186
hisobraqamga bank kassasiga naqd pul mablag‗larini kiritish yo‗li bilan
to‗lash mumkin. O‗zbekiston rezidenti bo‗lgan jismoniy shaxslar
soliqni boshqa davlatda joylashgan
bank hisobraqamidan xorijiy
valyutada ham to‗lashlari mumkin. Ushbu holda milliy valyutadagi
JSHDS summasi to‗lash kunidagi MB kursi bo‗yicha
chet el
valyutasida qayta hisoblanadi.
Quyidagilar JSHDS to‗lash sanasi deb hisoblanadi:
● bankdagi hisobraqamdan yoki plastik kartochkada to‗lashda –
mablag‗lar bank yoki kartochka hisobraqamidan hisobdan chiqarilgan
kun;
● naqd pul mablag‗lari kiritilganda – mablag‗lar
bank kassasiga
kiritilgan sana.
ORTIQCHA TO„LOVNI QAYTARISH MUMKINMI?
Deklaratsiya ma‘lumotlari bo‗yicha JSHDS ning umumiy summasi
hisob-kitob qilinganda haqiqatda to‗langan soliq summasi hisoblab
yozilganidan ko‗p bo‗lib chiqadigan
vaziyat vujudga kelishi mumkin,
ya‘ni soliq bo‗yicha ortiqcha to‗lov hosil bo‗ladi. Biroq sizda boshqa
soliqlar (mol-mulk yoki yer solig‗i) bo‗yicha yoki biror-bir soliqqa oid
jarimalar va penyalar bo‗yicha qarz mavjud bo‗lsa, ortiqcha to‗langan
soliq summasi birinchi navbatda bunday qarzni to‗lashga sarflanadi.
Shuningdek siz ortiqcha to‗langan summani JSHDS bo‗yicha ham,
boshqa soliqlar bo‗yicha ham bo‗lg‗usi to‗lovlar
hisobiga inobatga
olishingiz mumkin. Ortiqcha to‗langan soliq summasini qanday
tartibda hisobga olish Soliq kodeksining 56-moddasida belgilangan.
Soliqqa oid mavjud barcha qarzlar so‗ndirilgan,
hisobga
o‗tkazishlar amalga oshirilgandan keyin ortiqcha to‗langan soliqning
qolgan summasi qaytarilishi kerak. Soliq kodeksining 57-moddasiga
ko‗ra, qolgan summa sizning bankdagi hisobvarag‗ingizga pul
mablag‗larini o‗tkazish orqaligina qaytarilishi mumkin.
Qaytarish
yozma arizangiz asosida, qaytarish to‗g‗risidagi
ariza topshirilgan
sanadan e‘tiboran 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Biroq ortiqcha
to‗langan soliq summasi hisobga olinishi yoki qaytarilishini soliq davri
tugagandan keyin faqat 5 yil mobaynida talab qila olishingizni
unutmang.
Dostları ilə paylaş: