313
yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga
berilganligiga e‘tibor qaratilishi lozim.
Dasturiy
mahsuldan
kiritilgan
imtiyozlar
to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarni hisobotlar shaklida chiqarib olib, har bir turi bo‗yicha
imtiyozlarning vakolatli organlardan olingan ma‘lumotlarga to‗g‗ri
kelishi, ularga berilgan imtiyozlarning muddatlari mavjudligi,
ayniqsa
pensiya yoshiga yetgan fuqarolarning pensiyaga chiqqanligi va,
aksincha, pensiya yoshiga yetmagan fuqarolarning nafaqaxo‗r sifatida
imtiyozlarning berilishi kabi kamchiliklarga yo‗l qo‗ymaslik
maqsadida,
kamida
oyiga
bir
marotoba
dasturiy
mahsulni
inventarizatsiya qilish lozim.
Vakolatli davlat organlarining hujjatlari asosida imtiyozga ega
bo‗lgan yer solig‗ini to‗lovchi jismoniy shaxsga tegishli soliq solish
obyekti hamda mol-mulk solig‗i to‗lovchi
jismoniy shaxsga tegishli
soliq solish obyekti va uning inventarizatsiya qiymati dasturga to‗liq
kiritilishi ta‘minlanganda, uchastka soliq inspektorining faoliyati har
bir soliq turi bo‗yicha 5 balldan, jami 10 ball, aksincha 0 ball bilan
baholanadi.
b) soliq to„lovchilarga yer va mol-mulk soliqlarini to„lash
to„g„risidagi to„lov xabarnomalarini topshirish holati.
Uchastka soliq inspektorlari o‗ziga biriktirilgan hududdagi
jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer uchastkalariga hisoblangan
soliqlarni to‗lashi to‗g‗risidagi muddatlari ko‗rsatilgan to‗lov
xabarnomalarini soliq to‗lovchi jismoniy shaxslarga har yili 1 maydan
kechiktirmay topshirishlari lozim.
Bunda, uchastka soliq inspektorlari yil
mobaynida yer uchastkasi
maydoni o‗zgargan va imtiyozlarga bo‗lgan huquqlar vujudga kelgan
(bekor qilingan) jismoniy shaxslarni doimiy nazoratga olish lozim.
Chunki, mazkur o‗zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig‗ini qayta
hisob-kitob qilishlari hamda soliq to‗lovchiga yer solig‗i summasi va
uni to‗lash muddatlari ko‗rsatilgan yangi yoki qo‗shimcha to‗lov
xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
Shu kabi, uchastka soliq inspektorlari tomonidan mol-mulkka
bo‗lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan
boshqasiga o‗tgan
taqdirda, hisob-kitob to‗g‗ri yuritilishi uchun
dasturiy mahsulda o‗z vaqtida o‗zgartirish kiritish lozim. Shundan
so‗ng, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq avvalgi
mulkdordan mol-mulk solig‗i summasini va ushbu soliqdan u mol-
314
mulkka bo‗lgan mulk huquqini yo‗qotgan
oyning boshlanishiga qadar
bo‗lgan qarzlarini undirib olish hamda yangi mulkdorga esa unda mulk
huquqi vujudga kelgan oydan e‘tiboran to‗lanishi lozim bo‗lgan soliq
summasi to‗g‗risida to‗lov xabarnomasini taqdim etilishi shart.
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda soliq to‗lovchilarga yer va mol-mulk
soliqlarini to‗lash to‗g‗risidagi to‗lov xabarnomalarini har yili 1
maydan
kechiktirmay
to‗liq
topshirganda,
uchastka
soliq
inspektorining faoliyati 10 ball, aksincha 0 ball bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: