Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat bojini 
to„lashdan ozod qilish
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji 
to‗lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 
1) xalq ta‘limi organlari, balog‗atga etmaganlar ishlari bo‗yicha 
komissiyalar — yetim bolalarni va ota-onalar qaramog‗idan mahrum 
bo‗lgan bolalarni bolalar muassasalariga va o‗quv yurtlariga yuborish 
uchun tug‗ilganlik to‗g‗risida takroriy guvohnomalar berganlik uchun
2) jismoniy shaxslar — tug‗ilish, o‗lim qayd etilganligi uchun, 
ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o‗zgartirilgan 
hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish 
chog‗ida yo‗l qo‗yilgan xatolar munosabati bilan tug‗ilganlik 
to‗g‗risidagi hujjatlar yozuvlari o‗zgartirilgan, to‗ldirilgan va tuzatilgan 
taqdirda guvohnomalar berganlik uchun; 
3) jismoniy shaxslar — ularga belgilangan tartibda bedarak 
yo‗qolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki 
aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar 
yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam bo‗lmagan muddatga 
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni 


270 
bekor qilish to‗g‗risida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar 
berganlik uchun; 
4) 
jismoniy 
shaxslar 
— ularga reabilitatsiya qilingan 
qarindoshlarining vafot etganligi to‗g‗risidagi takroriy guvohnomalar 
berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun; 
5) tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga 
takroriy guvohnomalar berganlik uchun. 
Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda va 
O„zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berishda davlat bojini 
to„lashdan ozod qilish
O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat bojini to‗lashdan 
quyidagi hollarda ozod qilinadi: 
1) diplomatik pasport berganlik uchun; 
2) quyidagi hollarda xorijga chiqish uchun ruxsatnoma berganlik 
uchun: 
- yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni 
ziyorat qilgan taqdirda; 
- fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‗yicha huquqiy yordam 
ko‗rsatish to‗g‗risidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular chet el 
sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va 
ekspertlar sifatida chaqirilganda; 
3) o‗n olti yoshga to‗lmagan O‗zbekiston Respublikasi fuqarosi 
guvohnomasini berganlik uchun; 
4) to‗liq davlat ta‘minotida bo‗lganlar — O‗zbekiston Respublikasi 
fuqarosi pasportini berganlik uchun. 
O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari Soliq kodeksining tegishli 
moddasi birinchi qismining 1-3-bandlarida ko‗rsatilgan hujjatlarga 
biron bir o‗zgartirish kiritilgan taqdirda ham davlat boji to‗lashdan 
ozod qilinadi.
Boshqa harakatlarni amalga oshirganda davlat bojini to„lashdan 
ozod qilish
Fuqarolarni turar joyga qayd etganlik va ro‗yxatdan chiqarganlik 
yoxud turgan joyi bo‗yicha hisobga olganlik uchun davlat boji 
to‗lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 
- qariyalar va nogironlarning internat-uylarida yashovchi qariyalar 
va nogironlar; 


271 

maktab-internatlar, 
akademik 
litseylar 
va 
kasb-hunar 
kollejlarining to‗liq davlat ta‘minotida bo‗lgan va yotoqxonalarda 
yashovchi o‗quvchilari. 
Dehqon xo‗jaliklarini, davlat korxonalari negizida tuzilayotgan 
aksiyadorlik jamiyatlarini, O‗zbekiston Respublikasida ro‗yxatga 
olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida bo‗linmalarini 
(vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari 
shirkatlarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazganlik uchun davlat boji 
undirilmaydi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin