Jismoniy shaxslar


Uchastka soliq inspektori tegishli davlat soliq organi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

Uchastka soliq inspektori tegishli davlat soliq organi 
buyrug„iga asosan o„ziga biriktirilgan uchastka bo„yicha: 

O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartib va 
muddatlarda vakolatli organlar taqdim etgan ma‘lumotlarni davlat soliq 
inspektsiyasida mavjud ma‘lumotlar bilan solishtirish asosida 
haqqoniyligini ta‘minlaydi, aniqlangan kamchiliklar hamda ularni 
bartaraf etish choralarini ko‗radi, aniqlashtirilgan ma‘lumotlar va 
o‗zgarishlarni Davlat soliq qo‗mitasining 2012 yil 15 sentyabrdagi 
350-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Davlat soliq xizmati organlarida 
soliq to‗lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritish» Tartibining 17 
va 18-ilovalarida belgilangan 09 va 09a-shakllarda (keyingi o‗rinlarda-
09-shakl) shaxsiy kartochkalarni yuritishga mas‘ul bo‗linmaga 
jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulk va yer solig‗i obyektlarini, suv 
solig‗i to‗lovchi jismoniy shaxslar (yuridik shaxs tashkil emagan holda 
tuzilgan dehqon xo‗jaliklari)ni dasturiy mahsulda hisobga olish, soliq 
qonunchiligida belgilangan tartib va stavkalarda soliq hisoblash uchun 
taqdim etadi; 


289 

yangidan qurilgan uy-joylarga bo‗lgan huquq tuman (shahar) 
yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri davlat korxonasi (keyingi 
o‗rinlarda «Ermulkkadastr» xizmatlari)da belgilangan tartibda davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazilmagan taqdirda, ularga mol-mulkning shartli 
qiymatining ikki baravari miqdoridan kelib chiqqan holda soliq 
hisoblab, 09-shakl ma‘lumotini tegishli bo‗limga taqdim etadi; 

«Yermulkkadastr» xizmatlari tomonidan belgilab beriladigan 
inventarizatsiya qiymati mavjud bo‗lmagan taqdirda, jismoniy 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni shartli qiymatning bir 
baravari miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi; 

O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 
dekabrdagi 478-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Jismoniy shaxslarning 
mulki bo‗lgan binolar va inshootlarni baholash, qayta baholash 
to‗g‗risida»gi 
Nizomning 3-bandiga muvofiq zarur hollarda 
«Ermulkkadastr» xizmatlariga jismoniy shaxslarning baholangan mulki 
qiymatini qayta baholash yuzasidan so‗rovnoma kiritadi; 

O‗zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi 
kodeksining 160-moddasi 2-qismiga muvofiq fuqarolarga uy-joylarga 
doir mulk huquqlarini ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‗z vaqtida 
rasmiylashtirmaganligi uchun ma‘muriy jarima solish uchun Davlat 
soliq qo‗mitasining 2012 yil 16 yanvardagi 08-640-sonli xati orqali 
hududlarga amalda foydalanish uchun yuborilgan «O‗zbekiston 
Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksining 
159
1
-moddasi va 160-moddasining ikkinchi qismini amalda qo‗llash 
bo‗yicha Uslubiy ko‗rsatmalar» asosida bayonnoma tuzib, tegishli 
choralar ko‗rish uchun davlat soliq inspektsiyasi rahbariyatiga 
belgilangan tartibda kiritadi; 

Soliq kodeksining 263, 277 va 293-moddalariga asosan soliq 
to‗lovchilarning shaxsiy kartochkalarida hisoblangan soliq summalari 
asosida soliq to‗lovchilarga Davlat soliq qo‗mitasining 2011 yil 7 
dekabrdagi 375-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan shaklda to‗lov 
xabarnomasi yetkazilishini ta‘minlaydi hamda soliq to‗lovchilarga 
to‗lov xabarnomalarini topshirganligi to‗g‗risida tasdiqlovchi imzosi 
bilan uning koreshogini o‗zida saqlaydi; 

o‗ziga biriktirilgan uchastkada davlat ro‗yxatidan o‗tmasdan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanayotgan jismoniy shaxslarni 


290 
aniqlaydi hamda O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va 
Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksi talablaridan kelib chiqqan 
holda, Davlat soliq qo‗mitasining 2010 yil 11 martdagi 59-sonli 
buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining 
buzilishiga doir ma‘muriy ishlarni ko‗rib chiqishni tashkil etish 
to‗g‗risida»gi Yo‗riqnoma asosida ma‘muriy huquqbuzarlik to‗g‗risi-
dagi bayonnomani tuzib, tegishli choralar ko‗rish uchun davlat soliq 
inspektsiyasi rahbariyatiga belgilangan tartibda kiritadi (o‗z uchast-
kasida aniqlangan qonunbuzilishlarga ma‘muriy huquqbuzarlik to‗g‗-
risidagi bayonnomani tuzish uchun alohida buyruq talab qilinmaydi);

yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat‘iy belgilangan soliq va 
sug‗urta 
badali 
hisoblaydi 
va 
belgilangan 
shaklda 
shaxsiy 
kartochkalarni yuritishga mas‘ul bo‗linmaga topshiradi, shaxsiy 
kartochkalarda 
hisoblangan 
soliq 
summalari 
asosida 
soliq 
to‗lovchilarga to‗lov xabarnomasini yetkazadi; 

yakka 
tartibdagi 
tadbirkorlardan 
suv 
resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliqning o‗tgan soliq davri uchun hisob-kitobini 
va joriy to‗lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun suvdan 
foydalanish yoki suv iste‘moli mo‗ljallanayotgan soliq solinadigan 
bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) kelib chiqqan holda joriy 
soliq davrida hisoblangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
summasi to‗g‗risidagi ma‘lumotnomani Soliq kodeksida belgilangan 
muddatlarda taqdim etilishini nazorat qiladi hamda joriy to‗lovlarni 
shaxsiy kartochkalarni yuritishga mas‘ul bo‗linmaga dasturiy mahsulda 
hisobga olish, soliq qonunchiligida belgilangan tartib va stavkalarda 
soliq hisoblash uchun taqdim etadi; 

yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti 
tomonidan tadbirkorlik faoliyati bir nechta obyektlarda alohida amalga 
oshirilgan taqdirda, har bir obyekt uchun qat‘iy belgilangan soliq 
hisoblanishini ta‘minlaydi; 

oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish ko‗radigan yakka 
tartibdagi tadbirkorning turmush o‗rtog‗i, ota-onasi va farzandlari oila 
a‘zosi sifatida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishini 
nazoratga oladi; 

davlat soliq inspektsiyasi tegishli bo‗linmasidan faoliyatini 
vaqtincha yoki butunlay to‗xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning 
ro‗yxatini olib, Davlat soliq qo‗mitasining 2012 yil 29 iyundagi 
«Faoliyatini vaqtincha to‗xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning 


291 
keyingi holati yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‗g‗risida»gi 
Uslubiy qo‗llanmaga asosan ular haqiqatda faoliyatini to‗xtatganligi 
yoki noqonuniy ravishda davom ettirayotganligi yuzasidan kuzatuv 
dalolatnomasini tuzadi va faoliyatini rasman to‗xtatgan holda haqiqatda 
faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatiga chek 
qo‗yish bo‗yicha rahbariyatga bildirgi kiritadi; 

yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati qonuniyligini hamda 
soliq va majburiy to‗lovlarni to‗liq to‗layotganligini nazorat qiladi; 

asosiy bo‗lmagan ish joyidan, jumladan o‗z mol-mulkini 
ijaraga berib daromad topayotgan fuqarolarni, shuningdek fuqarolar 
o‗rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar-joyni ijaraga 
berish shartnomasi tuzmasdan yoki notarial tasdiqlamasdan ijaraga 
berish holatlarini aniqlash va tegishli chora ko‗rish maqsadida, huquqni 
muhofaza qiluvchi va fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari 
bilan hamkorlikdagi tadbirlarni amalga oshiradi; 

O‗zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi 
kodeksining 159
1
-moddasiga muvofiq fuqarolar o‗rtasida binoni, 
inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish 
shartnomasining 
mavjud 
emasligi 
yoxud 
ijaraga 
berish 
shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya qilmagan 
jismoniy shaxslarga Davlat soliq qo‗mitasining 2012 yil 16 yanvardagi 
08-640-sonli xati orqali hududlarga amalda foydalanish uchun 
yuborilgan «O‗zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik 
to‗g‗risidagi kodeksi 159
1
-moddasi va 160-moddasining ikkinchi 
qismini amalda qo‗llash bo‗yicha Uslubiy ko‗rsatmalar» asosida 
ma‘muriy bayonnoma tuzib, tegishli choralar ko‗rish uchun davlat 
soliq inspektsiyasi rahbariyatiga belgilangan tartibda kiritadi; 

soliq 
imtiyozi 
huquqiga 
ega 
fuqarolar 
davlat 
soliq 
inspektsiyasiga taqdim etgan imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatlar 
asosida Soliq kodeksida belgilangan tartibda imtiyozni hisobga oladi, 
tegishli ma‘lumotlarni dasturiy mahsul bazasiga kiritish uchun shaxsiy 
kartochkalarni yuritishga mas‘ul bo‗limga topshirib, dasturiy mahsul 
bazasidan olingan ma‘lumot asosida imtiyozning boshlanish va tugash 
muddatlari nazoratini olib boradi; 

davlat soliq xizmati organining Soliq bo‗yicha qarzlarni 
majburiy undirish bo‗limi tomonidan tayyorlangan soliq qarzini uzish 
to‗g‗risidagi talabnomalarni soliq qarzi mavjud jismoniy shaxslarga 
belgilangan tartibda yetkazadi, soliq qarzini uzish to‗g‗risidagi 


292 
talabnoma muddatida bajarilmagan hollarda, undiruvni qarzdorning 
mol-mulkiga qaratish to‗g‗risidagi da‘vo arizasiga ilova qilinadigan 
tegishli hujjatlarni (to‗lov xabarnomasi, qarzdor fuqaroning yashash 
joyidan ma‘lumotnoma, soliq qarzi to‗g‗risida solishtirish dalolat-
nomasi va h.k.) yig‗ib, Davlat soliq qo‗mitasining 2010 yil 17 maydagi 
«Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzini 
majburiy undirishga qaratish bo‗yicha amalga oshirilayotgan ishlarni 
yanada kuchaytirish to‗g‗risida»gi 34-F-sonli Farmoyishi talablari 
asosida Soliq bo‗yicha qarzlarni majburiy undirish bo‗limiga taqdim 
etadi; 

amaldagi qonunchilikda belgilangan hollarda vakolatli idoralar 
tomonidan jismoniy shaxslarning haqiqatda foydalanayotgan yer may-
donlarini o‗lchab chiqish ishlarida ishtirok etadi va natijasi yuzasidan 
yil boshida hisoblangan yer solig‗ini qayta hisob-kitob qiladi; 

tuman (shahar) «Ermulkkadastr» xizmatlari tomonidan tasdiq-
langan ma‘lumotlar asosida jismoniy shaxslar yer uchastkalaridan 
hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‗lgan huquqni tasdiqlovchi 
hujjatlarda ko‗rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilayotgan holatlar 
yuzasidan Soliq kodeksining 121-moddasi talablaridan kelib chiqqan 
holda jarima solish uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi; 

yangidan davlat ro‗yxatidan o‗tgan yuridik shaxsning 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi PQ-357-
sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik subyektlarini davlat 
ro‗yxatiga olish va hisobga qo‗yishning xabardor qilish tartibi 
to‗g‗risida»gi Nizomning 6-ilovasidagi «Yuridik shaxsni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazish to‗g‗risida»gi guvohnomasida ko‗rsatilgan 
pochta manzilida haqiqatda joylashganligini kuzatadi va bu haqda 
davlat soliq inspeksiyasi rahbariga yozma ravishda axborot kiritadi; 

biriktirilgan hududda davlat soliq organlari tomonidan o‗tkazi-
ladigan nazorat tadbirlari va tekshirishlarda belgilangan tartibda 
qatnashadi; 

soliq qonunchiligi bo‗yicha murojaat bilan kelgan fuqarolarni 
qabul qiladi, tushuntirishlar beradi va fuqarolarni qabul qilish kitobini 
1-ilovaga muvofiq shaklda yuritadi; 

davlat soliq inspektsiyasi rahbariyatining yozma topshirig‗iga 
asosan fuqarolarning murojaatlarini o‗z vakolati doirasida o‗rganadi; 


293 

davlat soliq inspektsiyasi bilan qonunda belgilangan tartibda 
tuzilgan shartnomaga binoan javobgarligidagi tovar-moddiy boyliklar, 
qat‘iy hisobdagi blankalar, jihozlarning saqlanishini ta‘minlash, 
hisobini yuritishda moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin