Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
 
 
IX BOB. JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN SOLIQ 
MAJBURIYATLARINI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH 
================================================== 
 
 
9.1. Jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarini 
bajarilishini nazorat qilish maqsadida uchastka soliq inspektori 
faoliyatini tashkil qilish 
 
Soliq to‗lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan 
bog‗liq obyektlar to‗liq va o‗z vaqtida hisobga olinishini ta‘minlash 
maqsadida davlat soliq xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari 
lavozimi tashkil etiladi. Uchastkalarning chegaralari, shuningdek 
uchastka soliq inspektorlarining soni O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan normativlar bo‗yicha belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasining 2014 yil 7 
fevraldagi ―Davlat soliq xizmati organlarining uchastka soliq inspek-
torlari faoliyatini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 47-sonli buyrug‗iga 
asosan, «O‗zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarining 
uchastka soliq inspektori to‗g‗risida‖gi nizom tasdiqlandi. 
«O‗zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari uchastka 
soliq inspektori to‗g‗risida»gi Nizom (keyingi o‗rinlarda - Nizom) 
O‗zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‗g‗risida»gi 
Qonuni, Soliq kodeksi, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2010 yil 8 yanvardagi «Respublika soliq organlari tizimini yanada 
modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-1257-son 
qarori, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 
12 yanvardagi «O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi 
faoliyatini tashkil etish masalalari to‗g‗risida»gi 14-son, 2000 yil 
5 maydagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga 
solishni 
takomillashtirish 
to‗g‗risida»gi 
180-son va 2010 yil 
21 maydagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga 
solishni yanada takomillashtirish to‗g‗risida»gi 98-son qarorlariga 
muvofiq ishlab chiqilgan. Uchastka soliq inspektorlari o‗zlariga 
biriktirilgan uchastkada mol-mulk solig‗i va yer solig‗i to‗lovchi 


285 
jismoniy 
shaxslarni, 
shuningdek 
tadbirkorlik 
faoliyati 
bilan 
shug‗ullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli 
ishlarni bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni o‗z vaqtida 
to‗lashlarini nazorat qiladilar.
 
Uchastka soliq inspektori ishini tashkil 
qilishning huquqiy va me‘yoriy asoslari bo‗lib «Davlat soliq xizmati 
to‗g‗risida»gi 
qonun, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, «Davlat soliq qo‗mitasi 
to‗g‗risida»gi Nizom hisoblanadi.
Uchastka deganda O‗zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning 
o‗zini-o‗zi boshqarish organlari to‗g‗risida»gi Qonuni va Vazirlar 
Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan 
«Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlarini mahalliy davlat 
hokimiyati organlarida hisobga olish to‗g‗risida»gi Nizomga asosan 
tashkil etilgan mahalla (qishloq) fuqarolar yig‗ini hududida joylashgan 
jismoniy shaxslar egaligidagi mol-mulk obyektlari, yer uchastkalari
faoliyatida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lovchi 
jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq 
xizmati organlarida hisobga olish, ularga soliq hisoblash hamda 
soliqlarning to‗lanishini doimiy nazorat qilib borishda bir uchastka 
soliq inspektoriga biriktiriladigan ish hajmi va soliq to‗lovchilar 
sonidan iborat bo‗lgan hudud tushuniladi. 
Uchastka soliq inspektori o‗z faoliyatida bevosita davlat soliq 
inspektsiyasining tegishli bo‗limi rahbariga bo‗ysunadi.
Har bir uchastka soliq inspektori o‗ziga biriktirilgan hududni 
belgilovchi, davlat soliq inspektsiyasi boshlig‗i tomonidan tasdiqlangan 
hujjatga va «Uchastka pasporti»ga ega bo‗lishi shart. 
Uchastka 
soliq 
inspektori 
mazkur 
Nizom 
va 
lavozim 
yo‗riqnomasida 
zimmasiga 
yuklatilgan 
vazifalarni 
bajarishga, 
uchastkasi bo‗yicha soliq obyektlari va subyektlari, hisoblangan va 
to‗langan soliqlar nazoratini har oy yakuni bilan dasturiy mahsuldan 
chiqariladigan hisobot ma‘lumotlari asosida olib borishga, dasturiy 
mahsulda ko‗zda tutilmagan hisobotlarni yuqori soliq organi 
tomonidan belgilanadigan shaklda yuritishga shaxsan javobgar. 
Uchastka soliq inspektorining ish tartibi davlat soliq inspektsiyasi 
boshlig‗i tomonidan tasdiqlanadi. Ish tartibi mahalliy sharoitdan kelib 
chiqqan holda va soliq to‗lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq tarzda 
tashkil etiladi. 


286 
Uchastka soliq inspektori o‗z vazifalarini qishloq fuqarolar yig‗ini, 
mahalla qo‗mitalari va ichki ishlar uchastka nozirlari bilan 
hamkorlikda bajaradi, aholi o‗rtasida birgalikda tushuntirish ishlari olib 
boradi, fuqarolar yig‗inlari, mahalla qo‗mitalarida bo‗ladigan 
yig‗inlarda ishtirok etadi, amaldagi qonunchilikda belgilangan soliq va 
to‗lovlarni to‗lashdan bo‗yin tovlayotgan shaxslar bilan tushuntirish 
ishlarini olib boradi. 
Vakolatli idoralardan soliq obyektlari va subyektlari to‗g‗risida 
olingan ma‘lumotlar, imtiyoz huquqi bo‗yicha fuqarolar tomonidan 
DSIga taqdim etilgan tegishli hujjatlar hamda biriktirilgan hududda 
aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo‗yicha uchastka soliq inspektori 
tomonidan yozilgan bildirgilar kanselyariyada ro‗yxatga olinishi va 
tegishli bo‗limda alohida jildlarga tikib borilishi shart. 
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning byudjetga o‗z 
vaqtida tushishini ta‘minlash maqsadida uchastka soliq inspektori 
hisoblangan soliqlarni belgilangan tartibda aholidan bevosita naqd pul 
shaklida qabul qilishi va bank muassasasiga topshirishi mumkin. 
Bunda uchastka soliq inspektori ishlatilgan 5-shakl patta nusxalarini 2-
ilovadagi shakldagi reyestr asosida DSIning hisob, tahlil va soliq 
statistikasi bo‗limiga topshiradi. 
Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy 
shaxslardan soliq va to‗lovlar faqat bank muassasasi orqali undiriladi. 
Soliq to‗lovchilarning amaldagi soliq qonunchiligi bo‗yicha 
murojaatlariga joyida tegishli tushuntirishlar berilishini ta‘minlash, 
turli masalalar bilan soliq organiga kelib-ketishlaridagi noqulayliklarni 
kamaytirish maqsadida uchastka soliq inspektorlariga biriktirilgan 
aholi punktlarining uzoqligi va joylashishidan kelib chiqqan holda bir 
nechta 
uchastka 
soliq 
inspektoriga 
biriktirilgan 
uchastkalar 
birlashtirilgan holda Soliq tayanch punktlari tashkil etiladi. 
Soliq tayanch punktlari faoliyatini tashkil etish tartibi, har bir 
uchastka soliq inspektoriga biriktiriladigan hudud va soliq obyektlari 
soni Davlat soliq qo‗mitasining 2004 yil 3 maydagi «Uchastka soliq 
inspektorlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi 132-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan me‘yor 
asosida belgilanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 12 
yanvardagi «O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi 
faoliyatini tashkil etish masalalari to‗g‗risida»gi 14-sonli qaroriga 


287 
muvofiq uchastka soliq inspektorlari biriktirilgan uchastkasi hududida 
xizmat xonasi bilan mahalliy hokimliklar tomonidan ta‘minlanadi. 
Davlat soliq qo‗mitasining 2004 yil 3 maydagi «Uchastka soliq 
inspektorlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi 132-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Soliq 
tayanch punktlarini jihozlash va inventarlar bilan ta‘minlash tartibi»ga 
asosan xizmat xonasi barcha zarur jihozlar, ko‗rgazmali stend, metodik 
qo‗llanmalar, kitoblar, daftarlar va boshqa blankalar bilan DSI 
tomonidan ta‘minlanadi. 
Uchastka soliq inspektori xizmat vazifasini bajarishda doimiy 
tarzda qishloq, mahalla va ko‗chalarda, noqulay iqlim sharoitida 
yurishi, olis masofalarga qatnashini hisobga olgan holda oylik transport 
xarajatlari DSI tomonidan har oylik ish haqiga qo‗shilgan holda 
to‗lanadi va kiyim-boshlari (qishki kostyum-shim, yozgi forma va oyoq 
kiyimi) har yili Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan markazlashgan 
tartibda ajratiladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin