311
ta‘minlashi (ushbu ishlar boshqa xodimga yuklatilgan bo‗lsa nazorat
qilishi) lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorga uning davlat ro‗yxatidan o‗tkazil-
ganligi to‗g‗risidagi guvohnomasida ko‗rsatilgan faoliyatini amalga
oshirish manzili va turi hamda soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda,
belgilangan tartibda qat‘iy belgilangan soliq va sug‗urta badali
hisoblanib, shaxsiy kartochkalarga o‗zkazilishini ta‘minlashi kerak.
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda biriktirilgan
hududdagi yakka
tartibdagi tadbirkorlar dasturiy mahsulda to‗liq hisobga olingan hamda
ularga belgilangan soliq va sug‗urta badali to‗liq hisoblanib, shaxsiy
kartochkalarga
o‗tkazilishi
ta‘minlanganda,
uchastka
soliq
inspektorining faoliyati har bir soliq turi bo‗yicha 3 balldan, jami 6
ball, aksincha 0 ball bilan baholanadi.
ye)
yakka
tartibdagi
tadbirkorlardan
undirilgan
soliq
summalarining shaxsiy kartochkalarga kiritilishi holati.
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda yakka tartibdagi tadbirkorlardan
undirilgan qat‘iy belgilangan soliq va sug‗urta
badallari tegishlicha
shaxsiy kartochkalarga to‗liq kiritilishi ta‘minlanganda, uchastka soliq
inspektorining faoliyati har bir soliq turi bo‗yicha 3 balldan, jami 6
ball, aksincha 0 ball bilan baholanadi.
j) belgilangan hududda mulkini ijaraga berib daromad olgan
jismoniy shaxslarning daromadini deklaratsiya asosida soliqqa tortish
holati.
Jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan
daromadlariga - mulkiy daromadlari kiradi (agar bu daromadlarga
to‗lov manbaida soliq solinadigan bo‗lsa).
Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya
asosida soliqqa
tortishda asosiy yo‗nalishlardan biri mulkini ijaraga berishdan olgan
daromadlari hisoblansada, uchastka soliq inspektorlari tomonidan o‗z
hududidi bu borada targ‗ibot va tashviqot ishlari yetarli darajada tashkil
etilmasligi hamda o‗zini-o‗zi boshqarish organi va boshqa jamoat
tashkilotlari bilan hamkorlik lozim darajada ta‘minlanmasligi, jismoniy
shaxslarning mulkini ijaraga berish orqali
olayotgan daromadlarga
soliq solinmasdan qolishiga sabab bo‗ladi.
Uchastka soliq inspektorlari o‗z hududida Soliq kodeksining 189-
moddasida belgilangan deklaratsiya asosida soliq solinadigan mulkini
(transport,turar va noto‗g‗ri joy, marosimlarni o‗tkazish uchun
beriladigan buyumlar va boshqalar) ijaraga berib daromad olayotgan
312
fuqarolar to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗plash
ishlarini jadallashtirishi
hamda ularning daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortilishini
to‗liq ta‘minlashi lozim.
Ushbu ko‗rsatilgan tartibda belgilangan hududda mulkni ijaraga
berib, daromad olgan va deklaratsiya asosida soliqqa tortilgan jismoniy
shaxslar soni o‗tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan taqdirda,
uchastka soliq inspektorining faoliyati 5 ball,aksincha 0
ball bilan
baholanadi.
Dostları ilə paylaş: