Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan yer uchastkalari
jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
1) bog‗dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining
umumiy foydalanishdagi (kirish yo‗llari, sug‗orish ariqlari, kollektorlar
va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;
2) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari, bundan xo‗jalik
faoliyati yuritilayotgan yerlar mustasno. Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarning yerlari jumlasiga davlat qo‗riqxonalarining, kompleks
(landshaft) buyurtma qo‗riqxonalarining, tabiat bog‗larining, davlat
tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‗riqxonalarining (ovchilik
xo‗jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo‗riqxonalari bundan
mustasno), tabiiy pitomniklarning yer uchastkalari kiradi;
3) sog‗lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo‗jalik faoliyati
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va
tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan,
profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy
shifobaxsh omillarga ega bo‗lgan yer uchastkalari;
4) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xo‗jalik faoliyati
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — aholining ommaviy dam
olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda
tashkilotlarga berilgan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xo‗jalik faoliyati
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va
tashkilotlarga
doimiy
foydalanishga
berilgan
tarixiy-madaniy
O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar
kiritish to‗g‗risida‖gi O‗RQ-454-sonli Qonuni.
244
qo‗riqxonalar, xotira bog‗lari, sag‗analar, arxeologiya yodgorliklari,
tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar;
6) suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari
(daryolar, ko‗llar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika
va boshqa suv xo‗jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv
xo‗jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda
berilgan suv havzalari hamda boshqa suv obyektlari sohillari bo‗ylab
ajratilgan mintaqa yerlari kiradi;
7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari
egallagan yerlar;
8) umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari,
tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni
bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari,
kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat
ko‗rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga
ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
9) madaniyat, ta‘lim va sog‗liqni saqlash obyektlari egallagan
yerlar;
10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‗llari egallagan yerlar;
11) umumiy foydalanishdagi temir yo‗llar, shu jumladan tuproq
ko‗tarmasi, sun‘iy inshootlar, liniya-yo‗l binolari, temir yo‗l aloqasi
hamda elektr ta‘minoti qurilmalari, inshootlar va yo‗l qurilmalaridan
iborat temir yo‗llar stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek
belgilangan tartibda temir yo‗l transporti korxonalari, muassasalari va
tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota
daraxtzorlari egallagan yerlar;
12) shahar elektr transporti yo‗llari va metropoliten liniyalari, shu
jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari
hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
13) sport va jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish majmualari, onalar
va bolalarning dam olish hamda sog‗lomlashtirish joylari, dam olish
uylari hamda o‗quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
14) aholi punktlarining suv ta‘minoti va kanalizatsiya inshootlari:
magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya
kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va
tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi
kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar
hamda shunga o‗xshash inshootlar egallagan yerlar;
245
15) magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor,
nasos stansiyalari, yong‗inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar,
truboprovodlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash
uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga
o‗xshash inshootlar egallagan yerlar;
16)
magistral
issiqlik
trassalari,
shu
jumladan
nasos
(ko‗paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari,
issiq suv ta‘minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish
asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‗xshash
inshootlar egallagan yerlar;
17) samolyotlarning uchish-qo‗nish maydonlari, yerda boshqarish
yo‗lkalari va to‗xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining
radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar;
18) O‗zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan
obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati
davrida;
19)
konservatsiyaga
qo‗yilishi
to‗g‗risida
O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan
obyektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;
20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda
postlari egallagan yerlar;
21) yuridik shaxs balansida bo‗lgan va xo‗jalik faoliyatida
foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga
molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
22) ixota o‗rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o‗rmon
daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o‗rmonlarning daryolar,
ko‗llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‗ylab o‗tgan
taqiqlangan mintaqalari; o‗rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar
uvildiriq
sochadigan
joylarni
muhofaza
qiluvchi
taqiqlangan
mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o‗rmonlar; o‗rmonlarning temir
yo‗llar va avtomobil yo‗llari yoqalab o‗tgan ihota mintaqalari; cho‗l va
chala cho‗l zonalaridagi o‗rmonlar; shahar o‗rmonlari va o‗rmon-
bog‗lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining
ko‗kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‗rmonlar; suv ta‘minoti
manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi
o‗rmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish
tegrasidagi o‗rmonlar; alohida qimmatga ega bo‗lgan o‗rmonlar; ilmiy
yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‗lgan o‗rmonlar;
246
23) qishloq xo‗jaligi maqsadlari uchun yangi o‗zlashtirilayotgan
yerlar, ularni o‗zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular
o‗zlashtirilgan vaqtdan e‘tiboran besh yil mobaynida;
24)
melioratsiya
ishlari
amalga
oshirilayotgan
mavjud
sug‗oriladigan yerlar, ishlar boshlanganidan e‘tiboran besh yil
muddatga;
25) yangi barpo etilayotgan bog‗lar, tokzorlar va tutzorlar
egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‗jaligi
ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat‘i nazar, uch yil muddatga.
Kuzda o‗tkazilgan yangi ko‗chatlar uchun beriladigan imtiyoz
muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e‘tiboran
boshlanadi, bahorda o‗tkazilgan ko‗chatlar uchun esa joriy soliq
davrining 1 yanvaridan e‘tiboran boshlanadi;
26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga molik va
o‗rmon fondidagi yerlari, qishloq xo‗jaligi va o‗rmon xo‗jaligi
sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‗quv yurtlariga qarashli
tajriba, eksperimental va o‗quv-tajriba xo‗jaliklarining bevosita ilmiy
hamda o‗quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. Ushbu bandga
muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning
seleksiyasi o‗tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa
ilmiy va o‗quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda
daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq to‗lashdan ozod qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |