327
- soliq idoralarining soliq to‗lovchilari oldida ishonchga va yuksak
obro‗ga ega ekanligi,
yuqori ish haqi, axborot bazasining yuqoriligi,
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi;
- vazirliklar va idoralar vazifalarining aniq chegaralab qo‗yilganligi
va ular ishida bir-birini takrorlashning yo‗qligi;
- hukumatning vakili bo‗lgan va uning nomidan ish olib boradigan
soliq agentining (inspektorning) katta ahamiyatga va obro‗ga egaligi;
- kadrlarni tahlil etish, o‗rganish, oldindan belgilash, o‗qitish, soliq
to‗lovchilar bilan aloqalar bo‗yicha institutlarning mavjudligi; ayniqsa
axborot bilan almashinishi sohasida moliya organlari soliq idoralarning
va bank tizimi bilan chambarchas bog‗langanligi. Shu bilan birga bu
modellarning har birida ularning tafovutlarini belgilab beradigan o‗ziga
xos
belgilari mavjud, bular quyidagilardan iborat:
Amerika modeli:
- soliq tizimining soliq to‗lovchilar tushunishi uchun murakkabligi;
- soliq tizimida juda katta boshqaruv va ijro apparatining
mavjudligi;
- soliq organlari markazlashuvining yo‗qligi, federal, shtat va
shahar tizimlarini mustaqilligi;
- naqd pul bilan ishlaydigan kichik biznesning daromadlarini
nazorat qilishning yetarli usullari yo‗qligi;
- noqonuniy daromad manbalari to‗g‗risida
xabar beruvchi
ko‗ngilli "Axborotchilar" keng tarmog‗ining mavjudligi.
Yaponiya modeli:
- Moliya vazirligi nazorat ostida yagona, ancha qat‘iy
markazlashgan moliyaviy, soliq, bank, bojxona tizimlari;
- yuksak vatanparvarlik mamlakatga va kompaniyaga;
- pastdan to yuqorigacha bo‗lgan boshqaruv apparati o‗rtasidagi
o‗zaro munosabatlarda subordinatsiya prinsipiga qat‘iy rioya qilinishi
Yevropa modeli:
- Yevropadagi mamlakatlar o‗rtasidagi iqtisodiy birlashishga
doimiy intilish;
- soliq faoliyatidagi bir xillik:
yagona andozalar, yondashuvlar,
talqin, deklaratsiyalar, ish prinsiplari.
"Noandozaviy" (moslashmagan) modellar, odatda kichik hududli
(yoki oralarda joylashgan) davlatlarda,
erkin iqtisodiy zonaga ega
bo‗lgan davlatlarda va qator boshqa davlatlarda (Kipr, Lyuksemburg)
amal qiladi. Ular uchun turli soliq deb ataladigan zonalar xarakterlidir.
328
Zamonaviy soliq tizimi soliqqa tortish shakllari va usullarining
benihoya nozikligi va qo‗llaniladigan soliqlarning o‗ta xilma - xilligi
bilan tavsiflanadi (ayrim mamlakatlar doirasida ularning 100 ga yaqin
ko‗rinishlari mavjud). Rivojlangan mamlakatlarning barchasi va
rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‗pchiligi uchun ushbu tizimning
tamoyillari va xususiyatlari umumiydir, lekin ularning bu tamoyillar va
xususiyatlarni soliq siyosatlarida qo‗llanishlarida jiddiy farqlar bor.
Davlat byudjeti mablag‗lari davlatning
jamiyat oldidagi muhim
vazifalarini amalga oshirishning moliyaviy manbaidir. Demak, har bir
davlat iqtisodiyoti taraqqiy etishida bevosita amalga oshirilayotgan
byudjet-soliq siyosati hamda soliq tizimining tuzilishi bilan bog‗liqdir.
Soliq tizimi ming yillik tarixga egadir. Bu tizimni yer yuzida
davlatning ilk ko‗rinishlari paydo bo‗lishi bilan bog‗lanadi. Bu jarayon
yillar davomida turli davlatda turli ko‗rinishlar va turlicha siyosat
asosida ijro etib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: