Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

v) biriktirilgan uchastkadagi soliq to„lovchilarining dasturiy 
mahsuldagi ortiqcha to„lovlari holati.
Soliq kodeksining 56-moddasiga asosan soliqlarning byudjetga 
to‗langan hamda to‗lash uchun hisoblangan summalar o‗rtasidagi 
ijobiy farq ortiqcha to‗langan soliq summasi deb e‘tirof etiladi. 
Ortiqcha to‗langan summa soliq qarzini qo‗yidagi ketma-ketlik 
uzish hisobiga olinishi kerak: 
- soliqning mazkur turi bo‗yicha penya va jarimalarni uzish 
hisobiga;
- boshqa turdagi soliqlar bo‗yicha qarzni uzish hisobiga
- boshqa turdagi soliqlar bo‗yicha penya va jarimalarni uzish 
hisobiga; 
- mazkur soliq bo‗yicha kelgusi to‗lovlar hisobiga; 
- boshqa turdagi soliqlar bo‗yicha kelgusi to‗lovlar hisobiga: 
Ortiqcha to‗langan soliq summasi boshqa soliq to‗lovchining soliq 
qarzini uzish hisobiga olinishi mumkin emas. 
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda biriktirilgan uchastka bo‗yicha dasturiy 
maxsulda ortiqcha to‗lov summalari real holatga keltirilganda,uchastka 
soliq inspektorining faoliyati 6 ball, aksincha 0 ball bilan baholanadi. 
g) dasturiy mahsuldan chop etilib, bildirgi asosida uchastka soliq 
inspektorlariga taqdim etilgan soliq qarzini uzish to„g„risidagi 
ogohlantirish talabnomalarini qarzdorlarini topshirilishi holati. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyatlari 
bajarilishini ta‘minlash choralari jumlasiga soliq to‗lovchiga davlat 
soliq xizmati organi tomonidan uning majburiyatini bajarish zarurligi 
hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‗riladigan choralar 
to‗g‗risida yuborilgan talabnomasi kiradi. 
Shu sababli, Soliq kodeksining 60-moddasiga muvofiq, uchastka 
soliq inspektorlari tomonidan soliq qarzini uzish to‗g‗risidagi 
talabnoma shakli dasturiy mahsuldan chop etilib, uni to‗lovchiga yoki 


315 
uning vakiliga bu talabnomani soliq to‗lovchi olganligini va talabnoma 
olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshiriladi. 
DSQning 2010 yil 12 maydagi 34-F sonli Farmoyishining 1-
ilovasidagi ―Jismoniy shaxslar va yakka tartidagi tadbirkorlarning soliq 
qarzini majburiy undirishga qaratishda joylarda har bir bo‗linma 
tomonidan bajaradigan ishlar harakat rejasi‖da belgilangan talablarga 
qattiq rioya qilishlari shart. 
Bunda, DSIning Soliq qarzini majburiy undirishga qaratish bo‗limi 
dasturiy mahsul orqali soliq qarzi mavjud har bir yakka tartibdagi 
tadbirkor va jismoniy shaxsga 3 kun muddatda ogohlantirish 
talabnomalarini tayyorlab, hududlar kesimida ro‗yxatini tuzib tegishli 
uchatka soliq inspektorlariga taqdim etish maqsadidi bildirgi bilan DSI 
boshlig‗i (o‗rinbosari)ga kiritadi.
Ushbu tayyorlangan ogohlantirish talabnomalari DSI boshlig‗i 
(o‗rinbosari) munosabat belgisi orqali Soliq qarzini majburiy 
undirishga qaratish bo‗limi tomonidan uchatka soliq inspektorlariga 
ro‗yxati va shaxsiy imzosi orqali topshirilgandan keyin, ikki kun 
muddatda shaxsan yoki pochta xizmati orqali buyurtma xat bilan 
qarzdorlarga yetkazilishi ta‘minlanadi. 
Uchastka soliq inspektorlari soliq qarzini uzish to‗g‗risidagi 
ogohlantirish talabnomalarini qarzdor yakka tartibdagi va jismoniy 
shaxsga yetkazgan kundan boshlab bir kun muddatda Soliq qarzini 
majburiy undirishga qaratish bo‗limiga ogohlantirish talabnomasining 
fuqaro olganligini tasdiqlovchi nusxasini yoki pochta orqali buyurtma 
xat bilan topshirilganligi to‗g‗risidagi kvitansiyani taqdim etadi. Shu 
bilan birga, sudga da‘vo arizasini tayyorlash uchun belgilangan 
muddatda o‗ziga biriktirilgan uchastka bo‗yicha ariza (da‘vo arizasi) 
ilova qilinadigan tegishli hujjatlarni (to‗lov xabarnomasi koreshogi, 
qarzdor fuqaroning yashash joyidan ma‘lumotnoma, soliq qarzi 
to‗g‗risida solishtirish dalolatnomasini) yig‗ib, Soliq qarzini majburiy 
undirishga qaratish bo‗limiga berilishini ta‘minlaydi. 
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda dasturiy mahsuldan chop etilib, bildirgi 
asosida uchastka soliq inspektorlariga taqdim etilgan soliq qarzini 
uzish to‗g‗risidagi ogohlantirish talabnomalari qarzdorlarga to‗liq 
topshirilgan taqdirda uchastka soliq inspektorining faoliyati 8 ball, 
aksincha 0 ball bilan baholanadi. 


316 
d) davlat ro„yxatidan o„tmasdan noqonuniy faoliyat yuritayotgan 
jismoniy shaxslarni aniqlash va ularning noqonuniy faoliyatiga 
barham berish holati. 
Uchastka soliq inspektorlari tomonidan o‗ziga biriktirilgan hudud-
da noqonuniy yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‗ullanayotgan 
fuqarolarni, davlat ro‗yxatidan o‗tmasdan daromad topayotgan, xuf-
yona yo‗l bilan alkogolli mahsulotlar, o‗simlik yog‗i ishlab chiqarish 
va boshqa yashirish sexlarida mehnat faoliyati bilan shug‗ullanayotgan, 
noqonuniy ravishda yer maydonlarini egallab olgan shaxslarni va 
boshqa qonunbuzurlik holatlari aniqlanishi va ularning noqonuniy 
faoliyatiga barham berish choralari ko‗rilishi lozim. 
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda davlat ro‗yxatidan o‗tmasdan 
noqonuniy faoliyat yuritayotganligi aniqlangan jismoniy shaxslar soni 
o‗tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan bo‗lsa uchastka soliq 
inspektorining faoliyati 3 ball, aksincha 0 ball bilan baholanadi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin