Jismoniy shaxslar


 Yuridik shaxslarni tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

8.2. Yuridik shaxslarni tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo„jalikliklarini soliqqa tortish xususiyatlari 
Dehqon xo‗jaligi - oilaviy mayda tovar xo‗jaligi bo‗lib, oila a‘zo-
larining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish uchun oila boshlig‗iga berilgan tomorqa yer uchastkasida 
qishloq xo‗jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
30
Dehqon xo‗jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga 
kiradi hamda dehqon xo‗jaligi a‘zolarining istagiga ko‗ra yuridik shaxs 
tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi 
mumkin.
Dehqon xo‗jaligi o‗z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy 
asosda foydalanishi mumkin emas.
Dehqon xo‗jaligi a‘zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va 
dehqon xo‗jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‗i, uning xotini 
(eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga 
olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa 
qarindoshlari kiradi.
Dehqon xo‗jaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va 
inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-
joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga 
ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‗jaliklari Soliq Kodeksda jismoniy shaxslar — soliq 
to‗lovchilar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa 
majburiy to‗lovlar to‗laydi. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda dehqon 
xo‗jaliklari quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗laydi: 
1) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗i; 
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
3) jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq; 
30
O‗zbekiston Respublikasi 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗-
risida‖gi Qonuni 1-modda. 


280 
4) bojxona to‗lovlari; 
5) Soliq kodeksning XVII bo‗limida boshqacha qoidalar nazarda 
tutilgan bo‗lmasa, davlat boji; 
6) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib 
kirganlik uchun Respublika yo‗l jamg‗armasiga yig‗im. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‗jaligi a‘zolari yuqorida nazarda tutilgan soliqlar va majburiy 
to‗lovlarni to‗lash bilan bir qatorda Soliq kodeksning 311-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga 
sug‗urta badallari to‗laydi. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‗jaligi a‘zolari qishloq xo‗jaligi mahsuloti yetishtirish, 
o‗zlari yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan 
bog‗liq bo‗lmagan faoliyat bilan shug‗ullangan taqdirda, ular yakka 
tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‗yxatdan o‗tishlari hamda Soliq 
kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan tartibda soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarni to‗lashlari shart.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lash to‗g‗risidagi 
to‗lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‗jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq 
davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi. 
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklari 
tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lash yiliga 
bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiri-
ladi. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jalik-
larining a‘zolari sug‗urta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga eng kam 
ish haqining to‗rt yarim baravaridan kam bo‗lmagan miqdorda to‗laydi. 
Belgilangan miqdordagi sug‗urta badallarining to‗lanishi dehqon 
xo‗jaligi a‘zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb 
hisobga olinadi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jalikla-
rining a‘zolari uchun sug‗urta badalining miqdori uning belgilangan 
miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar 
pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining 
ma‘lumotnomasi asosida beriladi. Kalendar yil davomida imtiyozga 
bo‗lgan huquq vujudga kelgan yoki bekor bo‗lgan taqdirda, sug‗urta 
badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan yoki 
bekor bo‗lgan oydan e‘tiboran amalga oshiriladi.


281 
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jalikla-
rining a‘zolari — hisobot yilining 1 oktyabrigacha sug‗urta badallarini 
to‗laydilar. Bunda sug‗urta badallarining miqdori to‗lov kuniga 
belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab 
chiqariladi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin