216
oktabridan
quyidagi huquqiy me‘yorlar, tartiblar va imtiyozlar
belgilandi:
- tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat
boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari,
tijorat banklari bilan o‗zaro munosabatlarida
tadbirkorlar huquqlari
ustuvorligi prinsipiga amal qilinadi, ya‘ni, unga muvofiq, me‘yoriy-
huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‗lmaydigan barcha ziddiyatlar va
noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi;
- 2011 yil 1 sentabrdan kichik biznes subyektlaridan tijorat
banklarida milliy valyutada hisobraqami ochganlik uchun to‗lov
undirishni
bekor qilindi;
- xo‗jalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid
qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan
foydalangan holda to‗lovlarni amalga oshirishda to‗lov terminallari
cheklarini
birlamchi buxgalterlik
hujjatlariga tenglashtirildi;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassa-
salariga
eng kam ish haqining yigirma barobari
miqdorigacha bo‗l-
gan naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqi berildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10
maydagi
«O‗zbekiston Respublikasida 2012-2016 yillarda xizmat ko‗rsatish
sohasini rivojlantirish dasturi to‗g‗risida»gi PQ-1754-sonli qaroriga
asosan 2012 yilning 2-choragidan boshlab, qishloq joylardagi
mahallalar hududida maishiy xizmat ko‗rsatish bilan shug‗ullanuvchi
yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal, mai-
shiy texnika ta‘mirlash bo‗yicha ustalar va boshqalar) 3
yil muddatga
hamda qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi asosida barpo
etilayotgan massivlarda kirxona xizmatlarini amalga oshiruvchi yakka
tartibdagi tadbirkorlar 5 yil muddatga qat‘iy belgilangan soliq
to‗lashdan ozod etish kabi imtiyozlar taqdim etilgan edi.
Bundan tashqari, O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 390-
moddasiga asosan konsert-tamosha faoliyati bilan shug‗ullanish huquqi
uchun davlat boji to‗lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi
bo‗yicha qat‘iy belgilangan soliq to‗lashdan ozod etilgan.
Shuningdek, Soliq kodeksining 311-moddasiga muvofiq yuridik
shaxs tashkil etmagan (yoki tashkil etgan)
holda tuzilgan dehqon
xo‗jaliklarining a‘zolari sug‗urta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga
eng kam ish haqining to‗rt yarim baravaridan kam bo‗lmagan miqdorda
to‗laydi. Belgilangan miqdordagi sug‗urta badallarining to‗lanishi
217
dehqon xo‗jaligi a‘zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil
deb hisobga olinadi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‗lgan, shuningdek I va
II guruh nogironlari bo‗lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda
yuridik shaxs tashkil etmagan (yoki tashkil etgan) holda tuzilgan
dehqon xo‗jaliklarining a‘zolari uchun sug‗urta badalining miqdori
uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
Soliq kodeksining 54-moddasiga o‗zgartirish kiritilib, 2015 yildan
yuridik shaxslar singari yakka tartibdagi
tadbirkorlarga ham soliq
tekshiruvlarda qo‗shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy
to‗lovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini 6 oy
mobaynida teng ulushlarda bo‗lib-bo‗lib to‗lashga huquq berildi.
―O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish
va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi O‗RQ-379-sonli qonuniga
asosan:
-
Soliq kodeksining 311-moddasiga o‗zgartirish kiritilib, yangi
ro‗yxatdan o‗tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil
etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi
faoliyatni amalga
oshiruvchi oila a‘zolari tomonidan sug‗urta badallarini to‗lash ular
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan oydan
keyingi oydan boshlab amalga oshirilishi;
- Soliq kodeksining 375-moddasi beshinchi va oltinchi qismlar
bilan to‗ldirilib, yangi ro‗yxatdan o‗tgan yakka tartibdagi tadbirkor,
shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qat‘iy belgilangan soliqni
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan oydan
keyingi oydan boshlab to‗lashlari belgilandi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni
tamomlagandan keyin
o‗n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan
o‗tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‗yxatidan
o‗tgan sanadan e‘tiboran
Dostları ilə paylaş: