Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
5.4. Qat‟iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkorlar 
tomonidan hisoblab chiqarish va to„lash tartibi 
Soliq to‗lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat‘i 
nazar, qat‘iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq 
to‗lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan 
stavkalar bo‗yicha to‗lanadi.
Faoliyatning bir necha turi bilan shug‗ullanuvchi soliq to‗lovchilar 
qat‘iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur 
turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‗yicha alohida-
alohida to‗laydilar. 
Qat‘iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq bo‗yicha 
hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
2019 yildan qat‘iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga 
oshirilgan oyning 10 kunidan kechiktirmay har oyda, soliq to‗lovchi 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar 
bo‗yicha to‗lanadi. Masalan, jismoniy shaxslar daromadidan qat‗iy 
belgilangan soliq: 
2019 yil yanvar oyi uchun 2019 yilning 10 yanvarga qadar; 
2019 yil fevral oyi uchun 2019 yilning 10 fevralga qadar belgilab 
qo‗yilgan. 
Qat‗iy belgilangan soliq yuridik shaxsni tashkil etmagan tadbirkor 
tomonidan davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan joyda, agar O‗zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan 
bo‗lsa, to‗lanadi.


202 
Qat‘iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq bo‗yicha 
hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Qat‘iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan 
oyning 10-kunidan kechiktirmay har oyda, soliq to‗lovchi davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar bo‗yicha 
to‗lanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat‘iy belgilangan 
soliq stavkalari davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan joy uchun belgilangan 
stavkalardan farq qilsa, qat‘iy belgilangan soliq eng yuqori stavka 
bo‗yicha to‗lanadi. 
Yangi ro‗yxatdan o‗tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan 
oilaviy tadbirkorlik subyekti qat‘iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi 
tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan oydan keyingi oydan 
boshlab to‗laydi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin 
o‗n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan 
o‗tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan 
o‗tgan sanadan e‘tiboran qat‘iy belgilangan soliqni to‗lashdan olti oy 
muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat 
ro‗yxatidan o‗tilgan paytdan boshlab o‗n ikki oy ichida faoliyat 
tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‗p oyga to‗xtatilgan taqdirda, 
qat‘iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun 
to‗lanadi. 
Soliq to‗lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat‘i 
nazar, qat‘iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq 
to‗lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan 
stavkalar bo‗yicha to‗lanadi. Misol uchun, oyning boshida emas, balki 
ikkinchi yarmida boshlasa ham to‗liq oy uchun to‗lanadi. 2019 yilning 
1 yanvardan yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslar to‗laydigan qat‘iy belgilangan 
soliq stavkasi quyidagicha: 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin