296
Davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari uchastka soliq inspektorining
hisobot davrida amalga oshirgan ishlari, qat‘iy hisobdagi blankalarning
ishlatishi, aholidan soliq to‗lovlarini qabul qilishi hamda pul
mablag‗ini o‗z vaqtida to‗liq bank muassasasiga topshirishi borasidagi
faoliyati belgilangan tartib va muddatlarda taftishdan o‗tkazilishini
nazorat qiladilar. Uchastka soliq inspektori bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi bekor qilinganda yoki boshqa lavozimga o‗tkazilganda 5-,
5a- va 5b-ilovalardagi shaklda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi
tuziladi. Uchastka soliq inspektori lavozimiga davlat soliq tizimida
ishlab turgan, soliq sohasida kamida 1 yillik mehnat stajiga ega oliy
ma‘lumotli, yuqori malakali, sog‗lom, yuqori muomala madaniyatiga,
fuqarolar bilan ishlash va soliqlar mohiyatini tushuntirish qobiliyatiga
ega mutaxassislar qabul qilinadi.
Uchastka soliq inspektori lavozimiga zimmasiga yuklatilgan
funktsional vazifalarni bajara olmaganligi, sha‘niga dog‗ tushirganligi
uchun boshqa bo‗linma va lavozimdan chetlatilgan xodimlarni
tayinlash ta‘qiqlanadi. Uchastka soliq inspektorlarini rag‗batlantirish
Davlat soliq qo‗mitasining 2004 yil 12 maydagi «O‗zbekiston
Respublikasi Soliq xizmati tizimi xodimlarining kasbiy mehnatini
mukofotlash va ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida»gi 140-sonli
buyrug‗i bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Biriktirilgan uchastkasida hisoblangan soliqlarni muddatidan oldin
byudjetga to‗lanishini ta‘minlagan, qo‗shimcha manbalarni aniqlashda
boshqa uchastka soliq inspektorlariga o‗rnak ko‗rsatgan, aholi o‗rtasida
soliq to‗g‗risidagi qonunlarni targ‗ibot va tashviqot qilish ishlarini
namunali tashkil etib, soliq to‗lovchilarning hurmat va ishonchiga
sazovor bo‗lgan, o‗z sha‘niga dog‗ tushirmasdan mehnat qilayotgan,
baholash mezonlari bo‗yicha yuqori ko‗rsatkichlarga erishgan uchastka
soliq inspektorlari har chorak yakuni bilan DSI va DSB tomonidan
rag‗batlantirilib boriladi, eng yuqori ko‗rsatkichga erishgan namunali
uchastka soliq inspektorlari esa Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan har
yili Mustaqillik bayrami arafasida alohida rag‗batlantiriladi.
Talablarini bajarmagan yoxud etarli darajada bajarmagan va
buzgan uchastka soliq inspektorlari qonunchilikda belgilangan tartibda
javobgar bo‗ladilar.
Dostları ilə paylaş: