229
uch yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan
to‗liq uzib qo‗yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish
to‗g‗risida energiya ta'minoti tashkilotlari tomonidan berilgan
ma'lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo‗ladi.
O‗n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar, pensionerlar, I va II
guruh nogironlari uchun mol-mulk solig‗idan nazarda tutilgan
imtiyozlar qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon
o‗lchami doirasida beriladi.
Soliq
kodeksining
275-moddasida
belgilangan
imtiyozlar
mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli
bo‗ladi. Mazkur imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik
faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka
tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga
nisbatan qo‗llanilmaydi.
Yuqorida keltirilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‗lgan
jismoniy shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni
mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Dostları ilə paylaş: