘yoriy
ko‗nikmalarga; jismoniy shaxslarning jami daromadlarini hisoblash va
byudjetga undirish ko‗nikmalariga.
5. Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro„yxati :
-
O‗zbekiston
Respublikasi
Soliq
kodeksi,
―O‗zbekiston
Respublikasi soliq xizmati to‗g‗risida‖gi Qonun;
-
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi
asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va 2018 yil Davlat
byudjeti parametrlari to‗g‗risidagi PQ-3454-sonli qarori.
6. Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, syujetsiz toifasiga kiradi.
Vaziyat jismoniy shaxslarning jami daromadlarini dastlabki va yillik
deklaratsiya taqdim etish bo‗yicha soliq me‘yoriy hujjatlar asosida
hisoblash uslubiyati asosida tuzilgan. Hajmi o‗rtacha, tizimlashtirilgan
bo‗lib, treningga mo‗ljallangan o‗quv mavzu bo‗yicha bilim va
ko‗nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‗ra keys
muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va
baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan ―Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish‖ va ―Soliqlar
va soliqqa tortish‖ fanlari o‗quv mashg‗ulotlarida foydalanish mumkin.