238
meros bo‗yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va
imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish
huquqi ham o‗tgan yer uchastkalari;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer
uchastkalari;
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga
yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Ko‗p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti
bo‗lmaydi
(tadbirkorlik
faoliyatini
yuritish
uchun
doimiy
foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari bundan mustasno).
Soliq kodeksining 289-moddasiga muvofiq ko‗chmas mulkka
bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni amalga oshiruvchi
organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma‘lumotlari soliq
solinadigan baza bo‗lib hisoblanadi.
Jamoa bog‗dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun
fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan
yer uchastkalarining maydonlari bo‗yicha soliq solinadigan baza ushbu
yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining
ma‘lumotlari bo‗yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari bo‗yicha
soliq solinadigan baza o‗z xodimlariga yer uchastkalari bergan
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma‘lumotlari bo‗yicha
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: