248
Yer solig‗i
yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi,
yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat‘i nazar, yer
uchastkasi joylashgan hududdagi tuman
yoki shaharning mahalliy
byudjetiga to‗lanadi.
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig‗i
jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi
oydan e‘tiboran to‗lanadi.
Yer uchastkasi
maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig‗ini
to‗lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e‘tiboran to‗xtatiladi
(kamaytiriladi).
Yer solig‗i bo‗yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda,
bu soliq
imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e‘tiboran to‗lanmaydi. Yer
solig‗i bo‗yicha imtiyozlarga bo‗lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda,
bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e‘tiboran
to‗lana boshlaydi.
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig‗i yer
uchastkasidan foydalanish faktidan qat‘i nazar, jismoniy shaxslar
tomonidan to‗lanadi.
Soliq davri uchun yer solig‗i to‗lash
jismoniy shaxslar tomonidan
hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.
Yer solig‗i to‗lovchi jismoniy shaxslar davlat soliq xizmati
organlarining qarorlari va ular mansabdor
shaxslarining harakatlari
ustidan davlat soliq xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat
qilish huquqiga egadirlar. Davlat soliq
xizmati organlari soliqning
to‗g‗ri hisoblab chiqarilishi va o‗z vaqtida to‗lanishi ustidan
belgilangan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
7.4. «Yer fondi va yer solig„i to„lovchilari hisobini yuritish»
dasturiy mahsulining
mohiyati va ahamiyati
«Yer fondi va yer solig‗i to‗lovchilari hisobini yuritish»
dasturiy
mahsulini Yer resurslari va davlat kadastri moduliga quyidagi
ma‘lumotlar kiritiladi:
- har bir xo‗jalik, korxona, tashkilotlar bo‗yicha yer maydonlari yer
turlariga qarab alohida-alohida
kiritilib, umumiy maydon aks ettiriladi;
249
- har bir xo‗jalik bo‗yicha alohida, yer turlari bo‗yicha 1,0 ga yer
maydoni uchun me‘yoriy qiymati bahosini verguldan keyin bir xonali
raqam bilan kiritiladi.
«Yer fondi va yer solig‗i to‗lovchilari hisobini yuritish» dasturiy
mahsulini DSI moduliga quyidagi ma‘lumotlar kiritiladi:
- yagona yer solig‗i bo‗yicha soliq hisoboti shakllarining 1-shakli
―
Dostları ilə paylaş: