Jismoniy shaxslar


 Konsert-tomosha faoliyati bilan shug„ullanuvchi jismoniy



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
8.3. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug„ullanuvchi jismoniy 
shaxslarga soliq solish tartibi 
Jismoniy shaxslar konsert-tomosha faoliyatini qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. 
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanish huquqi uchun 
litsenziya oladigan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan stavka 
bo‗yicha davlat boji to‗laydi. 
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs-
larga soliq solish tartibi
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanish huquqi uchun davlat 
boji to‗lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi bo‗yicha qat‘iy 
belgilangan soliq to‗lashdan ozod etiladi. 
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslar 
zimmasida quyidagilarni to‗lash majburiyati saqlanib qoladi: 
- bojxona to‗lovlari; 
- avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib 
kirganlik uchun Respublika yo‗l jamg‗armasiga yig‗im. 
Agar konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanish huquqi uchun 
davlat boji to‗lovchi jismoniy shaxslar soliq solinadigan mol-mulk va 
(yoki) yer uchastkasiga ega bo‗lsalar, Soliq kodeksning 48 va 50-
boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliq va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer 
solig‗ini to‗lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi. 
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy 
shaxslar majburiy to‗lovlarni to‗lash bilan bir qatorda yakka tartibdagi 
tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan tartibda byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallari to‗laydi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 29 
iyundagi ―Konsert-tomosha faoliyati sohasida soliq solishni va audio, 


282 
videokassetalarni 
tarqatishni 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖ 285-sonli Qaroriga asosan 2001 yil 1 iyuldan boshlab: 
- konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanish huquqi uchun 
litsenziya oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar ―O‗zbeknavo‖ estrada 
birlashmasi tomonidan belgilanadigan reyting guruhiga ko‗ra 
tabaqalashtirilgan miqdorlarda davlat boji to‗laydilar hamda byudjetga 
davlat soliqlari va mahalliy soliqlar to‗lashdan ozod etiladilar;
- faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan 
konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanish huquqi uchun litsenziya 
olishda ular tomonidan boj davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan paytdan 
boshlab birinchi yilda boshlang‗ich stavka bo‗yicha to‗lanadi;
- konsert-tomosha faoliyati bilan shug‗ullanish huquqi uchun 
litsenziya berish to‗g‗risidagi arizalar ko‗rib chiqilganligi uchun 
yig‗imlar summasi, to‗liq miqdorda ―O‗zbeknavo‖ estrada birlashmasi 
mintaqaviy bo‗limlarining talab qilib olinadigan depozit hisob 
raqamlariga o‗tkaziladi, litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‗liq 
miqdorda ―O‗zbeknavo‖ estrada birlashmasi ustavida nazarda tutilgan 
tadbirlarni amalga oshirish uchun Milliy estrada san‘atini rivojlantirish 
va 
muvofiqlashtirish 
Kengashi huzuridagi Estrada san‘atini 
rivojlantirish jamg‗armasiga o‗tkaziladi;
- jismoniy shaxslar belgilangan tartibda berilgan litsenziyasiz 
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. 
Faoliyatni litsenziyasiz va konsert-tomosha guvohnomasisiz 
amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan 
jazo choralari qo‗llanadi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin