Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Dasturning 21-bandida
tijorat faoliyati uchun mo‗ljallangan 
tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini amalga 
oshirish tartibini soddalashtirish. Bunda, ularni Тashqi iqtisodiy 
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida hamda Davlat bojxona 
organlarida ro‗yxatdan o‗tkazish tartibini bekor qilish, ortiqcha va 
zamon talablarga javob bermaydigan hujjatlarni chiqarib tashlash 
orqali bojxona rasmiylashtiruvida ular tomonidan taqdim etiladigan 
hujjatlar sonini qisqartirishni nazarda tutish belgilandi.
 
Dasturning 27-bandida 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazish va 
tadbirkorlik subyektlarini ro‗yxatga olishning Internet tarmog‗ida 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilingan 
Davlat ro‗yxatidan o‗tkazish va tadbirkorlik subyektlarini ro‗yxatga 
olish avtomatlashtirilgan tizimi orqali kechayu-kunduz amalga oshirish 
tartibini o‗rnatish bo‗yicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish 
yuzasidan takliflar ishlab chiqish belgilandi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi 
―Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta‘minlashga, xususiy 
mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat 
jihatidan yaxshilashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 
PF-4848-sonli Farmoniga asosan quyidagilar belgilandi: 
2017 yilning 1 yanvaridan boshlab: 
- tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning 
barcha turlari bekor qilinadi, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, 
shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi 
holatlari bo‗yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat 
qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi 


221 
qaroriga muvofiq o‗tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan 
mustasno; 
- tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari 
doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi; 
- moliya-xo‗jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta 
huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning 
xodimlari yo‗l qo‗yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida 
belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va etkazilgan 
moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sog‗lig‗i va hayotiga 
zarar etkazilgan holatlar bundan mustasno, ma‘muriy va jinoiy 
javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) 
qo‗llanilishidan ozod etiladilar; 
- noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‗liq 
huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik 
aniqlangan kundan e‘tiboran bir oy muddatda etkazilgan zararning 
o‗rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyekti sifatida 
ro‗yxatdan o‗tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan 
taqdirda ma‘muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar; 
- tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo‗llanilmaydi; 
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan 
ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish 
vaqtida amalda bo‗lgan soliq va boshqa majburiy to‗lovlar stavkalarini 
(resurs va bojxona to‗lovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida 
qo‗llash huquqi beriladi; 
- tadbirkorlik subyektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini 
majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‗g‗risida ariza bergan 
taqdirda davlat boji to‗lashdan ozod etiladilar; 
- tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona 
xizmati organlarida hisobga qo‗yish borasidagi talab, valyuta nazorati 
organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron 
axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va 
monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Maxsus turdagi tovarlar eksporti va 
importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini ro‗yxatga 
olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‗tkazishni tartibga solish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida» 2017 yil 3 noyabrdagi PF-5215-sonli va 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 dekabrdagi 


222 
«Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini 
rag‗batlantirish va raqobatdoshligini ta‘minlash yuzasidan qo‗shimcha 
chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi PF-5286-sonli Farmonlarining 1-
ilovalarida hamda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 
noyabrdagi «Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va 
tadbirkorlik 
subyektlarini 
qo‗llab-quvvatlash 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida»gi PQ-3351-sonli Qarorida nazarda tutilgan tovarlarni 
eksport qilish bo‗yicha kontraktlar bundan mustasno qilinadi;
22
- eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to‗g‗risidagi 
sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan 
arizachiga bir ish kuni mobaynida beriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 martdagi 
―Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik 
faoliyatini olib borish uchun qo‗shimcha qulay sharoitlar yaratish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi 
PQ-2843-sonli Qaroriga asosan 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‗yxatdan 
o‗tgan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektrotexnika 
mahsulotlari (kabel-o‗tkazgich mahsulotlaridan tashqari), shuningdek, 
pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
yuridik shaxslar 2017 yilning 1 aprelidan 2022 yilning 1 yanvarigacha 
bo‗lgan davrda mulk solig‗i, yer solig‗i, obodonlashtirish va ijtimoiy 
infratuzilmani 
rivojlantirish 
solig‗i, 
shuningdek, 
O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‗l 
jamg‗armasiga majburiy ajratmalar to‗lashdan ozod etildi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin