7.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig„i stavkalari va
soliqdan imtiyozlar
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗i stavkalari O‗zbekiston
Respublikasi Prezident qarori bilan belgilanadi va soliq to‗lovchilarga
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasi hamda uning quyi organlari
tomonidan belgilan Yer solig‗i stavkalari 2019 yil uchun O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli
Qarorining 16-ilovasiga muvofiq tasdiqlanib, 2018 yilda amal qilgan
yer solig‗i stavkalari o‗rtacha 1,20 baravarga indeksatsiya qilindi.
Qarorning 16-ilovasi 7 va 8-jadvallarida keltirilgan stavkalarga yer
uchastkalari joylashgan joyidan kelib chiqib, quyidagi koyeffitsiyentlar
qo‗llaniladi: Toshkent shahri atrofida 20 km radiusda – 1,30;
239
Qoraqalpog‗iston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida
15 km radiusda – 1,20; tuman markazlari atrofida 10 km radiusda –
1,15 va boshqa shaharlar atrofida 5 km radiusda – 1,10. Yer solig‗ini
hisoblashda soliq stavkalari Toshkent shahrida 5 ta zona bo‗yicha
qo‗llaniadi.
7.1-jadval
Toshkent shahrida 2019 yil uchun jismoniy shaxslarga
yer solig„i stavkalari
26
Zona
Jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun taqdim etilgan
yer uchastkalari uchun yer solig„ining bazaviy stavkalari,
1 kv.m.ga so„mda
1.
902,5
2.
766,1
3.
629,6
4.
493,2
5.
356,8
Soliq stavkalarini indeksatsiya qilinishi natijasida byudjet
tushumlari salmog‗ida resurs soliqlari ulushining o‗sishi ta‘minlanib,
byudjetga qo‗shimcha mablag‗ tushishiga erishish mumkin.
Yer uchastkalarigacha bo‗lgan masofa avtomobil yo‗llari bo‗yicha
shaharlar va tuman markazlarining ma‘muriy chegaralaridan boshlab
belgilanadi. Agar yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan
bo‗lsa, shaharning yuqoriroq funksional vazifasiga muvofiq keladigan
koeffitsiyent qo‗llaniladi. Dehqon xo‗jaliklaridan undiriladigan yer
solig‗ini hisoblab chiqarish chog‗ida PQ-4086-sonli Qarorining 16-
ilovasi 8-jadvalida keltirilgan stavkalarga, yer sifatiga bog‗liq holda,
quyidagi koeffitsiyentlar qo‗llaniladi: tuproq boniteti 40 ballgacha
bo‗lsa - 0,75, 41 dan 70 ballgacha bo‗lsa - 1,0 va 70 balldan ortiq
bo‗lsa - 1,25.
O‗rmon xo‗jaliklarida mollarni o‗tlatish uchun foydalanilmaydigan
yaylov yerlar uchun yer solig‗i boshqa yerlar uchun stavkalar bo‗yicha
to‗lanadi. Shahar va qo‗rg‗onlarning ma‘muriy chegaralarida
joylashgan kon va karerlar band etgan yerlar uchun soliq PQ-4086-
sonli Qarorining 16-ilovasining 5 va 6-jadvallarida tegishli zonalar
uchun keltirilgan stavkalarga 0,1 koeffitsiyentini qo‗llagan holda
to‗lanadi.
26
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli
Qarorining 16-ilovasi.
240
Jamoaviy va shaxsiy garajlar band etgan yer uchastkalari uchun
jismoniy shaxslardan soliq yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yerlar
uchun tasdiqlangan stavkalar bo‗yicha undiriladi.
Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan yer uchastkalari
maydoni yer berish to‗g‗risida davlat hokimiyati organlarining qarori,
yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi uchun davlat
dalolatnomasi, yerni ijaraga olish shartnomasi, yer uchastkasiga
bo‗lgan huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish to‗g‗risidagi guvohnoma va
yer uchastkasiga bo‗lgan huquqni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarga
ko‗ra belgilanadi.
Yer uchastkasiga nisbatan mulk, egalik qilish yoki undan
foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‗lmasa, soliq
butun maydon uchun yuqorida ko‗rsatilgan oshirish koeffitsiyentlarini
qo‗llagan holda to‗lanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun
yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa
imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi
tadbirkorga ijaraga berilganda jismoniy shaxslardan yer solig‗i yuridik
shaxslardan olinadigan yer solig‗ini to‗lash uchun belgilangan
stavkalar bo‗yicha undiriladi hamda ularga Soliq kodeksining 290-
moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi, quyidagilar
bundan mustasno:
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda
joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab
chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatish) uchun foydalangan
taqdirda, yer solig‗i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka
bo‗yicha to‗lanadi. Yakka tartibda uy-joy qurish va uylarni
obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga
qishloq xo‗jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga
oshirilmagan taqdirda yer solig‗i qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda uch baravar miqdorda to‗lanadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗ini hisoblashda
belgilangan normativ doirasidagi yer uchastkalari uchun 5 va 6-
jadvallarda keltirilgan bazaviy stavkalari bo‗yicha, belgilangan
normativlardan yuqori yer uchastkalariga esa bazaviy stavkalarga 1,5
ko‗paytiruvchi koyeffitsiyent qo‗llaniladi.
Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗ini hisoblash
maqsadida yer uchastkalarining qo‗yidagi normativlari qo‗llaniladi:
241
-Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar bo‗ysunuvidagi
shaharlar bo‗yicha – 0,06 gektar;
-boshqa aholi punktlari bo‗yicha (dehqon xo‗jaliklaridan tashqari)
– 0,1 gektar
27
.
Yer solig‗i bo‗yicha imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‗lgan
jimoniy shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati
organlariga ushbu imtiyozlarga bo‗lgan huquqni tasdiqlovchi
hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi
PQ-3318-son Qarori bilan tasdiqlangan Fermer, dehqon xo‗jaliklari va
tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin
maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‗yicha chora-
tadbirlar Dasturining 3-bandiga muvofiq, yakka tartibda uy-joy qurish
va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining
tomorqa qismiga qishloq xo‗jaligi ekinlari ekilmagan yoki uni
obodonlashtirilmagan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
uch barobar miqdorda yer solig‗i to‗lanishi munosabati bilan Soliq
kodeksining 291-moddasiga qo‗shimcha kiritildi.
28
Soliq kodeksiga ko‗ra quyidagi jismoniy shaxslar yer solig‗idan
ozod qilinadilar:
―O‗zbekiston Qahramoni‖, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat
Qahramoni unvonlariga sazovor bo‗lgan, uchala darajadagi Shuhrat
ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz ―O‗zbekiston
Qahramoni‖ unvoni berilganligi to‗g‗risidagi guvohnoma, Sovet
Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden
daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‗limining ma‘lumotnomasi asosida
beriladi;
urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun
hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur
imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi
yoki mudofaa ishlari bo‗limining yoxud boshqa vakolatli organning
ma‘lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa
27
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli
Qarori.
28
O‗zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi ―Soliq va Byudjet siyosatining
2018 yilga mo‗ljallangan asosiy yo‗nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan
O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar
kiritish to‗g‗risida‖gi O‗RQ-454-sonli Qonuni.
242
nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‗lgan huquqi to‗g‗risidagi
guvohnoma asosida beriladi;
I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi
yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma‘lumotnomasi asosida
beriladi;
yolg‗iz pensionerlar. Yolg‗iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan
yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar
yolg‗iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya
guvohnomasi yoki O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi tuman (shahar)
bo‗limining ma‘lumotnomasi, shuningdek fuqarolarning o‗zini-o‗zi
boshqarish organlarining ma‘lumotnomasi asosida beriladi;
boquvchisini yo‗qotgan ko‗p bolali oilalar. Ota-onasidan biri
yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‗n olti yoshga to‗lmagan
beshta va undan ortiq bolalari bo‗lgan oilalar soliq solish maqsadida
boquvchisini yo‗qotgan ko‗p bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‗armasi
tuman
(shahar)
bo‗limining
ma‘lumotnomasi asosida beriladi;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok
etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha
yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar. Mazkur imtiyoz
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma‘lumotnomasi, nogironning
maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish
ishtirokchisining
guvohnomasi,
shuningdek
vakolatli
organlar
tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo‗ladigan boshqa
hujjatlar asosida beriladi.
Jismoniy shaxslarga yer solig‗i bo‗yicha majburiyatlar yer
uchastkalari ajratilgan vaqtdan boshlab (yer uchastkasi berilgan oydan
keyingi oydan boshlab) yuzaga kelishini nazarda tutuvchi tartibni
belgilash maqsadida Soliq kodeksining 290-moddasiga jismoniy
shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun taqdim etilgan yer
uchastkalari bo‗yicha yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan
e‘tiboran 2 yil muddatga beriladigan imtiyozni bekor qilish bilan
bog‗liq tegishli o‗zgartirishlar kiritildi.
29
29
O‗zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi ―Soliq va Byudjet siyosatining
2018 yilga mo‗ljallangan asosiy yo‗nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan
243
Yuqorida keltirib o‗tilgan imtiyozlar, bundan boquvchisini
yo‗qotgan ko‗p bolali oilalar mustasno, yakka tartibdagi uy-joy
qurilishi, dehqon xo‗jaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga
bo‗lgan huquqlarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni amalga oshiruvchi
organda ro‗yxatdan o‗tgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur
imtiyozlar soliq to‗lovchining tanlashi bo‗yicha faqat bitta yer
uchastkasiga berilishi mumkin.
Soliq kodeksining 282-moddasi ikkinchi qismining soliq
solinmaydigan yer uchastkalariga taalluqli qismida nazarda tutilgan
imtiyozlar yer solig‗i to‗lovchilar bo‗lgan jismoniy shaxslarga ham
tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: |