Jismoniy shaxslar


 Jismoniy shaxslarga soliq solishda amaliyotga joriy etilgan



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

9.6. Jismoniy shaxslarga soliq solishda amaliyotga joriy etilgan 
dasturiy mahsullar va interfaol soliq xizmatlari 
Dasturiy mahsulning elektron axborotlar bazasi va joylardan 
olinadigan BL-pochta ma‘lumotlar tahlili asosida: 
a)
 
«Davyergeodezkadastr» Davlat qo„mitasining hududiy bo„lim-
lari taqdim etgan ma‟lumotlar asosida aniqlangan soliq obyektlari 
bo„yicha: 
- yer maydoni dasturiy mahsul bazasiga kiritilishi va hisoblangan 
yer solig‗i shaxsiy kartochkaga o‗tkazilishi holati; 
- mulkning inventarizatsiya qiymati dasturiy mahsul bazasiga 
kiritilishi va hisoblangan mol-mulk solig‗i shaxsiy kartochkaga 
o‗tkazilishi holati. 
Ushbu ko‗rsatkichning to‗liq bajarilishini ta‘minlash uchun 
uchastka soliq inspektorlari ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi 
O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan o‗zlariga biriktirilgan 
uchastkada vakolati doirasida Soliq kodeksida nazarda tutilgan mol-
mulk solig‗i va yer solig‗i to‗lovchi jismoniy shaxslarni hamda soliq 
solish 
obyektlarini, 
shuningdek 
tadbirkorlik 
faoliyati 
bilan 
shug‗ullanayotgan jismoniy shaxslarni to‗liq hisobga olish lozim. 
Ularni hisobga olish uchun belgilangan talablardan kelib chiqqan 
holda, kadastr idoralaridan har yili 1 fevralgacha obyektining 1 yanvar 
holatiga ko‗ra yer uchastkasi maydoni, mol-mulkning inventarizatsiya 
qiymati va uning mulkdori to‗g‗risidagi ma‘lumotni olishlari shart. 
Shuningdek, uchastka soliq inspektorlari kadastr idoralaridan 
olingan ma‘lumotlar asosida 09-shakl ma‘lumotlarini to‗ldirib, 
belgilangan tartibda ―Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini 
hisoga olish‖ dasturiy mahsuliga kiritilishini ta‘minlaydi. 
Bunda, jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‗yicha 
vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi 
mavjud bo‗lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan 


308 
belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan baza sifatida dasturiy 
mahsulga kiritiladi. 
Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga tegishli soliq solinadigan 
obyektlar dasturiy mahsul elektron bazasiga to‗liq kiritilgandan so‗ng, 
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda to‗liq hisoblanganligi va 
shaxsiy kartochkalarga kiritilganligini nazorat qiladilar. 
Bunda, uchastka soliq inspektorlari Soliq kodeksining 176-
moddasida mol-mulk solig‗i bo‗yicha nazarda tutilgan soliq stavkasini 
qo‗llashning o‗ziga xos xususiyatlari, xususan, soliq solish obyektlari 
jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan 
yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga 
berilgan taqdirda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‗lgan 
yashash uchun mo‗ljallanmagan joylar bo‗yicha jismoniy shaxslarning 
mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan 
stavka bo‗yicha hisoblanishini inobatga olish lozim. 
Shu kabi, Soliq kodeksining 291-moddasida yer solig‗i bo‗yicha 
nazarda tutilgan soliq stavkasini qo‗llashning o‗ziga xos xususiyatlari, 
xususan, tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala 
hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa inshootlar, joylar 
yuridik shaxsga yoki tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer 
uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗i yuridik 
shaxslardan olinadigan yer solig‗ini to‗lash uchun belgilangan 
stavkalar bo‗yicha undirilishi hamda ularga Soliq kodeksining 290-
moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmasligiga inobatga 
olinishi shart. 
Qayd qilish lozimki, mol-mulk va yer soliqlari bo‗yicha 
hisoblangan soliq summalari shaxsiy kartochkalarda to‗lash muddatida 
(15 
oktyabr) 
ko‗rsatilishini 
inobatga 
olib, 
uchastka 
soliq 
inspektorlarining faoliyatini baholashda yer maydoni va mulkning 
inventarizatsiya qiymati dasturiy mahsul bazasiga kiritilganligiga 
asosiy e‘tibor qaratilgan. 
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda kadastr idoralari taqdim etgan 
ma‘lumotlar asosida soliq obyektlari bo‗yicha yer maydoni va mulk 
qiymati dasturga to‗liq kiritilishi hamda hisoblangan yer solig‗i va mol-
mulk 
solig‗i 
summalari 
shaxsiy 
kartochkalarga 
o‗tkazilishi 
ta‘minlangan taqdirda, uchastka soliq inspektorining faoliyati har bir 
soliq turi uchun 5 balldan, jami 10 ball, aksincha 0 ball bilan 
baholanadi. 


309 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin