9.4. Soliq tayanch punktining tashkiliy va huquqiy asoslari
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasining 2014 yil 7
fevraldagi ―Soliq tayanch punktlari faoliyatini yanada takomillashtirish
to‗g‗risida‖gi 46-sonli buyrug‗iga asosan Soliq tayanch punktining
namunaviy Nizomi tasdiqlandi.
Nizom O‗zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati
to‗g‗risida»gi Qonuni, Soliq kodeksi va O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2010 yil 8 yanvardagi «Respublika soliq organlari
tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi
299
PQ-1257-sonli, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 12 yanvardagi
«O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi faoliyatini tashkil
etish masalalari to‗g‗risida»gi 14-sonli, 2000 yil 13 martdagi «Davlat
soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish
to‗g‗risida»gi 87-sonli, 2000 yil 5 maydagi «Davlat soliq xizmati
organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
to‗g‗risida»gi 180-sonli qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan va soliq
tayanch punkti maqomi, ish tartibi hamda vazifalarini belgilaydi.
Soliq tayanch punkti davlat soliq inspektsiyasining hududiy quyi
bo‗g‗ini bo‗lib, soliq to‗lovchilar hamda soliq solish obyektlarining
to‗liq va o‗z vaqtida hisobga olinishini ta‘minlash, biriktirilgan
uchastkada mol-mulk, yer va suv solig‗i to‗lovchi, shuningdek
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanayotgan jismoniy shaxslarni
hisobga olish, soliqlarni o‗z vaqtida to‗lanishini nazorat qilish va bu
boradagi qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida tuziladi.
Soliq tayanch punkti aholi yashash joylarida, mahalliy davlat
hokimiyati organlari qaroriga asosan ajratilgan binoda davlat soliq
boshqarmasining buyrug‗i bilan tashkil etiladi. Davlat soliq
inspektsiyasiga yaqin bo‗lgan hududlarda soliq tayanch punkti tashkil
etilishi shart emas.
Soliq tayanch punktiga biriktirilgan hududlar va uchastka soliq
inspektorlari soni davlat soliq inspektsiyasi buyrug‗i bilan tasdiqlanadi.
Bunda qishloq (mahalla, ovul) fuqarolar yig‗inlari yaxlit hudud-
larini ikkita soliq tayanch punktiga bo‗lib biriktirilishiga yo‗l qo‗yil-
maydi. Soliq tayanch punktiga biriktirilgan xodimlar o‗z faoliyatini
«O‗zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari uchastka
soliq inspektori to‗g‗risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiradilar.
Ularning xizmat vazifalari taqsimoti davlat soliq inspektsiyasi boshlig‗i
tomonidan tasdiqlanadi.
Soliq tayanch punktining asosiy vazifalari va funktsiyalari
Soliq tayanch punktining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
soliq
tayanch
punktiga
biriktirilgan
hududdagi
soliq
to‗lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‗liq
obyektlarni to‗liq va o‗z vaqtida hisobga olinishini ta‘minlash hamda
soliq to‗lovchilar tomonidan soliqlar va majburiy to‗lovlar belgilangan
muddatlarda to‗lanishi ustidan nazorat qilish;
300
aholi o‗rtasida soliq qonunchiligini targ‗ibot-tashviqot qilish,
soliq to‗lovchilarning huquq va majburiyatlari borasida tushuntirish
ishlarini olib borish;
soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish borasida ichki
ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, fuqarolar yig‗inlari va
mahalla vakillari bilan doimiy hamkorlikda ish olib borish;
davlat ro‗yxatidan o‗tmasdan xufiyona tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‗ullanayotgan, uy-joyga doir mulk huquqini ko‗chmas
mulkka bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni amalga
oshiruvchi organlarda o‗z vaqtida rasmiylashtirmagan fuqarolarni
aniqlash va tegishli choralarni ko‗rish;
hududda
nazorat
ishlarini
amalga
oshirayotgan
soliq
inspektorlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
soliq tayanch punktida soliq to‗lovchilar uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish, ko‗rgazmali stendlar, normativ-huquqiy hujjatlar,
e‘lonlar taxtasi bilan jihozlash.
Soliq tayanch punkti zimmasidagi vazifalarni hal qilish uchun
uchastka soliq inspektori quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
o‗ziga biriktirilgan hududdagi soliq to‗lovchilarning haqiqiy
manzili, rahbar va hisobchilari to‗g‗risidagi hamda boshqa tegishli
ma‘lumotlarni to‗plab boradi, shuningdek boshqa tumanda ro‗yxatdan
o‗tib ushbu hududda faoliyat ko‗rsatayotgan shaxslarni aniqlab, ular
ro‗yxatdan o‗tgan davlat soliq inspektsiyasiga ma‘lumot yuboradi;
davlat ro‗yxatidan o‗tgandan keyin soliq to‗lashdan bo‗yin
tovlagan holda faoliyat yuritayotgan shaxslarni aniqlaydi;
davlat ro‗yxatidan o‗tmasdan faoliyat yuritayotgan shaxslarni
aniqlaydi;
soliq
hisobotlari
va
deklaratsiyalarini
topshirmayotgan
shaxslarga ogohlantirish va chaqiruv qog‗ozi taqdim qiladi;
jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‗lash muddati
o‗tgan soliqlar, ma‘muriy va moliyaviy jarimalarni majburiy undirish
maqsadida sudlarga
murojaat
qilish yuzasidan davlat soliq
inspektsiyasi rahbariyatiga yozma taklif kiritadi;
biriktirilgan hududda joylashgan barcha savdo nuqtalarining
dislokatsiya sxemasini ishlab chiqadi;
301
soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish borasida muntazam
ravishda profilaktika inspektorlari, fuqarolar yig‗inlari va mahalla
vakillari bilan hamkorlikda tadbirlar, suhbatlar o‗tkazadi;
amaldagi qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatiladigan
boshqa funktsiyalarni bajaradi.
Soliq tayanch punkti faoliyatini boshqarish va ta‟minoti
Soliq tayanch punkti faoliyatini davlat soliq inspektsiyasi boshlig‗i
buyrug‗i asosida ushbu soliq tayanch punktiga biriktirilgan uchastka
soliq inspektorlaridan biri rahbar qilib tayinlanadi va u rahbarlik qiladi.
Soliq tayanch punktida bir nafar uchastka soliq inspektori faoliyat
ko‗rsatgan hollarda, shu uchastka soliq inspektorining o‗zi javobgar
shaxs hisoblanadi.
Soliq tayanch punkti rahbari:
- soliq tayanch punkti zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishini
tashkillashtiradi, biriktirilgan xodimlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- biriktirilgan xodimlar tomonidan mehnat intizomiga rioya
etilishini nazorat qiladi. Ularning xatti-harakatlarida qonunbuzilish-
larga yo‗l qo‗yilganligi aniqlanganda, davlat soliq inspektsiyasi
rahbariyatiga yozma ravishda axborot beradi;
- soliq to‗lovchilarni hisobga olish borasidagi ishlar, aniqlangan
xufyona iqtisodiyot yuritish holatlari to‗g‗risida davlat soliq
inspektsiyasi rahbariyatiga axborot kiritadi;
- biriktirilgan hududda joylashgan soliq to‗lovchilar faoliyati na-
zoratini samarali tashkil etish maqsadida davlat soliq inspektsiyasi bo‗-
linmalari bilan muntazam ravishda ma‘lumot almashuvini tashkil
qiladi;
- biriktirilgan hududda joylashgan yuridik va jismoniy
shaxslarning ro‗yxatdan o‗tgan joyidan qat‘iy nazar, aniq manzili,
rahbarlari va buxgalterlari to‗g‗risidagi hamda boshqa tegishli
ma‘lumotlar to‗planishini ta‘minlaydi va nazorat qiladi;
- soliq to‗lovchilarga soliq qonunchiligini targ‗ib qilish va
tushuntirishlar berish borasidagi tadbirlarni tashkillashtiradi;
- boshqa nazorat organlari va tashkilotlar bilan vakolati doirasida
hamkorlikda ish olib borishni tashkil qiladi;
- soliq tayanch punktiga biriktirilgan har bir xodimdan qilingan
ishlar to‗g‗risida kunlik hisobot oladi va davlat soliq inspektsiyasiga
axborot berib boradi;
302
- biriktirilgan hududda soliq nazorati ishlarini olib borayotgan
boshqa funktsional bo‗limlarning xodimlariga ko‗maklashadi.
Soliq tayanch punktiga biriktirilgan uchastka soliq inspektorlari
o‗z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda O‗zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda «O‗zbekiston
Respublikasi davlat soliq xizmati organlari uchastka soliq inspektori
to‗g‗risida»gi Nizomda belgilab qo‗yilgan huquq va vakolatlardan
foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: |